Kitob va kitobxonlik inson maʼnaviyatining koʻzgusi



Download 40,67 Kb.
bet1/6
Sana13.06.2022
Hajmi40,67 Kb.
#665613
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kitob va kitobxonlik


Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyatining koʻzgusi

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kunidagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar oʻzining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Malaka oshirish instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish, yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Jumladan, Institutning kirish qismida joylashgan “Info-kiosk”ga Malaka oshirish institutining tarixi, “Vatanparvarlik burchagi”, ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarning elektron shaklli hamda buyuk siymolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbekning hayoti va ijodiga bagʻishlangan slaydlar, prezentatsiyalar, kitob taqdimotlari va muntazam ravishda kunlik yangiliklar, institutda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
Institutda “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida turli tadbirlarni oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Aytish joizki, ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir institutimiz xodimlari va tinglovchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplashda oʻz samaralarini bermoqda.
Kuni kecha buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “Zamonamiz ardoqlaydi, buyuklarni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Maʼruzachi Toshkent Moliya instituti oʻzbek va rus tillar kafedrasi dotsenti Shaxnoza Mahkamova Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bogʻliq maʼlumotlarni ishtirokchilarga eʼtiboriga havola etar ekan, Navoiyning ijodini oʻrganish va ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligini, bugungi kunda ham uning ijodiy merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, maʼnaviyatimiz asoslarini esa buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib boʻlmasligini aytib oʻtdi. Tadbirda Tinglovchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlariga mansub ruboiy va gʻazallari oʻqib eshittirildi.
Shu bilan birga Ichki ishlar organlari safdor, serjant, ofitser va rahbar xodimlarining huquqiy ong va tafakkurini charxlash, maʼnaviy olamini boyitish, ezgulikni targʻib etishda Institut Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Axborot-resurs markazida 20000 ga yaqin adabiyotlar mavjud. Shundan 7076 ta ijtimoiy-siyosiy, 6436 ta huquqiy, 3687 ta badiiy, tillar boʻycha 581 ta, tarixiy 238 ta, 422 boshqa yoʻnalishdagi adabiyotlar, shuningdek huquqiy normativ huquqiy hujjatlar, avtoreferatlar bor.
Shuningdek, 30 yaqin davriy nashrlarga obuna ishlari tashkillashtirilib, xodimlar va tinglovchilar foydalanib kelmoqdalar.
Axborot-resurs markazining “Elektron kutubxona”si zamon talablari asosida zamonaviy kompyuterlar, mebel jihozlari hamda kerakli anjomlar bilan jihozlangan. “Elektron kutubxona” fondiga Institut kafedra va sikllari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv metodik qoʻllanmalar, oʻquv dasturlar, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda “Masofadan oʻqitish usullari” boʻyicha olingan videodarslar joylashtirilgan.
Shu bilan birga Axborot-resurs markazining barcha “Elektron kutubxona”larida xodimlar oʻqishi uchun tavsiya qilingan 39 ta adabiyotning elektron hamda audio kitoblari, Prezident asarlarining elektron kitoblari, maʼnaviyat va maʼrifiy islohotlarga oid qarorlar va qonunlar, maʼnaviyat va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarga taalluqli boʻlgan oʻquv materiallari va slaydlar, kodekslar, oʻquv, siyosiy-huquqiy, oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti, chet tillardagi jami 32 turdagi 1500 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud. Axborot-resurs markazining barcha Elektron kutubxona fondlari muntazam ravishda yangi turdagi elektron hamda audio kitoblar bilan toʻldirilib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tomonidan 2018-2021yillar mobaynida yuridik fanlar yoʻnalishida tasdiqlangan dissertatsiya ilmiy tadqiqot ishlari avtoreferatlarining elektron shakl kutubxona fondiga kiritildi.
Elektron kutubxona Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga uzluksiz ulangan boʻlib, foydalanuvchilar axborot-kutubxona fondiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatlariga egadirlar. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy veb-portali, QR kitoblar elektron bazasi, dissertatsiyalar elektron bazasi, Milliy nashrlarning elektron arxivi, video va audio media portali, Rossiya Davlat kutubxonasining Ilmiy ishlar bazasi, Springer Link – xorijiy davriy nashrlar bazasi PressReader, EBSCO axborotlar bazasi, ProQuest maʼlumotlar bazasi va ELIBRARY ilmiy elektron kutubxonasi materiallaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-280-son qonuni ijrosini taʼminlash boʻyicha “Elektron kutubxona” dasturi modullarini yaratish boʻyicha IIV Malaka oshirish instituti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sikli oʻqituvchisi leytenant O.Boynazarov bilan birgalikda “Elektron kutubxona” dasturini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda kitoblar nashri bilan bir qatorda, ularning savdosi va targʻibotiga qaratilgan taʼsirchan amaliy qadamlar ham qoʻyilmoqda. Xususan, Institutda har yangi oʻquv yigʻinida respublikamizning yetakchi nashriyotlari “Oʻzbekiston”, “Adolat”, “Gʻofur Gʻulom” va “Sharq imkon press”, “New law express”, “Yuridik adabiyotlar” MCHJlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda “Kitob yarmarkalari” oʻtkazilib kelinmoqda.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir.
Shunday ekan, aziz yurtdoshlar kitob mutolaa qilishdan charchamaylik, oʻz ustimizda muntazam ravishda ishlaylik, kitobga – doʻst boʻlaylik!
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasida “Qashqadaryo ko‘zgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar savdoga qo‘yildi.
Yarmarkada barcha xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdilar. Yarmarkada taqdim etilgan ko‘plab adabiyotlar jumladan Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlari, taniqli adiblarimiz Abdulla Oripovning she’rlar tuplami, Tohir Malikning asarlar tuplami, Zulfiya, Primkul Kodirov asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab adabiyotlar xarid qilindi.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uchun chuqur qayg‘urganlarni yaqin-yaqingacha bir narsa qiynab kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz o‘rtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning qadri tushib ketmoqda? Ne sababdan ayrimlar kitob o‘qiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda?
Darhaqiqat, bu savollar barchamizni qiynar edi. Men shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdidagi saylovoldi ma'ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari xususida to‘htalmoqchi edim. Ma'ruzada bugungi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emasligiga e'tibor berilgan. 


“Ayni paytda, - deydi Shavkat Miromonovich, - axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. (“XXI asr”, 2016, 20 oktabr)
Gapning ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ushbu fikrlar mamlakatimizdagi barcha ziyolilar, millat kelajagi, uning ma'naviy barkamolligi uchun tashvishda bo‘lganlarning yurak-yuragidagi gap bo‘ldi. Kitob barchamizga charog‘on yo‘lni ko‘rsatishini, ma'naviy olamimizni shakllantirishini, kelajakdagi yagona yagona to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishini bilsakda, uni o‘qimasak, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligini tushunsakda, ammo uni “kult” darajasiga ko‘tarmasak-bu holda bizning kitob to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz xato bo‘lmaydimi?
Ana shu fikrlar bilan oshno bo‘lib turganimizda, kechagina muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” (2017 yil 12 yanvar)gi farmoyishi e'lon qilindi. Mazkur farmoyish kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi o‘rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko‘targanligi bilan izohlanadi. Ta'kidlanishicha, bugungi kunda matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va shahar markazlaridagi ta'lim mussasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota'minot” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Farmoyishning ibratli jihati shundan iboratki, unda kitob mahsulotlari nashr etish, tarqatish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, mavjud kamchilik, xatolar ro‘y-rost ochib berilgan. Ayniqsa, badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagani, ta'lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayotgani, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta'lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotlarini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yuksak talablar darajasida emasligiga alohida e'tibor berilgan. 



Download 40,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish