8-BOB. YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA PARHEZ
OVQATLANISH
Yurak ishemik kasalliklari va dietoterapiya asoslari
Stenokardiya yurak ishemik kasalligi (YIK) bo‘lib, uning asosida yurak
mushaklarining qonga ehtiyoji va unga koronar qon tomirlardan kelayotgan qon
miqdorining nomutanosibligi yotadi. Buning sabablari bo‘lib, yurakni qon bilan
ta’minlanishiga javobgar bo‘lgan tomirlarning nerv boshqarilishining buzilishi,
bundan tashqari shu tomirlarda aterosklerotik qoldiqlarning tromblari bo‘lishi ham
mumkin. Stenokardiya bilan odatda 40 – 45 yoshdan katta bo‘lgan odamlar aziyat
chekadi, erkaklarda bu kasallik ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Stenokardiyaning asosiy simptomlaridan biri bu ko‘krak qafasidagi – to‘sh orti
sohasidagi siquvchi og‘riqdir. Huruj boshlanganda og‘riq kuchsizroq bo‘ladi va
asta-sekinlik bilan kuchayadi. Ayrim holatlarda ko‘krak, bo‘yinlarning huddi nafas
qisgandek siqilishi kuzatiladi. Odatda og‘riq bosh va bo‘yinning chap sohasiga, chap
elka, chap qo‘lning ichki yuzasi bo‘ylab nomsiz barmoq va jimjiloqqacha, pastki
jag‘ga tarqaladi. Ayrim holatlarda stenokardiyaning hurujlari chap qo‘lning
uyushishi bilan boshlanishi mumkin. Huruj vaqtida puls yoki sekinlashadi yoki
taxikardiya paydo bo‘ladi, qon bosim oshishi mumkin.
Stenokardiyaning bir necha xil xil shakllari farqlanadi:
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi, bunda hurujlar jismoniy mehnat va yurish
vaqtida boshlanadi; ilk bor aniqlanagan stenokardiya; nostabil stenokardiyasi, bunda
esa hurujlar tinch holatda, uyqu vaqtida boshlanadi; kuchayib boruvchi
stenokardiya.
Odatda stenokardiya hurujlari yuz va tana terisinig qizarishi, xiqichoq tutishi
bilan, huruj vaqtida bemor qotib qoladi, siydik va ahlat chiqarish qistashi bilan
tugaydi. Og‘ir va takroriy hurujlardan so‘ng bemorda yuqori sezuvchanlik sohalari
paydo bo‘lishi mumkin: bilak sohasining ichki yuzasi, to‘sh sohasi, kurak
suyaklarining usti, o‘mrov usti chuqurchasi sohalari. Kasallikning hurujlari bir
necha sekunddan 30–40 minutgacha davom etishi mumkin va nitrat preparatlarini
qabul qilgandan so‘ng og‘riqlar yo‘qoladi.
Kasallik kechishida uchta bosqich, ya’ni:
1. Yurak tomirlarining patologik o‘zgarishlari funktsionaldir, ya’ni bu
jarayonda qon tomirlarning asab regulyatsiyasi buziladi va hurujlar, odatda stress
holatlarida yuzaga keladi;
155
2. Yurakni qon bilan ta’minlovchi qon tomirlarda aterosklerotik o‘zgarishlar
paydo bo‘ladi, qo‘l-oyoq arteriyalarini bosib ko‘rganda ular qattiq bo‘lishi mumkin.
3. Aterosklerotik o‘zgarishlar xolestirin almashinuvining buzulishi va nafas
siqishi hurujlari paydo bo‘ladi, stenokardiya hurujlari yurgan vaqtda va tinchlik
holatida ham namoyon bo‘lishi mumkin, holatlarning yarmida stenokardiya miokard
infarkti bilan asoratlanadi.
Dieta tamoyillari.
Jismoniy aktivlik pasaygan sharoitda – parhez fiziologik to‘laqonli, oqsillar,
yog‘lar, uglevodlar miqdori biroz cheklangan, osh tuzi iste’moli keskin cheklangan
bo‘ladi.
Ovqat ratsiondan quyidagilarni olib tashlash zarur:
- Markaziy nerv tizimini va yurak qon-tomir tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlar
kofe, alkogol, achchiq choy va boshqalar;
- Xolesteringa boy mahsulotlar (jigar, buyraklar hayvoy yog‘i);
- Meteorizm chaqiruvchi mahsulotlar (dukkaklilar, sut, ko‘k piyoz, turp,
sarimsoq piyoz).
Kunlik ratsionning quvvati 2300–2600 kkal ni tashkil etadi. Oqsillardan 40 gr
- o‘simlik oqsillari, 50 gr - hayvon oqsillariga to‘g‘ri keladi. Yog‘lar miqdori – 70
gr atrofida. Uglevodlar – 350–400 gr, ulardan shakar 75–80 gr dan oshmaydi.
Ortiqcha vaznga ega bemorlarda shakar va shirinliklarni istesno qilish kerak.
Barcha taomlar tuzsiz tayyorlanadi. Go‘sht va baliq bug‘da pishiriladi yoki
qaynatiladi. Taomlarni yaxshi qaynatilgan yoki to‘g‘ralgan holatda iste’mol qilish
kerak.
Otkir m iokard infarkti (YIK) ning ogir klinik shakli bolib – yurakning qon
bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida yurak mushagida nekrotik o‘choq vujudga
kelishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Miokard infarkti sabablari bo‘lishi mumkin:
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalarning aterosklerozi;
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar tomirlarda turli xil tromblar, embol
moddalarning tiqilib qolishi;
- Yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlarning yallig‘lanish jarayonlari.
Bu kasallikning bir nechta klinik shakllari mavjud:
- Anginoz yurak sohasi va to‘sh orti sohalaridagi kuchli siquvchi og‘riq bilan
xarakterlanadi, bu og‘riq butun ko‘krak qafasi bo‘ylab, chap elkaga va chap qo‘lga
tarqalishi mumkin;
- Astmatik shaklida og‘riqli sindrom umuman bo‘lmaydi yoki engil formada
bo‘ladi, yurak astmasi huruji va o‘pka shishi bilan boshlanadi;
- Abdominal qorinda og‘riqlar paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich
qotishi bilan xarakterlanadi;
- Tserebral;
- Simptomsiz.
Kasallikda quyidagi davrlar farqlanadi:
- Infarkt oldi davri. Odatda bir necha kundan 3–4 haftagacha davom etadi.
Stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda hurujlar kuchayadi, davomiyligi va
156
chastotasi oshadi, ayrim holatlarda zo‘riqish stenokardiya tinchlik stenokardiyasi
bilan almashinadi.
- O‘tkir davr. 2 soatdan bir necha sutkagacha davom etadigan o‘tkir og‘riq bilan
xarakterlanadi, ko‘pincha huruj kechasi boshlanadi, og‘riq to‘sh orti sohasida
joylashadi, ko‘pincha chap kurak sohasi, chap elka, chap qo‘l, pastki jag‘, ayrim
holatlarda o‘ng qo‘lga tarqaladi. Bemorning tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘lishi
mumkin: bemor kuchli og‘riq bilan yotishi mumkin, yuzi rangsiz; ayrim holatlarda
esa bemor qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi, to‘shagida talvasanadi. Kamdan-kam
holatlarda bemorning ahvoli yurak qon-tomir etishmovchiligiga uchragan
bemorning holatiga mos keladi: teri rangi ko‘kimtir-kulrang tusda, oqarib ketish,
qo‘l-oyoqlar muzlashi, nafas qisish holatlari, bo‘yin venalarining shishib ketishi,
jigarning kattalashuvi va og‘rishi kuzatiladi. To‘sh ortidagi og‘riqdan tashqari
bemorda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, siydik tutilishi, qorinning dam bo‘lishi
kuzatiladi. 2–3 kundan so‘ng isitma paydo bo‘ladi, lekin isitma 38–38,5 0S dan
oshmaydi, bu holat 5–8 kun davom etadi. Odatda yurak hurujidan keyingi dastlabki
soatlarda puls tezlashadi, arterial qon bosim esa ko‘tarilib ketadi, so‘ng esa uning
tushib ketishi kuzatiladi, ayrim holatlarda esa kardiogen shok kuzatiladi.
- O‘tkir osti davr. Odatda infarkt rivojlangandan 7–10 kun o‘tib boshlanadi.
Tiklanish davri boshlanishida og‘riqlar yo‘qoladi, isitma pasayadi, qon bosimi
ko‘tarila boshlaydi, ammo ko‘pincha odatdagi ko‘rsatkichlarga qaytmaydi. 3 oydan
6 oygacha esa chandiqlanib, kardioskleroz shakllanishi bilan tugaydi.
Miokard infarkti profilaktikasida ateroskleroz, stenokardiyani davolash,
davolovchi jismoniy tarbiya bilan shug‘illanish, haddan tashqari ko‘p
asabiylashishning oldini olish, ko‘p ovqat iste’mol qilishdan cheklanish, sog‘lom
ovqatlanishga rioya qilish zarur.
Dieta tamoyillari.
O‘tkir miokard infarktida ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimlarini kamroq
zo‘riqtirish kerak. Birinchi 2 kunda taomga ehtiyoj unchalik katta bo‘lmaydi, bemor
faqat 7 mahal 50 ml dan suyuqlik ichadi, bu suyuqlik ovqat hazm qilish tizimiga
ta’sir qilmasligi kerak.
Bu achchiq bo‘lmagan, iliq, biroz shirinroq choy, yoki quruq mevalarning
damlamasi bo‘lishi mumkin. 3 – kundan boshlab 7–10 kun davomida kunlik ratsion
massasi 1700 gr bo‘lib, erkin suyuqlik – 600 ml atrofida, oqsil – 60 gr, yog‘lar – 30
gr, uglevodlar – 180 gr, taomning quvvat qiymati – 1200 kkal ni tashkil etadi.
Taom uncha katta bo‘lmagan portsiyalar bilan maydalangan holatda beriladi.
Undan keyin 2 hafta muddatga yangi ratsion tuziladi. Kunlik ratsionning massasi
2000 gr bo‘lib, erkin suyuqlik – 800 ml, oqsil – 70–80 gr, yog‘lar 50–70 gr,
uglevodlar 200 gr, taomning quvvati – 1600 kkal atrofida bo‘ladi.
Taomni maydalanmagan holatda bersa ham bo‘ladi. Bemor harakatlanishi bilan
yangi ovqat ratsion tuziladi. Ratsionning umumiy massasi 2500 gr ni tashkil etadi,
erkin suyuqlik – 1000 ml, oqsil – 80–90 gr, yog‘lar 50–80 gr, uglevodlar 250–300
gr, taomning quvvat – 2000 kkal atrofida bo‘ladi va bemor ushbu ovqat ratsionga
statsionar davolash davrida rioya etilishi lozim.
Parhezning asosiy talablari:
157
- Ovqat quvvat qiymatini cheklash va asta-sekin oshirib borish, xolesteringa
boy mahsulotlarni istisno qilish (tuxum sarig‘i, ikra, miya, hayvonlarning ichki
a’zolari), tuzni cheklash, suyuqlikni cheklash, xamirli mahsulotlarni iste’mol
qilishdan cheklanish, meteorizmni keltirib chiqaradigan mahsulotlardan voz kechish
(sut, dukkaklilar, karam), qon-tomir va nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlarni
cheklash (alkogol, kofe, kakao, achchiq choy), S va R vitaminiga boy mahsulotlarini
ko‘p iste’mol qilish.
Avval miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarga alohida parhez
variantlari bor. Ularning asosiy talablariga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari
quyidagilar kiradi: qovurilgan go‘sht va baliqni cheklash; go‘shtli va baliqli
bulonlarni cheklash; piyoz, sarimsoq piyoz, turp, rediskani cheklash; yod tutuvchi
mahsulotlarni (dengiz karami, midiyalar, kalmar va krevetkalar) iste’mol qilish.
Barcha taomlar tuzsiz tayyorlanadi, go‘sht va baliq qaynatilgan holda iste’mol
qilinadi, meva va sabzavotlar xom yoki qaynatilib iste’mol qilinadi.
Dietaning ikkita varianti mavjud.
Birinchi variant – ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan bemorlar uchun – oqsillar
– 90 gr, yog‘lar – 70 gr, uglevodlar – 300 gr (shakar miqdori 50 gr dan oshmaydi),
quvvati – 2100–2200 kkal, ratsionning massasi – 2 kg, erkin suyuqlik – 1-1,2 l, osh
tuzi – 3 gr.
Ikkinchi variant – me’yoriy yoki kam vaznga ega bemorlar uchun – oqsillar –
100 gr, yog‘lar – 80 gr, uglevodlar – 350 gr (shakar miqdori 50 gr dan oshmaydi),
quvvati – 2400–2500 kkal, ratsionning massasi – 2,5 kg, erkin suyuqlik – 1-1,2 l,
osh tuzi – 3-5 gr.
Kardioskleroz – yurak mushagining unda chandiq to‘qimaning paydo bo‘lishi
va rivojlanishi bilan bog‘liq kasalligidir. Kardiosklerozning ikkita asosiy turi
farqlanadi:
Aterosklerotik kardioskleroz – yurakni qon bilan ta’minlovchi tomirlar
aterosklerozi bilan bog‘liq; ma’lumki, miokard infarkti chandiqlar hosil bo‘lishi
bilan tugaydi, natijada kardioskleroz rivojlanadi so‘ng yurak etishmovchiligiga olib
keladi.
Miokarditik kardioskleroz – yurak mushagida yallig‘lanish jarayonlari
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladi.
Dieta tamoyillari
Kardiosklerozda dieta quyidagilarni talab qiladi:
- osh tuzi miqdorini cheklash;
- erkin suyuqlik miqdorini cheklash;
- qon–tomir va markaziy nerv tizimini qo‘zg‘atuvchi mahsulotlarni cheklash
(alkogol, kofe, kakao, achchiq choy);
- qovurilgan go‘sht va baliqdan voz kechish;
- piyoz, sarimsoq piyoz, turp, rediska, achchiq va tuzli mahsulotlarni cheklash;
- meteorizmni keltirib chiqaradigan mahsulotlardan voz kechish (sut,
dukkaklilar, karam);
- xolesteringa boy mahsulotlarni istisno qilish (tuxum sarig‘i, miya,
hayvonlarning ichki a’zolari va xayvon yog‘lari).
158
Do'stlaringiz bilan baham: |