Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Qizilo‘ngach. Qizilo‘ngach hazm qilish tizimining halqumdan so‘ng keluvchi 
qismi bo‘lib, uni me’da bilan bog‘laydi. Qizilo‘ngach uzunligi 30 sm gacha bo‘lgan, 
oldindan  orqaga  tomon  siqilib  borgan  nay  ko‘rinishiga  ega.  Qizilo‘ngach  uchta 
anatomik sohada: bo‘yin, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida joylashgan, shuning 
uchun ham qizilo‘ngach shu nomli uchta qismga bo‘linadi. Qizilo‘ngach devori to‘rt 
qavatdan  iborat:  shilliq  parda,  shilliq  osti  asosi,  mushak  va  seroz  pardalar. 
Qizilo‘ngachning  shilliq  pardasi  etarli  darajada  qalin  bo‘lib,  yaxshi  rivojlangan 
mushak  plastinkasiga  ega.  Shilliq  parda  va  shilliq  osti  asosida  yakka  limfatik 
tugunlar  va  sekretini  qizilo‘ngach  bo‘shlig‘iga  ajratuvchi  qizilo‘ngachning  shilliq 
bezlari  joylashgan.  Shilliq  osti  asosi  yaxshi  rivojlanganligi  sababli,  shilliq  parda 
ko‘ndalang burmalar hosil qilib yig‘ila oladi. Bu burmalar ovqat luqmasi o‘tayotgan 
vaqtda  yoziladi.  Mushak  pardasi  ikki  qavat:  ichki  aylana  va  tashqi  bo‘ylama 
qavatlardan  iborat.  Qizilo‘ngachning  yuqori  qismida  mushak  parda  ko‘ndalang-
targ‘il  mushak  to‘qimasidan  iborat  bo‘lib,  qizilo‘ngachning  o‘rta  qismida  uning 
o‘rnini  silliq  mushak  hujayralari  egallay  boshlaydi  va  qizilo‘ngachning  pastki 
qismida  faqatgina  silliq  mushak  to‘qimasi  uchraydi,  u  me’daga  davom  etadi. 


18 
 
Mushak parda tashqaridan siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat adventitsial 
parda bilan o‘ralgan. 
Me’da.  Me’da  bo‘shliqsimon  a’zo  bo‘lib,  asosiy  qismi  qorin  bo‘shlig‘ining 
yuqori  chap  tomonida  joylashadi.  Me’da  qizilo‘ngach  va  o‘n  ikki  barmoqli 
ichakning o‘rtasidan joy olgan. Katta yoshli odamda me’daning hajmi taxminan 1,5 
litrni  tashkil  etadi.  Me’daning  shakli  va  o‘lchami  uning  to‘lish  darajasiga  va 
muskulaturasining  rivojlanish  darajasiga  qarab  turlicha  bo‘lishi  mumkin  va 
organizm o‘sib, voyaga etish jarayonida ham me’da shakli o‘zgaradi. 
Me’dada hazm fermentlariga boy me’da shirasini, xlorid kislotasini va boshqa 
ko‘plab  fiziologik  faol  moddalarni  ajratuvchi  bezlar  mavjud.  Mazkur  moddalar 
bakteriotsid  ta’sir  ko‘rsatadi,  oqsil,  yog‘larni  parchalaydi.  Me’da  shilliq  qavatida 
o‘ziga xos modda – Kasl omili ishlab chiqariladi. Bu omil qon yaratilishida muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan V12 vitaminining so‘rilishi uchun zarurdir. 
Me’da devori ham to‘rt asosiy qavatdan iborat: shilliq parda, shilliq osti asosi, 
mushak va seroz pardalar. 
Me’da  hazm  qilish  funktsiyasidan  tashqari  ovqat  deposi  funktsiyasini  ham 
bajaradi.  Me’daga  tushgan  ovqat 8  soatgacha  ushlanib  qolishi  mumkin (bu  uning 
kimyoviy  tarkibiga  bog‘liq).  Shu  vaqt  davomida  ovqatga  mexanik  va  kimyoviy 
ishlov  berilishi amalga  oshadi.  Bo‘sh  holatda  me’da  kichrayganroq  bo‘ladi  va  oz 
miqdorda  neytral  reaktsiyaga  ega  bo‘lgan  me’da  shirasini  tutadi.  Ovqat  luqmasi 
me’dadagi hazm jarayonidan o‘tgach me’da ximusiga aylanadi va asta-sekin o‘n ikki 
barmoqli  ichakka  yo‘naladi.  Qizilo‘ngachning  me’daga  o‘tish  joyida  me’daning 
kardial  bezlari  joylashgan  bo‘lib,  ular  ovqat  luqmasi  hazm  tizimining  mazkur 
bo‘limlaridan o‘tayotganda himoya funktsiyasini bajaradi. Me’daning tub qismida 
joylashgan  fundal  bezlar  guruhi  hazm  jarayonini  me’yoriy  kechishi  uchun  kerak 
bo‘lgan  fermentlarni, xlorid kislotasini  va turli  gastroprotektiv  moddalar,  masalan 
bikarbonatlarni  ishlab  chiqaradi.  Shu  bilan  birga,  bu  guruh  bezlari  Kaslning  ichki 
faktorini ham ishlab chiqaradi. Me’daning kichik egriligi sohasida joylashgan bezlar 
ham  ko‘plab  hazm  fermentlari  va  xlorid  kislotasini  ishlab  chiqaradi.  Me’daning 
pilorik qismidagi bezlar kuchli faollikka ega bo‘lgan proteolitik fermentlarni ishlab 
chiqaradi.  Me’da  sutkasiga  2  litrgacha  shira  ishlab  chiqarishi  mumkin.  Me’da 
shirasining  99%i  suvdan  iborat.  Qolgan  qismi  organik  va  anorganik  moddalarga 
to‘g‘ri  keladi  va  yuqori  kislotalikka  ega.  Me’da  shirasi  tarkibida  oqsillarni 
parchalovchi muhim fermentlar va lizotsim bo‘ladi. Bu guruh fermentlar pepsinlar 
deb atalib, o‘z ichiga A, B va S pepsinlarni oladi. Bunday bo‘linish ularning turli 
kislotalilikda  oqsillarni  parchalay  olish  qobiliyati  bilan  bog‘liq.  Me’da  shirasi 
organik  qismining  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri  me’da  shillig‘idir.  Me’da 
shillig‘i  me’daning  shilliq  pardasini  me’dadagi  moddalarning  agressiv  ta’siridan 
himoya  qiladi.  Shilliq  tarkibiga  me’daning  mukoproteidi  bo‘lgan  Kaslning  ichki 
faktori kiradi. Me’da shirasining muhim anorganik tarkibiy qismi xlorid kislotasidir. 
U me’dada kislotali muhit hosil qiladi, oqsillarning bo‘kishini ta’minlaydi, natijada 
ularning hazm bo‘lishi engillashadi, shuningdek xlorid kislotasi kuchli bakteriotsid 
modda  hisoblanadi  va  ko‘plab  fermentlarni  faollashtiradi.  Me’da  shirasi  me’da 
bezlariga oliy nerv strukturalaridan keluvchi nerv impulslari ta’sirida hosil bo‘ladi. 


19 
 
Shuningdek  me’da  shirasi  mazali  taomni  ko‘rganda  ham  hosil  bo‘lishi  mumkin. 
Me’da  devoridagi  retseptorlarning  ta’sirlanishi  va  me’daning  ovqat  hisobiga 
mexanik cho‘zilishi natijasida sodir bo‘ladigan reflektor me’da shirasi sintezi katta 
rol o‘ynaydi. Ovqat me’daga tushganda uning o‘n ikki barmoqli ichak tomonga asta-
sekin  harakati  boshlanadi.  Bu  harakat  me’daning  proksimal  bo‘limlaridan  distal 
bo‘limlariga  qarab  yo‘naluvchi  peristaltik  qisqarishlar  hisobiga  amalga  oshadi. 
Me’daning pilorik qismi o‘ziga xoslikka ega: u mustaqil tarzda qisqara oladi, buning 
natijasida  qorin  bo‘shlig‘idagi  bosim  sezilarli  darajada  oshadi.  Me’da  tonik 
qisqarishi  mumkin,  ya’ni bunda qisqarishlar katta davomiylik  va amplitudaga ega 
bo‘ladi. Tonik qisqarishlar me’da saqlamasiga yanada samaraliroq mexanik ishlov 
berilishiga  sabab  bo‘ladi.  Me’daning  motorikasi  og‘iz  bo‘shlig‘i,  halqum, 
qizilo‘ngach  sohalari  va  me’daning  o‘zida  joylashgan  refleksogen  zonalarning 
ta’sirlanishi, shuningdek, yutish akti va gormonal yo‘l bilan boshqariladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish