Vegetarian dieta va bolib ovqatlanish
Ushbu ovqatlanish hayvon mahsulotlarini to‘liq istisno etish yoki cheklash
usuli bilan o‘simliklar asosidagi mahsulotlarni iste’mol qilinadi.
149
Vegetarian ovqatlanishda faqatgina o‘simlik asosidagi mahsulotlar (mevalar,
sabzavotlar, dukkaklilar, yong‘oqlar va boshqalar) qo‘llanilganda, u qat’iy
vegetarianlik, sut mahsulotlari va tuxumlarni ratsionga kiritilishi laktovegitarianlik
hisoblanadi
Dunyoda vegetarian ovqatlanish ratsionida 600 ga yaqin mevalar, 300 ga
yaqin sabzavotlar, boshoqlilar, dukkaklilar, o‘simlik barglari va gullari qo‘llaniladi,
shuningdek taxminan 200 turli yong‘oq navlaridan foydalaniladi.
Vegetarianlik mahsulotlarida oqsil manbai dukkaklilar (soya, no‘xot, loviya,
mosh), yong‘oqlar, boshoqli o‘simliklar, gulkaram kabilar hisoblanadi.
Yog‘ manbalari o‘simlik moylari (kungaboqar, jo‘xori, zaytun, zig‘ir, paxta,
kokos va boshqalar)
Vegetarianlik oziq-ovqatlarida Xalqaro Sog‘liqni Saqlash tashkiloti
yo‘nalishidagi tadqiqotchilar fikricha, oqsilning 30 % hayvon mahsulotlari asosida
bo‘lishini ta’kidlaydilar. Ushbu dieta uzoq vaqt qo‘llanilganda, organizmda kaltsiy,
rux, temir, B-guruh, A,D vitaminlar, alishtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar keskin
kamayadi, chunki ular o‘simlik asosidagi mahsulotlarda etarli darajada emas.
Vegetarian dietani ba’zi kasalliklarda qisqa muddatda qo‘llash tavsiya etiladi,
jumladan yurak-qon tomir etishmovchiligi, ateroskleroz, semizlik, pielonefrit,
buyrak tosh kasalligi, jigar va o‘t yo‘llari xastaliklarida.
Zamonaviy dietologiyada meva, sabzavotlar va o‘simlik asosidagi
mahsulotlar tarkibidagi makro, mikroelementlar va vitaminlarni organizmdagi
ahamiyatini tan olsada, lekin vegetarianlikni to‘liq va doimiy belgilashni
quvvatlamaydi.
Bo‘lib ovqatlanis dietasi.
Ushbu ovqatlanish asosida kimyoviy tarkibiga ko‘ra, mahsulotlarni bo‘lib,
turli vaqtda iste’mol qilishdir. Ya’ni oqsillar, uglevod va yog‘ mahsulotlarini turli
vaqtda va kunda iste’mol etish, jumladan go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, meva
va sabzavotlarini bo‘lib-bo‘lib ayrim holda qabul qilishdir.
Bo‘lib ovqatlanish nazariyasini asoschilari U.G.Xey va G.Shelton bo‘lib, ular
oqsil bilan uglevodlar ayrim iste’molda bo‘lishini ta’kidlaydilar, chunki oqsil hazmi
kislotali muhitni, uglevodlar hazmini ishqoriy muhitni talab qilishi bunga asos
bo‘ladi. Lekin ular odam organizmida hazm jarayonini universal va tez moslanish
xususiyatlarini hisobga olmadilar.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |