Klinik dietologiya va nutrisiologiya



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Maxsus davo dietalar 
Turli  kasalliklarda  shikastlangan  a’zolar  va  tizimlarni  faoliyatini  engillashtirish, 
modda  almashinuvini  me’yorlashtirish,  ortiqcha  yog‘  moddalarini  kamaytirish, 
modda  almashinuvida  hosil  bo‘lgan  ortiqcha  metabolitlarni  chiqarish  va  asosiy 
dieta terapiyani kuchaytirish maqsadida maxsus davo dietalar ishlab chiqilgan. Ular 
tarkibiga  ko‘ra, oqsil, yog‘, uglevodlar, kaliy, magniy  va suyuqliklarga boy bo‘ladi. 
Shuningdek  to‘laqonli  yoki  engillashtirish  xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  turli 
muddatlarga belgilanadi. 


147 
 
Maxsus  va  engillashtiruvchi  dietalar  o‘zining  quvvat  qiymati  va  kimyoviy  tarkibi 
jihatidan  to‘laqonli  hisoblanmaydi  va  ular  odatda  1-2  kun  muhlatga  belgilanib, 
xaftada 1-2 marotaba o‘tkaziladi. 
Engillashtiruvchi  uglevod  dietasi  –  o‘tkir  glomerulonefrit,  buyrak  va  jigar 
etishmovchiligida ratsionda 30 gr shakarli bir stakan choy 5 mahal ichiladi. 
 
Olma  dietasi  -  semizlikda,  yurak-qon  tomir  etishmovchiligida,  arterial 
gipertoniyada, buyrak, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida belgilanadi. Ratsionda 1,5-2 
kg olmani yoki uni dimlangan holda 300 grammdan 5-6 mahal iste’mol qilish tavsiya 
etiladi. 
 
Tarvuz dietasi - podagra, buyrak tosh kasalligi, gipertoniya, jigar va o‘t yo‘llari 
kasalliklarida qo‘llaniladi. Ratsionda taxminan 2 kg tarvuzni 300-400 grammdan 5 
mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
 
Bodring dietasi - tana vazni ortishi, qandli diabet II-tipi, arterial gipertoniya, 
podagra, yurak-qon tomir, buyrak, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida tavsiya etiladi. 
Ratsionda  1,5  kg  bodringni  300  grammdan  tuzsiz  holatda  5  mahal  iste’mol  qilish 
tavsiya etiladi. 
 
Quritilgan  mevalardan  iborat  dieta  yurak-qon  tomir  etishmovchiligida, 
arterial gipertenziyada, jigar  va o‘t yo‘llari kasalliklarida tavsiya etiladi. Ratsionda 
0,5  kg suvga  bo‘ktirilgan  quruq mevalar-mayiz, qora olxo‘ri, kuraga  kabilarni 100  
grammdan 5 mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
 
Guruchli  kompot  dietasida  buyrak  va  yurak  etishmovchigi,  arterial 
gipertenziyada, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida tavsiya etiladi. Ratsionda 1 stakan 
kompot  6  mahal  va  suvda  pishirilgan  guruchli  (50  gr),  shakar  solingan  bo‘tqa  2 
mahal iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
 
Salat dieta - aterial gipertenziya, ateroskleroz, semizlik, podagra, metabolik 
sindrom,  buyrak  tosh  kasalligi,  jigar  va  o‘t  yo‘llari  kasalliklarida  tavsiya  etiladi. 
Ratsionda  smetana  yoki  o‘simlik  yog‘i  qo‘shilgan  holda  300  grammdan  xom 
sabzavot va mevalarni aralashtirgan holda 5 mahal iste’mol etish tavsiya etiladi. 
Engillashtiruvchi oqsil dietasi. 
 
Tvorogli  dieta-  yurak  etishmovchiligi,  ateroskleroz,  qandli  diabet  II  tipi, 
semizlik va jigar yog‘ infiltratsiyasida tavsiya etiladi. Ratsionda 400 gramm yog‘siz 


148 
 
tvorog 70 grammdan 5-6 mahal iste’mol qilinadi, shuningdek na’matak dimlamasi 
yoki yog‘siz kefirni 2 stakanda qo‘shish mumkin. 
 
Sut-qatiqli  dieta  –  ko‘proq  arteroskleroz,  gipertoniya,  metabolik  sindrom, 
semizlik,  yurak  etishmovchiligi,  podagra,  jigar  va  o‘t  yo‘llari  kasalliklarida  tavsiya 
etiladi. Ratsionda 1,5 litr sut yoki qatiq, kefir 200-250 grammdan 6 mahal ichiladi. 
 
Go‘shtli dieta – metabolik sindrom, endokrin  kasalliklarida, ateroskleroz va 
tana vaznini ortishida tasviya etiladi. Ratsionda 350-400 gramm qaynatilgan yog‘siz 
go‘sht  yoki  baliq  70  grammdan  5-  6  mahal,  100-150  gramm  sabzavotlar  bilan 
iste’mol qilinadi. Suyuqlik sifatida 2 stakan choy ichishi mumkin. 
Engillashtiruvchi yog‘li dieta. 
 
Smetanali  dieta  –  semizlikda,  ateroskleroz,  qandli  diabet  II  tipi  va  jigar 
gepatozi  kasalliklarida  tasviya  etiladi.  Ratsionda  400  gramm  yog‘siz  smetana  80 
grammdan 5 mahal ichiladi. 
Engillashtiruvchi suyuqlikli dieta. 
 
Sharbatli  dieta  –  ateroskleroz,  vazn  ortishi,  qandli  diabet  II  tipi,  podagra, 
buyrak, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida tasviya etiladi. Ratsionda 600 gramm meva 
yoki sabzavot sharbatlari 200 ml suvda eritilib, 4 mahal ichiladi. 
 
Choyli dieta – o‘tkir gastrit, diareya bilan kechadigan ichak kasalliklari, ya’ni 
enterit  kolit  va  boshqalarda  tasviya  etiladi.  Ratsionda  shakarli  (10  gr)  choy  bir 
stakanda 7 mahal ichiladi. 
 
Kaliyli  dieta  –  yurak–qon  tomir  etishmovchiligida,  gipertoniya  kasalligida, 
jigar  va  o‘t  yo‘llari  kasallikligida  tavsiya  etiladi.  Ratsionda  laktovegitarian 
ovqatlanishga xos mahsulotlar 6 mahal qo‘llaniladi, shuningdek o‘rik, sabzi, olma, 
shaftoli, pomidor, karam va qizil lavlagi sharbatlari ichiladi. 
 
Magniyli  dieta  –  ateroskleroz,  gipertoniya,  asab  kasalliklarida,  semizlik, 
gipotoz va o‘t yo‘llari kasalliklarida tavsiya etiladi. Ratsionda bug‘doy, arpa, grechka 
tarkibli  sutli  bo‘tqalar  (150-250  gr.)  4-5  mahal,  shuningdek  olcha,  sabzi,  qora 
smorodina va boshqalarni sharbati ichiladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish