183
hech bo‘lmaganda yarmi parchalanib ketishi uchun taxminan 5 milliard yil kerak bo‘ladi.
Bizning ona sayyoramizning paydo bo‘lganiga esa taxminan 3,9 milliard yil bo‘lgan deb
hisoblanadi.
Shunday ekan, tabiatdagi uranning haliyam biz bilan birga ekanligidan hayron
qolish kerak emas. Agar biz insonlar uranni atom energetikasi uchun ishlatib batamom tugatib
bitirmasak, u hali yana milliardlab yil mavjud bo‘lib turadi.
Uran elementi hozirda nafaqat termoyadro yoqilg‘isi sifatida, balki, geologiyada ham
keng qo‘llanadi. Bu sohada uran vositasida muayyan minerallarning va tog‘ jinslarining
yoshini aniqlash mumkin.
Shuningdek, fotografiya endi-endi rivojlanayotgan vaqtlarda, XX
asr boshlarida uranilnitrat (UO
2
(NO
3
)
2
) moddasida fotoplyonka negativlarini kuchaytirishda
foydalanilgan.
Uran moddasi juda-juda kam miqdorlarda tirik organizmlar to‘qimlarida uchraydi.
O‘simliklar va hayvonlar tanasida uran miqdori 10
−5
dan 10
−8
% gacha bo‘ladi. Uran eng ko‘p
bo‘ladigan tirik organizmlar bu – ba’zi suv o‘tlari va qo‘ziqorinlardir.
Odam tanasida uran
miqdori 10
−7
grammdan oshmaydi.
Uran va uning birikmalari toksik bo‘ladi. Ayniqsa uran va uning birikmalarining
aerozollari juda xavflidir. Uran bilan zaharlanganda eng avvalo asab tizimi va qon aylanish
tizimi izdan chiqadi. Organizmga tushgan uran moddasi barcha
hujayralar uchun umumiy
zahar hisoblanadi. Eriydigan uran birikmalarining havo hududi tarkibidagi miqdori 0,015
mg/m
3
dan ortig‘i, hamda erimaydigan uran birikmalarining 0,075 mg/m
3
dan ortig‘i inson
tanasiga zararli ta’sir qiladi.
Yer qobig‘idagi uran miqdori oltindan 1000 barobar, kumushdan 30 barobar ko‘pdir.
Bu ko‘rsatkichga ko‘ra uran qo‘rg‘oshin va rux bilan bir qatorda turadi. Uranning katta qismi
tuproqda, tog‘ jinslarida va dengiz suvlarida tarqalib yotibdi. Uran konlarida esa yer sharida
mavjud zahiraning juda kam miqdorigina yig‘ilgan bo‘lib, jahon bo‘ylab hozirgacha
aniqlangan uran zahirasi 5,4 million tonna deb baholangan. Eng
yirik uran konlari Kanada
(MakArtur River koni), Qozog‘iston (Shimoliy Xuroson koni), Rossiya (Janubiy Elkon),
Mo‘g‘uliston, hamda Ukrainada joylashgan. Bugungi kunda dunyoda 440 ta tijorat va 60 ta
ilmiy atom reaktorlari ishlab turibdi. Ularning yillik umumiy uran iste’moli 67 ming tonnani
tashkil qiladi.
Hozirgi kunda jahon miqyosida uran qazib olish va qayta ishlash sanoati juda keng
quloch yozgan. Ma’lumotlarga ko‘ra uran qazib olish bo‘yicha dunyoda qo‘shni Qozog‘iston
yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Avstraliya, Kanada, Namibiya va Niger davlatlari ham uran
qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Vatanimiz O‘zbekiston uran qazib olish hajmi bo‘yicha
dunyoda 6-o‘rinni egallaydi.