Buyuklar mangu yashaydi Koinot haqida asosiy tushunchalar: - Bizni o‘rab turgan moddiy olam, bir so‘z bilan aytganda, Koinot (yunoncha dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o‘lchami yo‘q - cheksizdir. Koinotda materiya bir xildagi taqsimotga ega bo‘lmasdan, galaktikalar, yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat.
- Galáktika deb yulduzlararo gaz, chang, qora materiya va, ehtimol, qora energiya, o‘zaro ta’sir etuvchi gravitatsion kuchlari mavjud bo‘lgan yulduzlarning katta tizimiga aytiladi (1-rasm). Odatda Galaktikalar umumiy og‘irlik markazi atrofida aylanuvchi 10 milliondan (107) bir necha trilliongacha (1012) yulduzlarga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |