Ochlik bilan davolash
Nomedikamentoz davo usullaridan biri ochlik holati bo‘lib, uni qadimda
buyuk allomalar, tabiblar jumladan Gippokrat, Platon, Abu Ali Ibn Sino va
boshqalar tadqiqot qilishgan va amaliyotda qo‘llashgan. Ochlik bilan davolash
engillashtirish dietoterapiya bo‘lib, u organizmni tozalashi va tiklanishiga
qaratilgan. Ochlik bilan davolash usulining ayrim holatlari va natijalari diskussion
xususiyatga ega, shuningdek bu xaqida yagona fikr mavjud emas. Ochlik bilan
davolash gipertoniyada, ortiqcha tana vaznida, neyrotsirkulyator distoniya,
ateroskleroz, revmatoid artrit, osteoartroz, nevroz, bronxial astma, shizofreniya,
surunkali pankreatit, xoletsistit, psorioz, ekzema, allergiya, hazm a’zolarini
funktsional kasalliklari va boshqalarda qo‘llaniladi. Lekin ayrim holatlarda tavsiya
etilmaydigan, jumladan tuberkulyoz, yuqumli kasalliklar, ozib ketish, qandli diabet,
qon va buyrak kasalliklari, gastroduodenal yara kasalliklari, revmatizm, yiringli
jarayonlarda, jigar tserrozi va surunkali gepatitlarda, shuningdek yurak-qon tomir
etishmovchiligi, homiladorlikda, bolalar va keksalarda. Ochlik davosi davrida 3
bosqichni tafovut etiladi.
1 bosqich – ovqatga nisbatan qo‘zg‘alish bo‘lib, u 2-3 kun davom etadi va
bemorda ochlik hissi yanada kuchayadi va oziq-ovqt mahsulotlari, ularni hidi
ta’sirlaydi, hatto agressiv holat paydo bo‘ladi. Birinchi 3 kun arterial qon bosimi
oshishi va suvni chiqarilishi, glikogenni jigarda, mushaklarda parchalanishi hisobiga
tana vazni sutkasiga 1-2 kg kamayishi mumkin. Suyuqlik qabul qilish taxminan 600
ml va sutkada diurezni kamayishi 800 ml ni tashkil etib, suv muvozanati
degidratatsiya tomonga siljiydi.
2 bosqich - kuchayib boruvchi atsidoz bo‘lib, u ochlikni 4-6 kunlari sodir
bo‘ladi va og‘izdan atseton hidi kelishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, holsizlik va
karaxtlik kuzatiladi. Shuningdek, teri, shilliq qavatlari quruq, til karach bilan
qoplanadi, og‘iz bo‘shlig‘iga shilliq yig‘iladi. Bu davrda ochlik hissi yo‘qoladi,
ovqat mahsulotlari bemorlarni ta’sirlamaydi, qonda glyukoza miqdori ozayadi.
Diurez oshadi va suyuqlik bir sutkada taxminan 1,5 litr suv ichiladi va tana vazn
400-500 gramm miqdorda ozayadi.
3 bosqich - kompensatsiya davri bo‘lib, ochlikni 7-10 kunlari sodir bo‘ladi va
6-7 kunlar atsidozli krizisdan so‘ng bemor ahvoli keskin yaxshilanadi. Bemorni
quvvati oshadi, fikrlash tiniqlashadi, kasallik belgilari yo‘qoladi, og‘izda atseton
hidi yo‘koladi va til karachi kamayadi.
Ochlik davosini tugatib, tiklanish davrida asta-sekin oziqlanish yuklamasini oshirib
borish muhimdir. Dastlab go‘sht mahsulotlarini va tuzni istesno etib, ratsionda sutli,
suvli bo‘tqalar, qatiq zardobi, sabzavot va mevalar sharbati (olma, o‘rik, nok, behi,
151
shaftoli) bo‘tqa taomlar oz miqdordan 2-5 mahal beriladi va suyuqlik miqdori asta-
sekin oshiriladi.
Ochlik davrida bemorni funktsional holati, yurak qon tomir faoliyati, laborator
ko‘rsatkichlar dinamikada kuzatib boriladi va albatta to‘liq tiklanish davrida ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |