Bemorlarni enteral va parenteral oziqlantirish
Enteral oziqlanish nutritiv davo bo‘lib, ozuqaviy moddalar oshqozon yoki
ichak zondlari orqali yuboriladi. Enteral oziqlanish parental oziqlanishga nisbatan
afzalliklari mavjud, ya’ni bu usul fiziologik, asoratsiz, arzon, organizmga turli
ozuqaviy nutrientlarni kiritish mumkinligi va oshqozon-ichak tizimini atrofiyaga
bemor mustaqil ovqatlana olmasa (koma, yutunishni buzilishi, o‘tkir pankreatit,
oshqozon-ichakda qon ketishi, anorektsiya, ruhiy kasalliklar, kuyish, jaroxatlanish,
Kron kasalligi, pankreatit, yarali kolit, operatsiyadan keyingi holatda, insult, miya
va oshqozon-ichak o‘smalarida). Enteral oziqlanishni quyidagi turlari mavjud:
-
tsiklik oziqlantirish - oziq moddalar eritmasini tomchilab, kun davomida
yuborish, bu usulni gastrostoma yordamida ham amalga oshirish mumkin, bu usul
bir necha kun ovqatlanmaganda yuboriladi.
-
Davriy oziqlanish- 4-6 soat davomida bo‘lib oziqlantirish. Bu usul diariya,
oshqozon-ichak tizimida operatsiya bo‘lmaganda va fermentopatiyalarda mumkin
emas.
-
Blyus oziqlanish – fiziologik ovqatlanishga o‘xshash, ozuqa 3-5 marta shprits
yordamida yoki tomchilab yuborish mumkin, yarim soat davomida taxminan 250 ml
miqdorida
-
Uzluksiz oziqlantirish – 24 soat davomida amalga oshirish hazm va so‘rilish
jarayonlarini nisbatan saqlangan holatlarda buyuriladi
Enteral ozuqaviy eritmalar quvvat qiymati etarli darajada (1 kkal/ml dan kam
bo‘lmasligi), gl.ten va laktoza tutmasligi, qovushqoqligi kam bo‘lishi, ichak
perestaltikasini qo‘zg‘atmasligi va tarkibida etarli nutrientlarni tutishi lozim.
Enteral ozuqaviy eritmalar tarkibiga ko‘ra standart, modul, yarim elementli va
yo‘naltirilgan turlarga bo‘linadi.
Standart
ozuqaviy
eritmalar
organizmni
kundalik
makro
va
mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Ularda oqsillar gidroliz qilinmagan
holda, yog‘lar o‘simlik moylari va uglevodlar maltodekstrinlar shaklida bo‘ladi, ular
ko‘pchilik klinik holatlarda qo‘llaniladi.
152
Yarim elementli ozuqaviy eritmalar muvozanatlashgan nutrientlardan. Ya’ni
aminokislota, peptidlardan iborat oqsil gidrolizatidan iborat bo‘lib, ular hazm
tizimida kuchli buzilishlar, diariya, malabsorbtsiya va operatsiyadan so‘ng
belgilanadi.
Modul ozuqaviy eritmalar faqat bir nutrientdan iborat, masalan oqsil, yog‘
yoki ayrim aminokislotalar. Ular parhez va sun’iy ovqatlanishda qo‘shimcha ratsion
sifatida qo‘llaniladi. Yo‘naltirilgan ozuqaviy eritmalar turli kasalliklarda, jumladan
buyruk, jigar etishmovchiligida, qandli diabet, immun buzilishlar va boshqalarda
modda almashinuvini me’yorlash uchun qo‘llaniladi. Ular tarkibida kasalliklarga
mos holda oqsil va aminokislotalar tarkibida ayrimlari kuchaytirilgan yoki
sustlashtirilgan holda bo‘ladi.
Masalan, jigar etishmovchiligida leytsin, valin, izoleytsin aminokislotalari
miqdori oshiriladi va triptofan, tarozin aminokislotalar miqdori kamaytiriladi.
Parenteral oziqlanish.
Parenteral oziqlantirishda nutrientlar organizmga ichki muhitga, ya’ni qon
tomir oqimiga yuboriladi.
Ushbu oziqlantirishni asosiy vazifalari suv-elektrolit va kislota-ishqor
muvozanatini saqlash, organizmni etarli darajada quvvat va plastik xususiyatli
moddalar bilan, shuningdek makro, mikroelementlar va vitaminlar bilan ta’minlash.
Parenteral oziqlanish enteral va peroral ovqatlanish imkoni bo‘lmaganda, kuchli
gipermetabolizm, ko‘p miqdorda oqsil yo‘qotishda, nutrientlar etishmovchiligida,
yarali nospetsifik kolit va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.
Parenteral oziqlanish maxsus katetrlar yordamida periferik, markaziy venalar
va alternativ qon tomirlar orqali ba’zida organizm bo‘shliqlariga (qorin bo‘shlig‘i)
yuborish yo‘li bilan bajariladi. Oziqlanish sutka davomida, davriy tomchilab va tsikl
tariqasida infuziya 8-12 soatni tashkil etadi.
Parenteral ozuqaviy eritmalari 2 guruhga, ya’ni quvvat donatorlari (yog‘
emulsiyalari, uglevodlar) va plastik moddalar donatorlariga (aminokislotalar)
bo‘linadi.
Parenteral oziqlanishda qo‘llaniladigan eritmalarni osmolyar holati, ya’ni
kontsentratsiyasi ularni davolash samarasida muhim ahamiyatlidir. Ko‘pincha
glyukoza eritmasi (5%, 10%, 20%, 50%, 70%), yog‘ emulsiyasi ( 10%, 20%),
aminokislotalar (10%), uch komponentli eritmalar, plazma va fiziologik, tuzli
eritmalar qo‘llaniladi.
153
Amaliyotda, ko‘pincha quvvat jihatidan yuqori bo‘lgan 20 % glyukoza
eritmasi qo‘llaniladi.
Fruktoza eritmasi giperglikemiya va insulin ishlab chiqishga sabab bo‘lmaydi.
Ksilit eritmasi aminokislotalar sintezida qatnashib, oqsillarni iqtisod qiladi,
antiketogen, antiaritmik va buyrak usti bezini faollashtiruvchi xususiyatga ega.
Etanol (5%) eritmasi quvvat donatoridir.
Uglevodlar sutka davomida 350-400 gr., metabolizm buzilganda 200-300 gr.
bemor organizmiga yuboriladi.
Yog‘ emulsiyalari enterotsitlarda sintezlanib, ularni quvvat qiymati yuqori,
o‘rtacha 1 grammdan 9,3 kkal quvvat hosil qiladi, kam miqdorda ham yuqori
quvvatli giperglikemiya holatiga keltirilmasligi, SO2 ni kam miqdorda hosil qilishi,
lipidlarni periks oksidlanishini kamaytirishi va essentsial yog‘ kislotalarini tutishi
bilan xarakterlanadi. Klinik amaliyotda yog‘ emulsiyalarni shok, atsidoz,
gipoksemiya va DVS-sindromlarida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
154
Do'stlaringiz bilan baham: |