Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Keksa yoshda sog‘lom ovqatlanish va  kasalliklarda parhez tavsiyalar



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Keksa yoshda sog‘lom ovqatlanish va  kasalliklarda parhez tavsiyalar 
Qarish – umumbiologik qonuniyat bo‘lib, keksalik davrini sog‘lom va jismoniy 
faol kechirish, shuningdek uzoq umr ko‘rish uchun sog‘lom turmush tarziga, ayniqsa 
sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish lozim, shundagina qarilik jarayonini 
pasaytirib,  hamda  keksalar  uzoq  umr  ko‘rishi,  faol  hayot  va  sihat-salomatlikka 
erishishini ta’minlash mumkin. 
Keksalar sog‘lom ovqatlanishi tamoyillari. 
- Kun davomida ovqatlanish keksalarda 4-5 marotaba oz miqdorda bo‘lishi 
- Ovqatlanish  tartibiga  rioya  etish,  ya’ni,  birinchi  nonushta  25%,  ikkinchi 
nonushta 15-20%, tushlik 30-35% va  kechki ovqat 25% quvvatini tashkil etishi. 
- Antisklerotik  mahsulotlarni  –  dukkaklilar,  yormalar,  dengiz  va  sut 
mahsulotlari, sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish.  


35 
 
- Hayvon yog‘larini (qo‘y, mol yog‘i, qaymoq, ikra, yog‘li go‘shtlar) cheklash.  
- Qand va tuz miqdorini cheklash. 
- Sutli  mahsulotlar  va  probiotiklarga  boyitilgan  sut  mahsulotlarini  iste’molda 
ko‘paytirish.  
- Ovqat ratsionida to‘yinmagan yog‘ kistolotalari tutgan o‘simlik yog‘ini keng 
qo‘llash.  
- Ovqat ratsionini S va V guruhidagi vitaminlari, ovqat tolalari, kaliy, magniy, 
ruh kabi mikroelementlar bilan boyitish.  
- Tabiiy  ichimliklar,  sutli  choy,  meva  va  sabzavot  sharbatlari  hamda  suv 
iste’mol qilish maqsadga muvofiq. 
- Ovqat ratsionini xilma-xil mahsulotlar bilan boyitish. 
- Ovqat  tayyorlash  texnologiyasida  suvda,  bug‘da  va  dimlangan  holdagi 
taomlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq. 
- Tuzli, dudlangan, achchiq taomlar, spirtli ichimliklar, qahva kabilar ta’qiqlash 
va  tarkibida  xolesterin  va  tez  singuvchi  uglevodlar  hamda  osh  tuzini  saqlovchi 
mahsulotlar iste’molini kamaytirish. 
- Sabzavot  va  dukkaklilardan,  shuningdek  baliq,  parranda  go‘shtlaridan 
tayyorlangan taom va salatlarni keng iste’mol qilish. 
- Jismoniy  harakatni  faollashtirish  va  uni  ovqatlanish  quvvat  qiymatiga 
moslashtirish. 
Keksalikda oqsil almashinuvi va me’yor darajasi. 
- Keksa yoshda hujayralar regeneratsiya tezligi susayadi va shunga mos holda 
oqsilga zaruriyat kamayadi 
- Oqsilga  boy  mahsulotlarni  me’yoridan  ortiq  iste’mol  qilish  qariyotgan 
organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
- O‘rtacha kunlik oqsil me’yori 60 yoshdan yuqori erkak va ayollarga 70-60 gr; 
75 yoshdan yuqorilarda erkak va ayollarga 60-57 gr. 
- Oqsillarni 50% hayvon mahsulotlari, qolgan qismi o‘simlik oqsillari bo‘lishi 
va ular yog‘i kam sutlar, dengiz mahsulotlari, non va dukkaklilar bo‘lishi maqsadga 
muvofiq 
- Keksalar  ovqat  ratsionida  oqsilning  30%  sut  mahsulotlari  hisobiga  bo‘lishi 
kerak,  avvalo  yog‘sizlantirilgan  tvorog  (100  gr),  sut  (300  ml),  qaysiki  ular 
organizmga zarur darajada kaltsiy va lipotrop moddalar bilan ta’minlab, osteoporoz, 
ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi va ortiqcha vaznni oldini oladi. 
Keksalikda yog‘ almashinuvi va me’yor darajasi. 


36 
 
- Yog‘lar  energiya  manbai  bo‘lib,  ular  iste’molida  hayvon  yog‘ini  cheklab 
o‘simlik yog‘ini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 
- Kundalik  o‘rtacha  me’yori  erkak  va  ayollarda  75-70  gr,  75  yoshdan  yuqori 
erkak va ayollarda 70-65 gr. 
- Keksalikda o‘simlik yog‘lari tavsiya etiladi, ular to‘yinmagan yog‘ kislotalari 
(linol,  linolen  va  arxidon)  bo‘lib  ular  qon  tomirlar  elastikligini  oshiradi, 
o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. 
Keksalikda uglevod almashinuvi va me’yor darajasi. 
- Uglevodlar 60 yoshdan keyin erkak va ayollarda mos ravishda 340-310 gr ni 
tashkil qilishi. 
- Uglevodlarni  iste’moli  ko‘proq  sabzavot  va  mevalardan  bo‘lishi  modda 
almashinuvini me’yorlashtirishda katta ahamiyatga ega. 
- Uglevod  manbalari,  shuningdek,  kraxmal,  ovqat  tolalari,  kepakli  unlardan 
tayyorlangan nonlar va yormalari ham hisoblanadi. 
- Ovqat  tolalari  hazm  va  o‘t  ishlab  chiqish  faoliyatini  kuchaytiradi,  va 
qabziyatni  oldini  oladi,  hamda  tanadan  xolestirinni  chiqarib  yuborishga  yordam 
beradi. 
- Ovqat  ratsionida  engil  o‘zlashtiriladigan  uglevodlar,  ya’ni  shakar, 
qandolatchilik mahsulotlari va shirin ichimliklar cheklanadi. 
Keksalikda makro-mikroelementlar almashinuvi va me’yor darajasi
- Kaltsiyning kundalik miqdori 800 mg, kaliy miqdori 3000-4000 mg, magniy 
miqdori 500-600 mg, fosfor 1500 mg, temir moddasi 10-15 mg ni tashkil etadi. 
- Qariyalarda  temir  tanqisligi  –  kamqonligi  ko‘p  uchraydi,  chunki  ulardagi 
hazm a’zolari tizimining funktsiyasi susayadi. 
- Keksalarda kaltsiy tuzlari osteoporoz holatini oldini olish, magniy esa ichaklar 
va  mushaklarda  spazmni  olish  hamda  o‘t  chiqarish  va  xolestirin  almashinuvini 
stimullovchi xususiyatga ega. 
- Kaliy yurak mushaklari metabolizmini, fosfor esa miya hujaylari funktsiyasini 
faollashtirishda katta rol o‘ynaydi. 
Keksalikda uchraydigan kasalliklar. 
- Yurak-qon  tomir  kasalliklari  va  arterial  gipertoniya  bilan  er  sharining  25% 
aholisi  kasallangan  va  ulardan  50%ini  65  yoshdan  yuqori  bo‘lgan  aholi  guruhi 
tashkil qiladi. 


37 
 
- AQShda  XX-XXI  asrlarda  arterial  gipertoniya  kasalligi  bilan  60  mln  aholi 
xastalangan va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim holati 600 ming, insultdan esa 
170 ming kishini tashkil etadi. 
- Qandli  diabetni  2  shakli  bo‘lib,  u  dunyoda  hozirgi  vaqtda  100  mln  aholini 
tashkil etadi. 
Qandli  diabetning  2  shakli,  ya’ni  insulinga  bog‘liq  bo‘lmagan  turi  aholi 
guruhining yoshiga bog‘liq holda quyidagicha uchraydi: ya’ni, 50-59 yosh – 8%, 60-
69 yosh – 8-12%, 70-79  yosh – 14-20%, 80 yosh  va  undan  yuqori  - 25%, bularni 
75%ni keksa yoshdagi odamlar tashkil qiladi. 
Keksalikda yurak-qon tomir kasalliklar parhez davo tavsiyasi. 
- Yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlaridan foydalanish. 
- Sabzavot va mevalarni keng miqdorda tanovvul qilish. 
- Baliq  va  dengiz  mahsulotlaridan  tayyorlangan  mahsulotlarni  keng  iste’mol 
qilish. 
- Taom  tayyorlashda  dimlash,  qaynatish  va  duxovkada  tayyorlash 
texnologiyalarini qo‘llash. 
- Yog‘li go‘shtlar, sariyog‘, ikra, eritilgan yog‘larni imte’mol qilmaslik. 
- Tarkibida xolestirin kam bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish. 
- Taomni oz-ozdan, kun davomida 5-6 marotaba iste’mol qilish. 
- Taomda osh tuzini cheklash. 
- Yurak-qon tomiri  uchun  foydali  makro-mikroelementlar tutgan (K, Ca, Mg, 
Fe, Zn va vitamin V, S, A guruhlari) sabzavot va ko‘katlar (qovoq, kartoshka, karam, 
ko‘katlar)ni keng iste’mol qilish. 
Keksalikda qandli diabet kasalliklar parhez davo tavsiyasi. 
Iste’mol  qilish  lozim:  maxsus  qora  non,  yog‘siz  mol  go‘shti  yoki  baliqli 
sho‘rvalar,  yog‘siz  terisidan  ajratilgan  tovuq  yoki  baliq  mahsulotlari  qaynatilgan 
yoki dimlangan holda, boshoqli, dukkakli taomlar iste’molini chegaralash, sabzavot 
va  ko‘katlar,  nordon  mevalar,  sut  va  sut  mahsulotlari,  qand  o‘rnini  bosuvchilar 
moddarlar (fruktoza, sarbit, ksilit). 
Man etiladi: yog‘li sho‘rvalar, yog‘li go‘sht, kolbasalar, tuzlangan mahsulotlar, 
ikra,  qaymoq,  shakar  tutgan  mahsulotlari,  glyukoza  tutgan  mevalar,  muzqaymoq, 
gazlangan va spirtli ichimliklar. 
Keksalikda insult kasalligida parhez davo tavsiyasi. 
Iste’mol qilish lozim: keksalarda asab kasalliklari, ayniqsa insultda ijobiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi  fosforga  boy  mahsulotlar,  sut  va  undan  tayyorlangan  oziq-ovqatlar, 


38 
 
dukkakliklar  bilan,  shuningdek,  yog‘siz  go‘sht  va  baliq,  yormalar,  sabzavot  va 
mevalar, o‘simlik yog‘i va vitamin B va S guruhiga boy bo‘lgan mahsulotlar (dengiz 
mahsulotlari, no‘xot, karam, anjir, baqlajon, behi, tarvuz, va o‘simlik yog‘lari) bilan 
ovqat ratsionini boyitish tavsiya etiladi. 
Taomlar  suv  va  bug‘da  pishirilgan  yoki  dimlangan  holatda  iste’mol  qilish 
tavsiya etiladi. 
Man  etiladi:  achchiq-sho‘r  mahsulotlar,  qovurilgan  taomlar,  yog‘li  go‘shtlar, 
dudlangan mahsulotlar, kolbasalar, ikra, qaymoq, gazlangan va spirtli ichimliklar. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish