Anafilaktik shokda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish. Birinchidan, allergenning organizmga tushishiga yo`l qo`ymaslik va uni to`xtatish zarur. Agar allergen tushsa 0,3–0,5 ml 0,1 % li adrenalin 3,0–5,0 ml novokain bilan shu joyning atrofiga inyeksiya qilinadi va muz qo`yiladi. Bundan tashqari, 0,1 % li adrenalin 0,2–0,5 ml mushak orasiga, 0,2 % li platifillin 0,5–1,0 ml teri orasiga, prednizolon 2–5 mg/kg, tana og`irligiga 4 % li natriy bikarbonat 100,0 ml tomir ichiga tomchilatib quyiladi. Bronxospazm bo`lganda 2,4 % li eufillin 10,0 ml bilan 20 % li glukoza 20,0 ml tomir ichiga yuboriladi. Agar qon bosimi ko`tarilmasa, yana 0,2 % li noradrenalin 1,0 ml yoki 1 % li mezaton 1,0 ml, 5 % li 100,0 ml glukoza tomir ichiga tomchilatib quyiladi. Bulardan tashqari, reopoliglukin, antigistamin dorilardan dimedrol, suprastin, pipolfen, askorbin kislotasi va 10 % li kalsiy xlor 10,0 ml tomir ichiga sekin yuboriladi. Agar anafilaktik shok penitsillindan keyin bo`lsa, unda shu joyning o`ziga penitsillinaza fermentidan 1 mln tb mushak orasiga qilinadi. Bulardan tashqari
siydik haydovchi, spazmolitik va talvasaga qarshi dorilar ham qo`llaniladi.
Hushdan ketish. Bu vegetativ qon tomiri kasalligi bo`lib, bu bosh miyada qonning juda kam ta`minlanishi natijasida ro`y beradi. Hushdan ketish yoki sinkopalda (grekcha syncope – kesmoq, qirqmoq so`zidan olingan) qisqa vaqtda bosh miyaning qon bilan ta`minlanishi buzilib, hushning yo`qolishi, mushaklar tonusining kamayishi bilan kechadi. Hushdan ketish ruhiy jarohat, og`riqli narsalardan keyin, qon ketish, yuqumli kasalliklardan, organizmning zaharlanishi natijasidan keyin kelib chiqadi. Ba`zan charchash, toliqish, ochlik, issiq joyga kirgandan
keyin hamda qon tomirlarini kengaytiruvchi dorilar ichgandan keyin kelib chiqadi.
Klinik manzarasi. Anafilakktik shok uch turga bo`linadi: 1.Ye n g i l t u r i hushdan ketish reaksiyasi yoki lipotimiya kuzatilib, bunda kasallarda birdan kuchsizlik (zaiflik), kalla ichida shovqin, hech narsa yo`qdek, bo`m-bo`shlik, bosh aylanishi, ko`z oldida qorong`ilik, qo`l va oyoqlarda uvushish, ko`p terlash, teri rangining oqarishi, charchash, tomir urishining tezlashishi, qon bosimining pasayishi bilan xarakterlanadi. Bunday xuruj 3–5 soniya davom etadi.
2. O` r t a c h a o g ` i r l i k d a g i turida yuqoridagi yengil shaklidagi aytib o`tilgan belgilar 10 soniya davom etib, qon bosimi pasaygan, tomir urishi tezlashgan, nafas olish yuzaki va kamayishi bilan xarakterlanadi.
3. O g ` i r t u r i d a qaltirash belgilari hamda yuqorida aytib o`tilgan belgilar birgalikda kechadi. Qaltirash klonik-tonik holda butun tanada, ko`z qorachiqlari kengaygan, nistagm, so`lak oqishi ko`paygan va ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish kuzatiladi. Bunday xuruj bir necha daqiqagacha davom etadi.
Davosi. Hushdan ketish holatida bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun bemorni tezda yotqizib, bosh tomonini pastga, oyoqlarini esa yuqoriga ko`tarib qo`yish kerak. Bemorning kiyimlarini yechib, toza havo kirishiga yo`l qo`yish lozim. Agar bemor hushiga kelavermasa, unda ammiak yoki nashatir spirtidan burunga hidlatiladi, yuziga sovuq suv sepiladi. Agar bemorning qon bosimi pasayib ketgan bo`lsa, 1 % li mezaton 1,0 ml, kofein natriy 10 % li bezoat 2,0 ml, 25 % li kordiamin 1–2 ml teri ostiga inyeksiya qilinadi. Bemor organizmini chiniqtirish maqsadida toza havoda sayr qilish, shifobaxsh badantarbiya bilan shug`ullanish va dam olish kerakligi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |