Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Ochlik bilan davolash 
 
Nomedikamentoz  davo  usullaridan  biri  ochlik  holati  bo‘lib,  uni  qadimda 
buyuk  allomalar,  tabiblar  jumladan  Gippokrat,  Platon,  Abu  Ali  Ibn  Sino  va 
boshqalar  tadqiqot  qilishgan  va  amaliyotda  qo‘llashgan.  Ochlik  bilan  davolash 
engillashtirish  dietoterapiya  bo‘lib,  u  organizmni  tozalashi  va  tiklanishiga 
qaratilgan. Ochlik bilan davolash usulining ayrim holatlari va natijalari diskussion 
xususiyatga  ega,  shuningdek  bu  xaqida  yagona  fikr  mavjud  emas.  Ochlik  bilan 
davolash  gipertoniyada,  ortiqcha  tana  vaznida,  neyrotsirkulyator  distoniya, 
ateroskleroz,  revmatoid  artrit,  osteoartroz,  nevroz,  bronxial  astma,  shizofreniya, 
surunkali  pankreatit,  xoletsistit,  psorioz,  ekzema,  allergiya,  hazm  a’zolarini 
funktsional kasalliklari va boshqalarda qo‘llaniladi. Lekin ayrim holatlarda tavsiya 
etilmaydigan, jumladan tuberkulyoz, yuqumli kasalliklar, ozib ketish, qandli diabet, 
qon  va  buyrak  kasalliklari,  gastroduodenal  yara  kasalliklari,  revmatizm,  yiringli 
jarayonlarda,  jigar  tserrozi  va  surunkali  gepatitlarda,  shuningdek  yurak-qon  tomir 
etishmovchiligi,  homiladorlikda,  bolalar  va  keksalarda.  Ochlik  davosi  davrida  3 
bosqichni tafovut etiladi. 
 
1  bosqich  –  ovqatga  nisbatan  qo‘zg‘alish  bo‘lib,  u  2-3  kun  davom  etadi  va 
bemorda  ochlik  hissi  yanada  kuchayadi  va  oziq-ovqt  mahsulotlari,  ularni  hidi 
ta’sirlaydi,  hatto agressiv  holat paydo  bo‘ladi.  Birinchi  3  kun  arterial  qon  bosimi 
oshishi va suvni chiqarilishi, glikogenni jigarda, mushaklarda parchalanishi hisobiga 
tana vazni sutkasiga 1-2 kg kamayishi mumkin. Suyuqlik qabul qilish taxminan 600 
ml  va  sutkada  diurezni  kamayishi  800  ml  ni  tashkil  etib,  suv  muvozanati 
degidratatsiya tomonga siljiydi. 
 
2  bosqich  -  kuchayib  boruvchi  atsidoz  bo‘lib,  u  ochlikni  4-6  kunlari  sodir 
bo‘ladi va og‘izdan atseton hidi kelishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, holsizlik va 
karaxtlik  kuzatiladi.  Shuningdek,  teri,  shilliq  qavatlari  quruq,  til  karach  bilan 
qoplanadi,  og‘iz  bo‘shlig‘iga  shilliq  yig‘iladi.  Bu  davrda  ochlik  hissi  yo‘qoladi, 
ovqat  mahsulotlari  bemorlarni  ta’sirlamaydi,  qonda  glyukoza  miqdori  ozayadi. 
Diurez  oshadi  va  suyuqlik  bir  sutkada  taxminan  1,5  litr  suv  ichiladi  va  tana  vazn 
400-500 gramm miqdorda ozayadi. 
 
3 bosqich - kompensatsiya davri bo‘lib, ochlikni 7-10 kunlari sodir bo‘ladi va 
6-7  kunlar  atsidozli  krizisdan  so‘ng  bemor  ahvoli  keskin  yaxshilanadi.  Bemorni 
quvvati  oshadi,  fikrlash  tiniqlashadi,  kasallik  belgilari  yo‘qoladi,  og‘izda  atseton 
hidi yo‘koladi va til karachi kamayadi. 
Ochlik davosini tugatib, tiklanish davrida asta-sekin oziqlanish yuklamasini oshirib 
borish muhimdir. Dastlab go‘sht mahsulotlarini va tuzni istesno etib, ratsionda sutli, 
suvli bo‘tqalar, qatiq zardobi, sabzavot va mevalar sharbati (olma, o‘rik, nok, behi, 


151 
 
shaftoli) bo‘tqa taomlar oz miqdordan 2-5 mahal beriladi va suyuqlik miqdori asta-
sekin oshiriladi. 
Ochlik  davrida  bemorni  funktsional  holati,  yurak  qon  tomir  faoliyati,  laborator 
ko‘rsatkichlar dinamikada kuzatib boriladi va albatta to‘liq tiklanish davrida ham. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish