Dunyo mamlakatlarida sog‘lom va davo ovqatlanish masalalari bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar shakllanishi.
Rossiyada qadimiy ruhoniylar qo‘lyozmalarida (1073-1076) bemorlar va
sog‘lom odamlar uchun sabzavotlarning ahamiyati bayon etilgan. M.V. Lomonosov
(1711-1765) rus xalqining salomatlik ko‘rsatkichlarining pastligiga birinchi asosiy
sabab ovqatlanish holatining unumsizligidadir, - deb yozib, ovqat mahsulotlari
tarkibi haqida ilmiy izlanishlar olib borgan. S.F. Xotovitskiy (1796-1885)
ovqatlanish gigienasi va sanitariyasi bo‘yicha birinchi qo‘llanma muallifidir. Nemis
kimyogari Yu. Libix (1803-1873) ovqatlanish biokimyosi bo‘yicha ilmiy ishlar olib
borgan. Fiziolog olim K. Foyt (1831-1908) ovqatlanish fiziologiyasi faniga asos
soldi. U maxsus tekshirishlar asosida ochlik holatida ayrim a’zolarning vazni
o‘zgarishini aniqlab, birinchi bo‘lib oziq moddalarga nisbatan inson ehtiyojini
aniqlagan. Nemis olimi M. Rubner (1854-1932) hayvonlarda o‘tkazilgan tajribasi va
odamlardagi kuzatuvlari asosida ayrim mahsulotlarning o‘zlashtirilish darajasini
aniqlab berdi. U birinchi bo‘lib o‘zi tuzgan kalorimetr yordamida oziq
moddalarning quvvat darajasini aniqladi. Taniqli rus olimi A.P. Dobroslavin (1842-
1880) Peterburg jarrohlik akademiyasida birinchi bo‘lib gigiena kafedrasini tashkil
qildi. Uning tashabbusi bilan Peterburgda oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini
tekshiruvchi birinchi shahar laboratoriyasi ochildi. Jahonda turli davlatlar olimlari
ovqatlanish muammolarini hal etishda turli tadqiqotlar olib borganlar, jumladan
AQSh olimlari D. Benedeks va G. Garris birinchi marotaba ilmiy asoslangan quvvat
sarflanishini aniqlovchi maxsus jadval yaratdi. Keyinchalik «sog‘lom
ovqatlanish»ga ilmiy yondashishga ko‘pchilik olimlar hissa qo‘shdilar: A.Lavuaze,
Yu.Libix, F.Bidder, K.Shmidt, M.Pettenkofer, F.F.Erismon, G.V.Xlopin,
K.S.Petrovskiy, I.A.Pokrovskiy, K.S.Ladodo va boshqalar.
O‘rta Osiyoda olim va mutafakkirlarning tadqiqotlari O‘rta Osiyo xalqlarini
madaniyati o‘zining klassik formasida IX-XI asrda “Sharq uyg‘onish davri”, arab
musulmon iqtisodiy islohoti bilan bog‘langandir. Bu davrda ma’naviyat, turmush
tarzi va ovqatlanish an’analari boshqa qiyofalar o‘zgardi.
X-XI asrlarda Markaziy Osiyoning, Buxoro, Samarqand, Gurganch kabi yirik
madaniyat va ilm markazlarida tibbiyot sohasida buyuk olim va mutafakkirlar
mahalliy ilmiy an’analarga boyitgan holda tibbiy asarlar, jumladan, sog‘lom
ovqatlanishga oid asarlar yaratdilar. (Abu Ali Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy,
Muhammad al-Xorazmiy, al-Masihiy, Mahmud Chag‘niniy, Abu Rayhon Beruniy).
Abu Bakr Muhammad ar-Roziy “Kitob alhoviy fittib" (“Tibbiyotga oid bilimlar
majmuasi") nomli to‘plamida kasalliklarni davolash va ularga xos bo‘lgan
ovqatlanish haqida ma’lumot beradi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘zining “Mafotix
al-ulum” qomusiy asarida o‘z davri tabobatining mavzularini yig‘ib ar-Roziy va al-
Majusiy kabi olimlarning asarlaridan foydalanib tibbiyot va ovqatlanish qoidalariga
oid risolalar tayyorlagan. Abu-l-Xayr Hammor tabib sifatida mashhur bo‘lib
zamondoshlari uni ikkinchi Gippokrat deb atashgan. U tibbiyotni nazariy masalalari
bilan jumladan, qariyalar parhezi va ayrim kasalliklarni davosini bayon etgan.
Dunyo mamlakatlarida sog‘lom ovqatlanish muammolari ko‘p jihatdan
umumiyligi va ularni qiyin echimga ega bo‘lgan masalalarini hal etish uchun 1945
13
yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topilishi bilan birga Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti tuzilib, uning Nizomi 1948 yilning 7 aprelida kuchga kirdi va 1946
yilda BMTning Bolalar fondi YuNISEF tashkil etildi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini ovqatlanish yo‘nalishining asosiy
vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- Yod, temir, oqsil, vitaminlar va mikroelementlar etishmovchiligi;
- Go‘daklar va bolalar ovqatlanishi;
- Ortiqcha vazn va semizlik;
- Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va boshqalar.
YuNISEFning asosiy vazifalari:
- Onalar va bolalar o‘limini kamaytirish;
- Onalar va bolalar kasalliklarini, ayniqsa noto‘g‘ri ovqatlanishga oid turlarini
kamaytirish;
- Salomatlik va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha onalar va bolalarni o‘qitish
masalalari va boshqalar.
- 1934 yilda O‘zbekistonda sanitariya gigiena ilmiy tekshirish institutida
ovqatlanish gigienasi bo‘limi tashkil qilindi va jamoa bolalar ovqatlanishini samarali
bo‘lishida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirdilar.
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi prof. G.M.Maxkamov
kafedra jamoasi bilan birgalikda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda qishloq aholisi
ovqatlanishini o‘rgandi, issiq iqlim sharoitida modda almashinuv holatlarini va
quvvatga bo‘lgan ehtiyojlar ustida izlanishlar olib borishdi.
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zSSR FA muhbir a’zosi, prof.
Askarov A.A. 1945-1970 yillarda hazm a’zolari kasalliklarini tashhislash, davolash
va mahalliy mahsulotlardan iborat dietoterapiya yo‘nalishini yaratdi.
- Istoqlol yillarida sog‘lom va parhez ovqatlanishni samarali tashkil etish va
yanada takomillashtirishga e’tibor kuchaydi.
- Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy
tekshirish institutlari, ilmiy-amaliy markazlar, davolash-profilaktika muassasalarida
mutaxassislar tayyorlash va ularning faoliyat samarasi kuchaytirilib ilmiy izlanishlar
kengaytirilmoqda.
- Hozirgi vaqtda sog‘lom ovqatlanish va dietologiya mutaxassisligi bo‘yicha
magistratura va klinik ordinaturada kadrlar tayyorlash, bakalavriaturada ushbu
yo‘nalishda o‘quv dasturlarini yaratish va rivojlantirish ishlari reja asosida olib
borilmoqda.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |