Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Sog‘lom, parhez ovqatlanishning fiziologik asoslari va nazariyalari



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Sog‘lom, parhez ovqatlanishning fiziologik asoslari va nazariyalari 
Ovqatlanish  odam  organizmining  asosiy  biologik  ehtiyoji  bo‘lib,  odamning 
hayot qobiliyati, ish qobiliyati va organizmning tashqi muhit omillariga chidamliligi 
shu masalaning to‘g‘ri echilishi bilan bog‘liq. Ovqatlanish odam organizmini oziq 
mahsulotlari bilan ta’minlashi kerak. Bu mahsulotlar hisobiga odam hayot faoliyati 
jarayonida  sarflagan  mahsulotlarining  tiklanishi,  ya’ni  energetik  almashinuv, 
sarflangan hujayra elementlarining qayta tiklanishi va yangi hujayra elementlarining 
sintezlanishi,  ya’ni  plastik  almashinuv,  hamda  zaxira  moddalarning  depo 
to‘qimalarda  to‘planishi  (yog‘lar  –  yog‘  to‘qimasida,  glikogen  –  jigarda)  amalga 
oshishi lozim. 
Ovqatlanish tarixida asosan uchta nazariya ya’ni, antik, muvozanatlashgan va 
adekvat  ovqatlanish  nazariyalari  mavjud  bo‘lib,  shuningdek  qator  alternativ 
konseptsiyalar ham mavjud. 


24 
 
Antik nazariya buyuk allomalar Aristotel va Galen nomi bilan  bog‘liq bo‘lib, 
ular  organizmni  oziqlanishini  qon  orqali  amalga  oshirilishi  va  qon  shaklliy 
elementlari esa hazm tizimida paydo bo‘lishi haqida fikr yuritgan. Ularni fikricha, 
jigarda  bu  qon  tozalanib  to‘qima  va  a’zolarni  oziqlantiradi.  Ular  bu  nazariyaga 
asoslanib qadimiy dietalarini yaratganlar. 
Muvozanatlashgan ovqatlanish akademik A.A. Pokrovskiy nomi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu nazariyaga asosan qabul qilingan oziq moddalar sarflangan quvvatga mos 
kelishi lozim. Shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarida organizmni me’yoriy faoliyati 
uchun muhim bo‘lgan makro, mikroelementlar va vitaminlar etarli darajada mavjud 
bo‘lishi  kerak.  Ayniqsa  organizmda  sintez  bo‘lmaydigan,  almashinmaydigan 
nutrientlar  bo‘lishi  lozim.  Ushbu  nazariyaga  asosan  aholini  turli  guruhlarida 
ovqatlanish  ratsioni,  texnologiyasi  va  oziq  moddani  o‘zlashishi  va  uni  kimyoviy 
tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqligi yaratilgan. 
Adekvat  ovqatlanish  nazariyasi  akademik  A.N.  Ugolev  tomonidan  taklif 
etilgan  bo‘lib  (1991  y.)  bu  nazariya  ovqatlanishni  muvozanatlashgan  nazariyasi 
asosida  tuzilib,  oziq  moddalarni  o‘zlashishida  ichakdagi  mikrofloralarni, 
gormonlarni va ovqat tolalarini ahamiyati hisobga olindi. Bu nazariya asosan to‘rt 
tamoyilga ega: 
- Organizm  qabul  qilgan  oziq  moddani  inson  tanasi  va  undagi 
mikroorganizmlar birgalikda o‘zlashtiradi. 
- Organizm qabul qilayotgan nutrientlar bir tomondan oziq moddalarda ajratib 
olinsa,  ikkinchidan  esa  ichakdagi  bakteriyalarni  qo‘shimcha  oziq  modda  sintezi 
hisobiga amalga oshadi. 
- Me’yordagi oziqlanish bir  necha ozuqaviy  va boshqaruvchi  moddalar oqimi 
bilan amalga oshadi. 
- Ovqatlanish fiziologiyasida ovqat tolalari muhim ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi asosiy nazariyalardan tashqari bir qancha alternativ kontseptsiyalar 
mavjud: 
- Funktsional ovqatlanish; 
- Maqsadli ovqatlanish; 
- Individual ovqatlanish; 
- U. Shelton va G. Xey usulida bo‘linib ovqatlanish; 
- Ozuqalarni xom iste’mol qilish; 
- Fraktsion ovqatlanish; 
- Vegetarian ovqatlanish va boshqalar. 
Ovqatlanish  kontseptsiyalarida  dietologik  yondashishlar  turlicha  bo‘lsada, 
lekin organizm  uchun  lozim bo‘lgan  nutrientlar  va quvvat qiymati hayot faoliyati 
uchun etarli bo‘ladi. 
Organizmning energetik sarflari uchun ovqatning sifat tarkibi katta ahamiyatga 
ega  emas  va  alohida  ozuqa  elementlari  (yog‘lar,  oqsillar,  uglevodlar)  ularning 
izodinamik  muvozanati  printsipi  bo‘yicha  (kalloriyasi  bo‘yicha)  almashtirilishi 
mumkin.  Lekin  plastik  almashinuvda,  albatta  ma’lum  ozuqa  komponentlarining 
minimumi  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Demak,  etarli  miqdordagi  ozuqa  etarlicha  sifat 
tarkibiga ega bo‘lmasligi mumkin. 


25 
 
Ma’lumki,  odam  organizmida  kechuvchi  ko‘plab  energetik  jarayonlarning 
amalga  oshishi  uchun  ma’lum  fermentlar  va  moddalar  talab  etiladi.  Ularning 
minimal miqdorining bo‘lmasligi mazkur energetik jarayonlarning buzilishiga sabab 
bo‘ladi. Shunday ekan, ovqatning miqdorini oshirayotib, uning sifat tarkibini ham 
inobatga  olish  lozim.  Sog‘lom  odamda  ovqatning  to‘g‘ri  tanlanishi  ma’lum 
miqdorda  ishtaha  yordamida  amalga  oshiriladi,  bemorlarda  esa  ishtaha  ko‘pincha 
buzilgan bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi. 
Moddalar  almashinuvi  ikki  asosiy  jarayon  assimilyatsiya  va  dissimilyatsiya 
orqali  amalga  oshiriladi.  Assimilyatsiya  jarayoni  organizmga  muntazam  ravishda 
suv,  havo,  organik  va  mineral  moddalarning  tushishidan  iborat.  Bu  moddalar 
organizm  tomonidan  o‘zlashtiriladi.  Bir  qancha  jarayonlarni  boshdan  kechiradi, 
organizmning  barcha  hujayralariga  borib,  ulardagi  hayot  jarayonlarini  amalga 
oshiradi. Bu jarayonga parallel ravishda dissimilyatsiya jarayoni ham sodir bo‘ladi. 
Dissimilyatsiya  natijasida  moddalar  parchalanib,  organizm  faoliyati  uchun  kerak 
bo‘lgan energiya hosil bo‘ladi. 
Ovqatning umumiy kaloraji - odam uchun zarur bo‘lgan sutkalik ovkat miqdori 
- dissimilyatsiya jarayoni, ya’ni moddalar almashinuviga bog‘lik. Ovqat kalorajini 
aniqlash  uchun  uning  konkret  sharoitdagi  energetik  sarfini  bilish,  ya’ni  uning 
umumiy  almashinuvini  aniqlash  kerak.  Odamning  umumiy  moddalar  almashinuvi 
asosiy  moddalar  almashinuvi,  ko‘shimcha  moddalar  almashinuvi  va  ovqatning 
spetsifik dinamik ta’sirini o‘z ichiga oladi. 
Asosiy  moddalar  almashinuvi  -  organizmdagi  asosiy,  beto‘xtov  kechuvchi 
hayotiy  jarayonlarni  ta’minlash  uchun  sarflanadigan  energiya  miqdori.  Me’yorda 
asosiy almashinuv intensivligi jinsga, yoshga, tana vazniga, bo‘yga, konstitutsiyaga 
va  gormonal  fonga bog‘liq. Erkaklarda asosiy almashinuv ayollarga nisbatan 10% 
ga yuqori, yoshlarda keksalarga nisbatan yuqori. Ko‘zg‘aluvchan asab tizimiga ega 
bo‘lgan insonlarda va asteniklarda asosiy almashinuv jadalroq bo‘ladi, asab tizimida 
tormozlanish  jarayonlari  ustun  turuvchi  insonlar  va  gipersteniklarda  esa  aksincha. 
O‘rta  hisobda  katta  yoshli  odamda  sutkalik  umumiy  almashinuv  1  kg  tana  vazni 
uchun 25 kkalga teng. 
Patologik holatlarda u yoki bu tomonga sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin 
va  bu  holat  katta  diagnostik  ahamiyatga  ega.  Qalkonsimon  bez  kasalliklari, 
tuberkulyoz,  o‘tkir  infektsiyalar,  isitma  holatlarida  asosiy  almashinuv  sezilarli 
darajada oshadi. Bu holat parhez ovqatlanish xarakteriga ta’sir o‘tkazadi. Bazedov 
kasalligiga  chalingan  bemorlarda  asosiy  almashinuv  ikki  barobargacha  oshishi 
mumkin,  shu  sababli  ishtahasi  kuchli  bo‘lishiga  qaramay  bemorlar  ozib  ketadi. 
Qalqonsimon  bez  funktsiyasi  pasayganda,  klimaksda,  semirish  holatida  asosiy 
almashinuv  pasayadi.  Bunga  klinikada  tez-tez  uchrab  turadigan  “klimakterik 
semirish”  yorqin  misol  bo‘la  oladi.  “Klimakterik  semirish”  ayollarda 
menstruatsiyaning tugashi, ya’ni klimaks davrida sodir bo‘ladi. 
Ovqatning spetsifik dinamik ta’siri – asosiy almashinuvning ovqat qabul qilish 
natijasida kuchayishidir. Oqsillar moddalar almashinuviga maksimal kuchli ta’sirga 
ega bo‘lib, uni 40%ga oshiradi, uglevod  va yog‘lar esa bor yo‘g‘i 5%ga oshiradi. 
Katta yoshli oddiy ovqatlanadigan odamda ovqatning spetsifik dinamik ta’siri uchun 


26 
 
sutkalik energiya sarfi taxminan 200 kaloriyani tashkil etadi. Kaloriyalarni hisobga 
olish dietalarni tuzishda katta ahamiyatga ega, ularni belgilayotganda vrach kasallik 
xarakteridan kelib chiqqan holda, bemorda tana vaznini oshirish yoki kamaytirishni 
maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, bemor tana vaznini oshirish kerak bo‘lsa, ovqat 
kalorajini  oqsillar  hisobiga  emas,  balki  yog‘lar  va  uglevodlar  hisobiga  oshirish 
kerak, va aksincha. 
Ovqatning  umumiy  kalorajini  aniqlayotganda  asosiy  moddalar  almashinuvi 
miqdori, qo‘shimcha moddalar almashinuvi miqdori va qabul qilinadigan ovqatning 
spetsifik  dinamik  ta’siridan  kelib  chiqish  kerak.  Shu  bilan  birgalikda  bemor  tana 
vaznini saqlab qolishi uni orttirishi yoki kamaytirishi kerakligini ham inobatga olish 
zarur. 
Parhez ovqatlanish turli kasalliklarning kompleks terapiyasi tarkibiga kiradi va 
medikamentoz  davolash  bilan  bir  darajada  turadi,  hatto  ba’zan  bemorning 
sog‘ayishida  asosiy  rolni  o‘ynaydi.  To‘g‘ri  tuzilgan  dietaning  ta’siri  zararlangan 
a’zoni davolashga va butun organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. 
Kasallangan  organizmni  asrash  printsipi  uni  minimal  ravishda  kimyoviy,  fizik  va 
termik  ta’sirlashga  asoslangan.  Ovqatning  ratsional  tayyorlanishi,  ya’ni  kulinar 
ishlovi  ovqatdagi  barcha  foydali  moddalarni  maksimal  tarzda  saqlab  qolishga 
qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Avaylash printsipi ko‘pincha hazm tizimi 
va  buyrak  kasalliklarini  parhez  davolashda  ishlatiladi.  Olimlarning  izlanishlaridan 
ma’lum bo‘lishicha to‘g‘ri tashkil etilgan parhez ovqatlanish moddalar almashinuvi 
intensivligi,  gormonal  fon,  organizm  reaktivligi  kabi  ko‘plab  fiziologik 
jarayonlarning  kechishini  o‘zgartirar  ekan.  Bundan  tashqari,  parhez  ovqatlanish 
yana  bir  muhim  xususiyatga  ega,  ya’ni  ba’zi  dori  preparatlarining  effektini 
kuchaytiradi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin: ba’zi yurak preparatlari sutli 
dieta belgilangandan so‘ng o‘z effektini bera boshlaydi, uzoq vaqt davomida davo 
ta’sir etmagan surunkali ekzema esa osh tuzi va uglevodlar iste’moli cheklangach 
tuzala  boshlaydi.  Davolovchi  dieta  tayinlashda  individual  yondashuv  juda  muhim 
ahamiyatga ega, lekin statsionarda va hatto uy sharoitida ham buni amalga oshirish 
qiyindir.  Bu  qiyin  masalani  keng  kasalliklar  doirasini  qamrab  olgan  15  ta  parhez 
stolini  yaratgan  holda  rus  dietolog  olimi  M.I.  Pevzner  hal  etdi.  Mazkur  parhez 
stollari  etarli  darajada  individual  yondashuvni  ta’minlay  oldi,  hamda  Rossiya  va 
uning tashqarisida keng qo‘llanila boshladi. 15 ta parhez stolining har biri ovqatning 
o‘ziga xos sifat va  miqdor tarkibi bilan hamda ovqat qabul qilishning belgilangan 
soatlari  bilan  xarakterlanadi.  Ba’zi  stollar  guruh  ichida  bir  necha  variantga  ega, 
masalan №1a, №1b, №7a va №7b. Bunday bo‘linish davolash jarayonida ketma  - 
ketlikni  ta’minlab,  avaylovchi  parhezlardan  to‘laqonli  ovqatlanishga  o‘tish  uchun 
kerak. 
Dietalar tuzishning asosida organizmda kechuvchi barcha fiziologik jarayonlar 
yotadi.  Sog‘lom  odamning  ovqatlanishi  bir  qancha  muhim  ko‘rsatkichlar  bilan 
harakterlanadi: ovqat quvvati, uning kimyoviy tarkibi va ovqatlanish tartibi. Barcha 
dietalar ham mana shu printsiplar asosida tuziladi, lekin davolovchi ta’sir ko‘rsatishi 
uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Birinchidan, ovqatning quvvati muhim 
rol o‘ynaydi, ikkinchidan uning kimyoviy tarkibi, uchinchidan, ovqatning turli xil 


27 
 
fizik xususiyatlari: uning hajmi, konsistensiyasi, harorati, to‘rtinchidan, ovqatlanish 
tartibi muhim ahamiyatga ega. Organizmning fiziologik ehtiyojlarini hisobga olish 
bilan  birga,  mavjud  kasallikning  fazasi  va  bosqichini,  organizmda  ro‘y  bergan 
metabolitik buzilishlar darajasini ham bilish zarur. Agar sutkalik kalorajning 14%i 
oqsillar hisobiga, 30%i yog‘lar hisobiga, 56%i esa uglevodlar hisobiga qoplansa, bu 
mahsulotlarning  optimal  nisbati  bo‘ladi.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  talablarni  hisobga 
olmagan  holda  ratsion  tuzilishi  nafaqat  boshqa  davolash  vositalarining 
samaradorligini  pasaytiradi,  balki  organizmda  ko‘shimcha  buzilishlarga  sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun, bemor odamga o‘zida faqat asosiy oziq moddalargina emas, 
balki  vitaminlar,  suyuqlik,  makro  va  mikroelementlarni  tutuvchi  ratsional 
ovqatlanishni ta’minlash kerak. Sutkalik kalorajni aniqlash uchun, bemorning yoshi, 
jinsi, konstitutsional xususiyatlari va unga belgilangan tartibni hisobga olish kerak. 
Ovqat  tarkibidagi  oqsilning  minimal  miqdori  1  kg  tana  vazni  uchun  1  g  dan  kam 
bo‘lmasligi  kerak.  Shu  bilan  birga,  organizmga  tushayotgan  oqsil  teng  nisbatda 
hayvon va o‘simlik oqsillarini tutishi kerak. Lekin barcha qoidalardan istisno holat 
mavjud  –  buyraklar  patologiyasida  ovqat  tarkibidagi  oqsil  miqdori  30  g  gacha 
kamaytirilishi mumkin. Sutkalik oqsil  miqdori bu darajada kamaytirilganda, uning 
asosiy  qismi  hayvon  oqsillaridan  iborat  bo‘lishi  kerak,  chunki  hayvon  oqsillari 
organizmning fiziologik ehtiyojlari uchun aminokislotalarning unumli nisbatiga ega. 
Hazm  jarayonlari  me’yorda  kechishi  uchun  bemorlar  ratsionga  o‘simlik 
kletchatkasi,  vitaminlar  va  mineral  tuzlarga  boy  mahsulotlarni  qo‘shish  lozim. 
Tabiiy  mahsulotlar  organizmning  mazkur  moddalarga  ehtiyojini  qondira  olmagan 
holatda,  ularning  medikamentoz  o‘rinbosarlarini  ishlatish  kerak.  Ratsionga 
sabzavotlarni kiritganda, ularning turiga e’tibor berish kerak bo‘ladi: karamning turli 
navlari tarkibida tuz  miqdori  turlicha bo‘ladi. Mahsulotlarga kulinar  ishlov berish 
usuli  ham  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  mahsulotda  saqlanib  qoluvchi  foydali 
moddalar miqdori shunga bog‘liq. 
Oqsil ovqatning juda muhim tarkibiy qismi bo‘lgani uchun turli kasalliklarda, 
masalan  alimentar  semirishda  ovqat  kaloraji  uglevodlar  va  yog‘lar  hisobiga 
kamaytiriladi. 
Dieta  belgilanganda  vrach  bemorga,  albatta  mazkur  usulni  mohiyatini  va 
organizmga  ta’sirini  tushuntirishi  kerak.  Bemorlar  ko‘rsatmalarni  bajarmaslik 
natijasida  yuzaga  keladigan  asoratlar  haqida  ogohlantirish  lozim.  Shuningdek 
parhezning optimal davrini ko‘rsatish lozim, aks holda surunkali kasalligi bo‘lgan 
ayrim bemorlar kasallikning zo‘rayishidan qo‘rqib, belgilangan parhezni keragidan 
ko‘p tutishlari mumkin. 
Parhez  ovqatlanishda  to‘rt  mahal  ovqatlanish  tavsiya  etilgan:  soat  8-9  da 
nonushta, soat 13-14 da tushlik, soat 17-18 da kechki ovqat, soat 21 da tungi ovqat 
qabuli. Vaqtlarning bunday tanlanishi odam organizmining fiziologik xususiyatlari, 
aniqrog‘i  organizmning  ferment  sistemalari  faolligi  bilan  bog‘liq.  Ovqat 
qabullarining kaloraji: nonushta 30%, tushlik 40%, kechki ovqat 25%, tungi ovqat 
qabuli  5%.  Agar  so‘nggi  ovqat qabuli  uyqudan  4-5  soat oldin  bo‘lsa,  juda  yaxshi 
bo‘ladi. 


28 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish