79
Imon. Imon masalasida islomda (
ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi
davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi
ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi teologik maktablar paydo
bo’lgan. Shuningdek, ko’p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning
shaxsiy yo’li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo’ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa
ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli
mavqega ega bo’ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha
fikr mavjud:
«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa Lo
iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va
Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison),
dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan
imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning yetti sharti bor. Ular:
– Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va
Muhammad payg’ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon
keltirish. Ibodat qilish va sig’inishga undan o’zga loyiq zot yo’q deb bilish, uning
barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning
«al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin
(Ey, Muhammad payg’ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech
narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug’magan, tug’ilmagan va uning
tengi yo’qdir» (Qur’on, 112:1-4);
– farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan
yaratgan, uning buyruqlarini so’zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan
xos bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning
nomlari
Qur’onda
zikr
etilgan.
Jabro’il
farishtaning
vazifalaridan
biri
payg’ambarlarga Allohning
vahylarini yetkazish bo’lgan. Farishtalardan ba’zilari
odamlar bilan doim birga bo’lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar.
Qur’onda ular «Kirom kotibun» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-
12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari
qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko’p yerda so’z yuritilgan.
Ularga ishonish imonning shartlaridandir;
– ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg’ambarga Qur’onni nozil
qilganidek, boshqa payg’ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum
bo’lganlari: Ibrohim payg’ambarga «Sahifalar», Muso payg’ambarga «Tavrot»,
Dovud payg’ambarga «Zabur» va Iso payg’ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir.
Ulardan boshqa payg’ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda
xabar berilmagan. Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda
Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb
ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko’ra, oldingi ilohiy
kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;
80
– payg’ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to’g’ri yo’lni
ko’rsatish uchun payg’ambarlar yuborgan. Barcha payg’ambarlar bir zanjirning
bo’g’inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg’ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda
payg’ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar
uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga
barobar imon keltirish shart;
– Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo’lgani kabi uning intihosi ham bor.
Islom ta’limotiga ko’ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob
ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud.
Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g’oyalaridan biridir;
– taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod
qilish. Yuqorida aytib o’tilganidek, islomning ma’nosi «taslim bo’lmoq», «o’zini
Do'stlaringiz bilan baham: