Davosi. Migren xurujida og`riq paydo bo`lganda, bemorni qorong`I xonaga tinch yotqizib qo`yish, oyoqlariga issiq isitgichlar, ensa sohasiga xantal qo`yish, issiq shirinchoy ichirish kerak. Og`riq qoldiruvchi dorilardan aspirin, baralgin, sitramon, tinchlantiruvchi dorilar; qon tomirlarini kengaytiruvchi dorilar – papaverin, no-shpa tavsiya etiladi. Xuruj vaqtida 40 % li glukoza 20 ml tomir ichiga yuboriladi, strofantin, vitamin B6, qusishga qarshi torekan 1,0 ml teri ostiga, serukal, etaperazin, triftazin, galoperidol buyuriladi. Ergotamin gidrotartrat 0,001 g til ostiga, 20 daqiqadan keyin yana qo`yiladi, bir kunda 3 ta tabletkadan oshmasligi kerak, digidroergotamin 0,1 % 15–20 tomchidan ichishga, kofetamin 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyuriladi. Og`ir xurujlarda furotsemid, prednizolon; yallig`lanishga qarshi ibuprofen, indometatsin, naproksen, nimesil 100 mg dan kuniga 2 mahal, dilseron ichishga beriladi. Xuruj orasida sinnarizin 0,025 g bitta tabletkadan 3 mahal 3 oygacha, metisergit 1/4 yoki 1/2 tabletkadan ovqatdan keyin ichishga beriladi. Bundan tashqari, nikotin kislotasi, kavinton, sermion, 1 ta tabletkadan 3 mahal buyuriladi. Dam olish, ertalabki badantarbiya, toza havoda sayr qilish, to`g`ri ovqatlanishni yo`lga qo`yish zarur. Kechasi yotishdan oldin oyoqlarni iliq suvda vanna qilish kerak. Zararli odatlar – ichish va chekishni tashlash tavsiya etiladi.
Kvinke shishi. Alohida kasallik sifatida 1882-yilda Kvinke tomonidan aniqlangan. Shish birdaniga paydo bo`ladi, asosan, yoshlarda yuzda, qo`l-oyoqlarda, ko`pincha, lablarda, qoshda, qo`l panjalarida paydo bo`ladi.
Sabablari. Ayrim ovqatlar iste`mol qilinganidan keyin kelib chiqadi. Har xil yoqmagan ovqatlardan keyin allergen sifatida paydo bo`ladi. Bu kasallikning kelib chiqishida qon tomirlari o`tkazuvchanligining buzilishi, limfa ishlab chiqishi buziladi, ya`ni ko`payadi. Natijada atrofda shish paydo bo`ladi.
Klinik manzarasi. Bemorda birdaniga labida, ayniqsa, tepa labida shish paydo bo`ladi, bir necha daqiqa ichida kattalashadi, rangi sariq, barmoq bilan qattiq bosganda izi qolmaydi. Ba`zan butun yuzga shish tarqaladi. Bemor o`sha shish bo`lgan joyda og`irlik sezadi, biroz qichish paydo bo`ladi. Shunaqa shishlar qo`llarda, oyoqlarda, tanada ham kuzatiladi. Agar qizilo`ngachda shish paydo bo`lsa, bemorning yutinishi qiyin bo`ladi, tomoqda bo`lsa, ovoz o`zgaradi, xirillagan nafas eshitiladi. Ichki a`zolarda ham shish bo`lishi mumkin. Ichak,
oshqozonda shish paydo bo`lsa, kasallik og`ir o`tadi. Bosh miyada shish hosil bo`lsa, unda meningial belgilar paydo bo`ladi. Bunda bemorda birdaniga bosh og`riq, qusish va qaltirash belgilari paydo bo`ladi. Davolanmasa Kvinke shishi bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanishi mumkin.
Davosi. Shishni keltirib chiqaruvchi allergenni to`xtatish kerak. Buning uchun kalsiy xlor yoki 5–10 % li kalsiy glukonat 5,0–10,0 ml tomir ichiga sekinlik bilan yuboriladi. Antigistaminlardan tavegil, diazolin, dimedrol, suprastin, og`ir hollarda gormonlar berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |