Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

zanglash
deyiladi. Ya’ni, 
temir buyumlar va konstruksiyalar nam havo ta’sirida zanglab qoladi. Bunda, temir suv va 
kislorod bilan birikib, 
temir gidrat oksidi
hosil qiladi.
Afsuski, zang bu – kukun ko‘rinishida uqalanadigan modda bo‘lib, u temirni himoya 
qilmaydi; aksincha, qatlam-qatlam tarzida ko‘chib-ko‘chib, temirni yemirib boradi. Shu 
sababli, ham temir va uning navlarini, ayniqsa po‘latni maxsus himoya qatlami bilan ta’minlash 
kerak bo‘ladi. Buning uchun odatda po‘lat konstruksiyaning sirti maxsus bo‘yoqlar bilan 
bo‘yaladi. Har yili zanglash tufayli dunyo bo‘yicha millionlab tonna temir yaroqsiz holga kelib 
qoladi. Zanglagan detallarni almashtirish uchun yana shuncha po‘lat sarf-xarajat qilinadi. Bu 
esa, ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar va qo‘shimcha xarajat demakdir. 
Garchi, zang har yili shuncha katta ziyon keltirayotgan bo‘lsa hamki, lekin undan naf 
chiqadigan ayrim sohalar ham mavjud. Masalan, zangni alyuminiy qirindilari bilan 
aralashtirilsa, 
termit
deb nomlanuvchi modda olinadi. Ushbu aralashma qizdirilsa, alyuminiy 
va temir oksidi o‘zaro reaksiyaga kirishadi va jarayonda ko‘p miqdorda issiqlik energiyasi 
ajralib chiqa boshlaydi. Reaksiyadagi harorat 3000 ℃ gacha boradi. Termitdan payvandlash 
ishlarida foydalaniladi. Masalan, temiryo‘l ustalari relslarni payvandlashda termitdan 
foydalanishadi.
Siz albatta temir haqida gap ketganda, uning magnitga tortilishini yodga olasiz. Maqola 
davomida hali bu xossa haqida gap ochilmaganiga ham hayron bo‘layotgandirsiz. Ha, payt endi 
keldi. Temir – metallar ichida magnetizm xossasiga ega bo‘lgan eng asosiy metalldir. 
Shuningdek u magnit xossasi eng kuchli bo‘lgan metall bo‘lib, magnit haqida eslanganda, 
birinchi bo‘lib temir yodga olinishi bejiz emas. 
Magnetizm
bu – energiyaning bir ko‘rinishi 
bo‘lib, u energiyaning yana boshqa bir ko‘rinishi – elektr bilan doimo birga yuradi. Ichidan tok 
oqib o‘tayotgan istalgan o‘tkazgich sim magnit xossasiga ega bo‘ladi va unga temir bo‘laklari 
yaqinlashtirilsa, sim va temir bir-biriga tortiladi. (Nima uchun o‘tkazgich sim aynan temirni 
tortishi, boshqa metallarni esa tortmasligi hali-hanuz ilm-fan oldidagi jumboqlardan biridir). 
Agar, ichidan tok oqib o‘tayotgan simlarni g‘altak shaklida o‘rab chiqilsa, unda har bir 
o‘ralgan tola, o‘ziga teginib turgan qo‘shni tolaning magnit kuchini yanada kuchaytiradi va 
natijada, g‘altakka o‘ralgan simning magnit kuchi, aynan shunday uzunlikdagi to‘g‘ri tortilgan 
simning magnit kuchidan ancha kuchli bo‘lib qoladi. Agar, shunday tarzda, simni temir o‘zak 
atrofida o‘rab chiqilsa, natijada 
temir o‘zakli g‘altak
hosil bo‘ladi. Bunday g‘altak kuchli 
elektromagnit xossalarga ega bo‘lib, elektrotexnikada juda keng qo‘llanadi.
Temir o‘zakli g‘altakning magnit kuchi o‘sha temir o‘zakning uchlarida, boshqacha 
aytganda, 
qutblarida
eng kuchli bo‘ladi. Shu sababli ham, temir bo‘laklari aynan qutblarga 
ko‘proq tortiladi. Temirning ushbu kuchli elektromagnit xossasidan, temir va po‘latni 
ko‘tarishda, metallolom tashishda ko‘tarma kuch sifatida foydalaniladi. Elektromagnit kuchi 
metallurgiya va metallolom korxonalarida tonnalab metallni joydan-joyga ko‘chirishda va 
yuklashda asosiy vosita sanaladi.


101 
Albatta, temir va magnitning o‘zi, hamda, elektr o‘tkazayotgan simlardan tashqari, 
boshqa ko‘plab moddalar ham magnit xossasiga ega. Lekin, boshqa moddalarning magnit 
xossasi deyarli sezilarsiz bo‘lgan uchun, ular haqida biz ham deyarli bilmaymiz.
Po‘latning aksariyat navlarida atomlarning erkin harakati sof temirnikichalik bo‘lmay, 
balki, birmuncha cheklangan bo‘ladi. Ya’ni, po‘latning atomlari muayyan tartibda joylashgan 
bo‘lib, ularga elektr ta’sir qilganda ham va tok ta’siri o‘chirilganda ham bir xil tartibda 
qolaveradi. Shu sababli, bunday po‘latdan tayyorlangan magnitni

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish