oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr
davomidagi siyosiyijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida
kelib chiqqan ma’naviyg’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan,
edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar
sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish,
kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim
va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’),
ko’rko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zmaso’z itoat etishdan farqli
o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan
ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga
e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos
83
Al Hasan al Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al-
Adaviya (v. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (v. 770 y.) va
Fuzayl ibn Iyod (v. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIIIIX asrlar) va’z va
ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish
haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik
xarakter bag’ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o’ziga xos
xususiyatiga aylandi.
IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in
harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik
maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari
avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvol,
maqomotlariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka
«dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga olib boradigan yo’l
(tariq) sifatida qaradilar. «Niyyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi.
Bunda o’zo’zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning
«ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’u beriladi. Bag’dodlik ilohiyotchi al-
Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan ta’limotning Xurosonda ham ko’plab
tarafdorlari topildi va ular keyinchalik «malomatiylar» nomini oldilar.
Tasavvufda Allohga yetishish (vasl) – unga qo’shilib ketish (baqo) bilan bo’lishi
mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli
bo’lmaganligi va mazkur g’oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur alHalloj (qatli 922
y.), Ibn Ato, Ayn alQudot alHamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa
sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.
Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo’sinda: bunga ko’ra, ba’zi
musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq
bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni
o’zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi
sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (v. 776-77 y.), tasavvuf usuliga
birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-
70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-
Shibliy (v. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-
Bag’dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a al-
Adaviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo’li islom
tarixining ajralmas bir bo’lagidir.
Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr sufiylarining
talqiniga ko’ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya’qub Yusuf
al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko’ra, Yusuf al-Hamadoniy
maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: