10
DIETOLOGIYA VA NUTRITSOLOGIYA TARIXIDAN LAVHALAR
Ovqatlanishning inson salomatligidagi axamiyati haqida qadimiy
manbalar.
Nutritsiologiya – ovqatlanishning tibbiy muommalarini o‘rganuvchi fan
bo‘lib,u bir qancha sohalarni, shu jumladan, hujayra va to‘qima trofikasi,
gastroenterologiya, dietologiya (parhezshunoslik) sohalarini qamrab oladi.
Klinik dietologiya nutritsiologiya fanining bir qismi bo‘lib, u patologik jarayon
bilan shikastlangan organ va sistemalarda modda almashinuv holatlarini oziq-ovqat
mahsulotlarining dorivorlik xususiyatlari, organizm muhitiga ta’sir mexanizmlarini
inobatga olgan holatda kasallikni davolash, uning zo‘riqishinining oldini olishga
qaratilgan tadbirlarni majmuasidir.
Shifokorlar qadimgi davrlardan boshlab, davolovchi vosita sifatida kasal
odamning ovqatlanishiga katta ahamiyat berishgan. Tibbiyot tarixini o‘rganishda
asosiy manbalar bo‘lib xizmat qiladigan qadimiy qo‘lyozmalarda misrlik va yahudiy
shifokorlari bemorlarni davolash uchun turli xil ovqatlardan foydalanishgan. Omon
qolgan qadimiy matnlarda ta’kidlanganidek, bizning davrimizga qadar yashagan
misrliklar, yunonlar, yahudiylar, rimliklar, arab xalqlari ovqatlanishning muhim
dorivorlik ahamiyatini juda yaxshi tushunishgan. Shu sababli, bu xalqlarning eng
uzoqni ko‘rgan va ilg‘or vakillari ovqatlanishni tartibga solishga intilib, ushbu
tartibga binoan ba’zi ovqatlardan foydalanishni ta’qiqlovchi diniy qonunlar joriy
qilingan, shuningdek ma’lum fasllarda ovqatlanish vaqti-vaqti bilan cheklangan.
Me’yoridan ko‘p ovqatlanish bilan og‘rigan odamlar uchun ushbu "cheklash
terapiyasi", shubhasiz, metabolik jarayonlarni yaxshilashga yordam beradi.
Sog‘liqni saqlashning ovqatlanish sharoitlari va sifati bilan aloqasi ko‘plab qadimgi
xalqlar tomonidan o‘rganilgan. Qadimgi taniqli olimlar ovqatlanish va ayniqsa
parhez ovqatlanishga katta e’tibor berishgan. Qadimgi Misrda qovun va tarvuzning
diurezga ta’siri ma’lum bo‘lgan, ich qotishi, qo‘pol tolali sabzavotlar, mevalar va
don mahsulotlari ishlatilgan. O‘rta asrlarda madaniyatning pasayishi davrida
farmakoterapiya deyarli faqat gullab-yashnagan. Ilohiyot va alkimyoga bo‘lgan
ishtiyoq barcha kasalliklarni mo‘’jizaviy ravishda davolab, "ilohiy ta’minot" ga
ishonishga va "sehrli tosh"ni izlashga olib keldi. Insoniyatni ovqatlanishi va unga
mos kasalliklarda davo choralari eramizdan avvalgi IX asrda Hindistonda Ayuveda
(hayot haqida ilm) kitobida bayon etilgan. Keyinchalik eramizdan avvalgi IV asrda
buyuk yunon allomalari tomonidan ovqatlanish masalalari va ular yordamida
davolash, kasalliklarni oldini olish muammolariga ilmiy amaliy yondoshganlar.
Jumladan
Do'stlaringiz bilan baham: