Kasalliklarni mineral suvlar bilan davolash
Sekretor funktsiyasi oshgan gastroitlar va gastroduodenal yara kasalliklarida
esa gidrokarbonat, sulfat va natriy minerallarga boy suvlar tavsiya etiladi. (Barjomi,
Esentuki №4). Suv 38-40 0S haroratda ichiladi, qaysiki u spazmni yo‘qotadi va
og‘riqni kamaytiradi. Mineral suv miqdori 100 ml dan 3 mahal ovqatdan oldin qabul
qilinadi va asta-sekin 250 ml miqdoriga chiqariladi. Mineral suvlarni ovqat oldi
qabul qilish sababi, avvalo oshqozon-ichak tizimida gaz so‘riladi va yallig‘
moddalarni yuvib o‘tadi.
Mineral suvlarni belgilashda ularni mineralizatsiya darajasiga ahamiyat berish
lozim, chunki yallig‘lanish jarayoni kuchli bo‘lsa, suvni minerallashgan darajasi va
qabul qilish miqdori kam bo‘lishi kerak, aks hollarda balneologik reaktsiya vujudga
keladi. Gastroduodenal yara kasalliklarining operatsiyadan keyingi holatlarida
mineral suvlar 3-6 oydan so‘ng tavsiya etiladi.
135
Operatsiyadan so‘nggi asoratlarda, jumladan demping-sindromi gipoglikemik
sindrom, anemiya, ozib ketish, anastomoz buzilishida mineral suvlar tavsiya
etilmaydi. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida mineral suvlar (Karlova-Vara, Toshkent
mineral suvi, Omonxona mineral suvi) oqsil, uglevod almashinuvini me’yorlashda,
organizm immun holatini kuchaytirishga safro sintezi va ajralishini boshqarishda,
o‘t qopida konkrementlar hosil bo‘lmaslik uchun mikroorganizmlarni, yallig‘
shlaklarini chiqarib tashlash uchun qo‘llaniladi. Jigar va o‘t yo‘llari yallig‘lanishi
kasalliklarida (surunkali gepatit, xolangit, xoletsistit) xlor, mangiy, sulfat, natriy,
radon ionlari va organik moddalar tutgan o‘rta yoki kam minerallashgan shifobaxsh
suvlar tavsiya etiladi, ularning harorati 35-40 0S bo‘lishi lozim. Mineral suvlar 200-
250 ml miqdorida 3 mahal bir oy davomida ovqat oldi ichiladi va navbatdagi davo
muddati 3-4 oydan so‘ng o‘tkazish mumkin. O‘t pufagi gipomator diskeniziyasida
mineral suvlar yordamida tyubaj o‘tkaziladi va uning samarasi og‘riqni kamayishi,
ich ketishini yumshatishi, axlatni rangini to‘qlashishi kabilar belgilaydi. Lekin o‘t
qopida va o‘t yo‘llarida konkrement bo‘lsa mineral suvlar tavsiya etilmaydi.
Surunkali pankreatitlarda mineral suvlar yallig‘lanishiga qarshi spazmalitik va
oshqozon osti bezini funktsiyasini faollashtiruvchi omil sifatida ta’sir etadi.
Ovqatlanishdan 1,5 soat oldin 37 0S haroratli mineral suvlarni (Barjomi,
Smirnovskaya, Toshkent mineral suvi) oz minerallashgan darajada 100 ml uch
marotoba ichish tavsiya etiladi. Ichak kasalliklarida (surunkali enterit, kolit, ichak
ta’sirlanish sindromi) mineral suvlar ichak motorikasini uyg‘unlashtirish,
yallig‘lanish jarayonini kamaytirish va funktsional holatini faollashtirish uchun
qo‘llaniladi. Jumladan, diareyada 40-45 0S haroratda ko‘p miqdorda kaltsiy va
NSO3 ionlariga boy mineral suvlar Barjomi, Slyavyanskiy) 100 ml uch mahal
ichiladi. Qabziyatda esa yuqori minerallashgan suvlar tavsiya etiladi.
Modda almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kechadigan kasalliklarda, jumladan
qandli diabetni kompensatsiya bosqichida mineral suvlarni qo‘llash,
giperglikemiyani kamaytiradi, jigarda glikogen sintezini kuchaytiradi va oshqozon
osti bezining funktsiyasini korrektsiyalashtiradi. Barjomi, Esentuki №14 mineral
suvlari rux va mis moddalarini tutadi, ya’ni rux insulin sintezini faollashtirsa, mis
esa insulinaza fermentini faolligini susaytiradi va giperglikemiyani kamaytiradi.
Tana vaznini ortishi, ayniqsa semizlik kasalligida ichak faoliyatini, diurezni va
qalqonsimon bez faoliyatini kuchaytiruvchi mineral suvlar tavsiya etiladi. Ichak
perestaltikasini kuchayishi quvvat sarfini kuchayishi va ichaklarda nutrientlarni
so‘rilishini kamaytiradi, shuningdek diurezni ko‘payishi ortiqcha suvni
organizmdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi va ular tana vaznini ozayishiga olib
keladi. Bu maqsadda mineral suvlar 100-200 ml miqdorida uch mahal o‘rta va
yuqori minerallashgan holda ichiladi.
136
Buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida oz minerallashgan va gidrokarbonatlar,
sulfatlar va organik moddalar tutgan suvlar tavsiya etiladi (Naftusya, Barjomi,
Zangi-ota, Esentuki №17, Narzan). Mineral suvlar buyruk va siydik yo‘llari
kasalliklarida siydik RN muhitini o‘zgartiradi, og‘riqni kamaytiradi, mayda
toshmalarni, yallig‘lanish jarayonida hosil bo‘lgan patologik omillarni chiqarishga
yordam beradi.
Buyrak-tosh kasalligida mineral suvlar (Naftusya, Zangi-ota) 40-44 0S
haroratda 300-400 ml uch mahal ovqat oldi ichiladi.
Surunkali pielonefrit, tsistit va uretritda mineral suvlar 18-20 0S haroratda
250-300 ml uch mahal ovqat oldi ichiladi.
Siydikdan tuz ajralish kasalliklarida, jumladan oksalaturiya, fosfaturiya
podagrada mineral suvlar 250-300 ml uch mahal ichiladi.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |