- F.N.Krasovskiy ma’lumotlari bo‘yicha Yerning o‘lchamlari quyidagicha:
- Ekvatorial radius yoki katta yarim o‘q-6378,245 km
- Qutbiy radius yoki kichik yarim o‘q-6356,863 km
- O‘rtacha radius- 6371,110 km
- Qutbiy siqiqlik- 1:298 yoki 21,36 km
- Ekvatorial siqiqlik- 1:30000yoki 213m
- Meridian uzunligi- 40008,550km
- Ekvator uzunligi- 40075,696km
- Yer yuzasining maydoni- 510083000km2
Yerning hajmi- 1083 x 1012 km3 Yer yuzasining 71% ni okeanlar va 29% ni quruqlik tashkil qiladi Oy - Oy — Yerning yagona tabiiy yoʻldoshii. Yerdan oʻrtacha 384 400 km masofada joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' ni tashkil etadi. Oʻrtacha radiusii 1738 km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 m/s2. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng .
- Oy oʻz orbitasi bilan oʻrtacha 83°20’ burchak tashkil etuvchi oʻq atrofida aylanadi. Uning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng , shu sababli Oy hamma vaqt Yerga bir tomoni bilan "qarab" turadi. Bu davrlarning bir xil boʻlib qol-ganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga taʼsir koʻrsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni Yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan.
8-rasm. Er sirti tuzilishining fazodan ko‘rinishi. www.galspace.spb.ru.
Yer po’stida tarqalgan
elementlar.(% hisobida)
kislorod
47,2%
temir
5,l%
kremniy oksidi
27,6%)
alyuminiy
8,8%
Vodorod
0,15%
Magniy
2,l%
Kaliy
2,6%
Natriy
2,64%
qolgan elementlar
21%
Kalsiy
3,6%
Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.
Asteroidlar (yunoncha aster – yulduz va eidos – koʻrinish) – kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |