187
bo‘lib, uning radioaktiv parchalanishi natijasida 89-raqamli element – aktiniy hosil bo‘ladi.
Shu sababli ham Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) 91-raqamli radioaktiv
elementni «protaktiniy», ya'ni, «aktiniydan avval keluvchi», boshqacha aytganda «aktiniy
debochasi» deb nomlashga qaror qilgan.
Aktiniy va toriy elementlarining ham parchalanishida muayyan gazlar hosil bo‘ladi. Bu
elementlarning parchalanishidan hosil bo‘luvchi
gazlar mos ravishda
aktinon
va
toron
deb
nomlanadi. Avvaliga bu gazlarni ham yangi radioaktiv elementlardan iborat deb o‘ylashgan.
Hatto eng oliy ilmiy doiralarda ham, ushbu gazlarga nom berish va davriy jadvalga kiritish
borasida muhokamalar bo‘lib o‘tgan. Takliflardan biriga ko‘ra, ularga
emanon
deb nom berish
masalasi ko‘rib chiqilgan (emanatsiya so‘zidan). Biroq, ma’lum bo‘lishicha, ular shunchaki
radiyning shakl o‘zgarishlaridan iborat ekan xolos.
Keling endi jadvaldagi 85 va 87-raqamli
elementlarga nazar
tashlaymiz. Bu elementlar shunchalik beqarorki, ularning bag‘oyat tez
parchalanishi sababli, qisqa muddatda bu elementlardan nom-nishon
qolmaydi. Shu sababli ham bu elementlar uzoq yillar mobaynida olimlar
nazaridan panada qolib ketishgan.
1925-yilda reniy element kashf qilingach, davriy jadvalda atiga
to‘rtta «teshik» qolgan bo‘lib, ushbu bo‘sh kataklarga 43, 61, 85 va 87-
raqamli elementlar joylashishi lozim edi. 85 va 87-raqamli
elementlarning radioaktiv elementlar turkumiga mansub ekanligi
avvaldan ma’lum bo‘lib, bu elementlar «qo‘shnilari»ga nisbatan yanada
beqaror bo‘lishini olimlar taxmin qilishardi.
Ularni ajratib olishning
mushkul vazifa ekanligini ham olimlar ko‘p bora takrorlashgan.
43 va 61-raqamli elementlar bilan esa boshqacharoq vaziyat
yuzaga kelgan. Chunki ularning qo‘shnilari barqaror elementlar bo‘lib,
shunga ko‘ra, mazkur elementlarning ham barqaror ekanligini aniqlash
qiyin emasdi.
Davriy jadvaldagi 43-raqamli element reniyning pastidagi
katakchada joylashgan. 1925 yilda olmon
olimlari reniyni kashf
etishganida, shuningdek 43-raqamli elementni ham olishganini ma’lum
qilib yuborishgan. Aslida ular olgan modda yangi element bo‘lmasdan,
balki biz 19-bob so‘ngida tilga olib o‘tgan «ekamargantes» edi.
Muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan olimlar ushbu «element»ni
mazuriy
deb nomlashga qaror qilishgan. Bunda ular o‘z vatanlari –
Germaniyaning Mazur hududini sharaflashni maqsad qilishgan edi.
Lekin biz bugungi kun kimyo fanidan juda yaxshi bilamizki, 43-raqamli element beqaror
elementdir.
Boz ustiga, u yuqorida qayd etilgan radioaktiv elementlar singari, boshqa
elementning parchalanishidan hosil bo‘lmaydi va shu sababli tabiatda uning izlarini topishning
imkoni deyarli nolga teng. Qisqa qilib aytganda, 43-raqamli element sifatida mazuriyni e’lon
qilib yuborgan olimlar shunchaki katta shoshqaloqlik qilishgan…
188
Aynan shunday holat 61-raqamli element bilan ham sodir bo‘lgan. 1926-yilda 61-
katakni to‘ldiruvchi yangi elementni kashf qildim deb o‘ylagan AQSHlik kimyogarlar jamoasi
unga
illiniy
nomini berish orqali shov-shuv ko‘tarib yuborishgan. Ular ham olmon hamkasblari
singari, o‘z vatanlaridagi hudud – Illinoys shtatini sharaflamoqchi bo‘lishgan. Ko‘p o‘tmay,
Italiyalik kimyogarlar ham aynan 61-raqamli elementni kashf qilishganini, boz ustiga, ularning
kashfiyoti AQSHlik olimlarnikidan avvalroq amalga oshganini ta’kidlab, sensatsion chiqish
qilishgan. Italyanlar ham olmonlar va amerikaliklardan
qolishmagan tarzda, o‘z
«kashfiyot»lari uchun o‘z vatanlaridagi hududlardan birining nomini, aniqrog‘i, Florensiya
shahri sharafiga
Do'stlaringiz bilan baham: