Kitob va kitobxonlik inson maʼnaviyatining koʻzgusi


Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati



Download 40,67 Kb.
bet6/6
Sana13.06.2022
Hajmi40,67 Kb.
#665613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kitob va kitobxonlik

Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati
O‘zbekiston Respublikasi birichi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor». Prezidentimiz fikrlarida oilaning, eng avvalo, e'tiqod va sog‘lom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir rolini ta'kidlangandir. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bog‘liq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq an'analarining, xususan, oilaviy o‘zaro munosabatlarda saqlanib qolgan milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni o‘rganish vazifasi turibdiki, ularning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish, qo‘lga kiritilgan natijalarni amaliyotga tatbiq etishni davrning o‘zi taqozo etib turibdi. Bugungi kunda oiladek ta'sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni shakllantirish va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardandir. Chunki oila asrlar mobaynida xalq an'nalari, milliy rasm-rusmlar va odatlarni saqlab hamda namoyon etib kelayotgan noyob makondir.
Aynan mustaqillik yillarida yoshlarni oila va unda saqlanib kelayotgan azaliy qadriyatlar ta'sirida axloqan tarbiyalash muammosi ko‘plab nazariy va empirik izlanishlar predmetiga aylanmoqda. Zero, bunday yondashuv o‘tmish allomalarning falsafiy-g‘oyaviy qarashlari, oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangan o‘gitlari; ma'no-mohitiga mosdir. Sharqning buyuk mutafakkirlari sanalmish Ahmad al- Farg‘oniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi o‘nlab allomalar qarashlarida bola tarbiyasida eng muhim ijtimoiy omil sifatida oila, ota-onaning dunyoqarashi, tarbiya uslublari va bunda jamiyat e'tirof etgan me'yorlarning oila qadriyatlariga- muvofiqligi tamoyili o‘z ifodasini topgan. Chop etilayotgan qator risola va kitoblarda, ilmiy va ommabop maqolalarda ham bu masalaning turli jihatlari yoritilmoqda.
Bolalarda bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning-shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo‘lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish ularni vaqtdan samarali va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo‘nalishlari -jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta'lim-tarbiya berish, ularda faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Oila muhitida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya o‘zida bolani har jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sogэligi uchun g’amxo‘rlik qilish va mas'uliyatli bo‘lishni ta'minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi.
Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Bu boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Uning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar, ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, shuningdek atrofdagilarga nisbatan adolat, mehr-muxabbat kattalarga hurmat, kichiklarga vijdon, or-nomus, gurur, burch, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sahovat, to‘g‘riso‘zlik, kamtarlik muruvvat, intizomni ijtimoiy anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.
Oilada estetik tarbiyani to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go‘zalliklar (yarim yalang‘och badan, me'yoridan ortiq qilingan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o‘ta darajadagi yaltiroq mato yoki taйinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab yetishlari lozim.
Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Oila qadim - qadimdan muqaddas dargoh deb hisoblanib kelingan. Inson turmushini oilasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki u umri mobaynida oila ta'sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida, so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta'sir kursatadi.Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, so‘zsiz, oilada shakllanadi.Oilada u ona tilida so‘zlashishni o‘rganadi.Millati, xalqi urf-odatlarini, an'analarini, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, dunyoqarashi, mafkurasi shakllanadi. Shu sababli oila jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy - axloqiy tayanchi hisoblanadi.
O’tmishda oilada yosh avlodni xayotga tayyorlashda qo‘llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, oiladagi o‘ziga xos urf - odat va an'analar, oila boshliqlari sanalmish ota va onalarning tarbiya haqidagi g’oyalari, hayotiy tajribalari milliy xalq tarbiyasida mujassamlangan. Unda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash jarayni murakkab, serqirra va uzluksiz bo‘lib, ularning kelgusi oilaviy hayotga to‘laqonli tayyor bo‘lishi uchun eng muhim talablarni, insoniy xislarni shakllantirishi muhim va zarurdir.
Hozirgi davrda oilalarning buzilishi bolalarning ota yoki ona mexridan erta juda bo‘lishining asosiy sabablari ham oila qurish va o‘z tengini tanlashda oqillikning yetishmasligi, xulq-odob hamda oilaviy munosabatlar me'yorlariga rioya etmaslik, oila xo‘jaligini yuritishda uquvsizlik, ma'naviy qashshoqlik va tekinxo‘rlikdir.
Yosh avlodni oilaviy xayotga ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1. Ota - onalar tomonidan (oila muxitida).
2. O‘qituvchilar tomonidan (ta'lim muassasalarida).
Bu har ikki yo‘nalishda ham o‘ziga xos yordamchi omillar mavjul bo‘lib. ular mahalla, jamoatchilik, maktabdan tashqari muassasalar va boshqalar hisoblanadi.
O‘z hayot tajribamga asoslanib shuni aytmoqchimanki, bolada eng katta ishonchni oila a'zolari tashkil qilar ekan. Bolaning atrofdagi odamlarga munosabati, oila a'zolari o‘rtasidagi munosabat axloqiy jihatdan qanchalik yuksakligiga bog‘liqdir. Ota - ona mehridan g‘amxo‘rlikdan baxramand bo‘lmagan, oilaning har tomonlama himoyasini his etmagan bola o‘z atrofidagi insonlardan doimo xavotirda, hadiksirab yashaydi, uni aksi bo‘lgan oilada esa, aksincha bolada atrofdagilarga nisbatan hurmatini kuchaytiradi, uning ijtimoiy faoliyaitini oshiradi.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. O‘zbek oilasidagi tarbiyanyng o‘ziga xosligi va qadr-qimmati shunchaki, bu yerda farzandlar ongiga eng e'tiqodni singdirish jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan ham ko‘ra bobo- buvilarning tarbiyaviy ta'siri kuchliroq bo‘ladi. Tarixdan ma'lumkn, asosan keksalar oiladagi ma'naviy muhitning boshqaruvchilari bo‘lganlar. Masalan, Saroy Mulk xonim Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan- avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan oilaviy urf-odat, marosim va bayramlar ham farzandlarni oila muhitida to‘g‘ri tarbiyalashda muhim omil bo‘ladi. Har bir oilaning rioya etilishi lozim bo‘lgan an'analari va rasm- rusmlarining borligi, ularning jamiyat va mahalla an'analari oilap uyg‘unligi ham bolada oilaga nisbatan e'tiqodni tarbiyalashning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilmoqda.
Yоshlarimizning barkamol bo`lib etishishida mahalla, oila jamoat tashkilotlari va ta`lim muassasalari alohida o`rin egallaydi.Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol insonni voyaga etkazishga intilish halqimizga xos milliy hususiyatlardandir. Darhaqiqat, barkamol avlod dastlab oilada vujudga keladi, oila muhitida yaxshi yoki yomon insonlar bo`lib voyaga etadi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o`rin turishga e`tibor berib shunday degan edi: “Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o`zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Ular: yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`lida topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki va uyli-joyli qilish”.
Oilaviy ma`naviyatni yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila a`zolarining muayyan ma`naviy dunyoga ega bo`lishi ular o`rtasidagi munosabatlar asosida vujudga keladi. Oilada ota va onaning ma`naviy fazilatlari er-xotinlik munosabatlarining sharqona an`analari insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab beradi. Oila ma`naviy olami o`zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirishi muhimdir. Bunday qadriyatlarning oilada e`zozlanishi, bunga amal qilinishi oilada shunday ma`naviy muhitni yaratadi. Bu esa o`sib kelayotgan avlod qalbi va ongi shakllanishida o`ta muhimdir. SHu asosda har bir oila a`zosining iste`dodi va salohiyati to`la ro`yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Natijada oila ma`naviyat maskani sifatida shakllanib boradi.
Oila tarbiyasi – bu umuminsoniy jarayonning shunday bosqichidirki, keyinchalik butun umri davomida oladigan ma`rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin poydevor vazifasini o`taydi. Har bir ota-ona o`z burchlarini anglagan holda oilani mustahkamligini ta`minlaydigan hamma xususiyatga to`liq rioya qilishga harakat qilishi, uning vazifa va maqsadlarini tushunishi shart.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida ta`kidlaganidek, “Bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. “O`z bolangni o`zing asra” degan da`vat faqat quruq shior bo`lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. Buning uchun bu masalani, ya`ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas`uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo`yish vaqti keldi, deb o`ylayman”.
Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. CHunki farzandga til o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir daqiqa his qilib yashashi lozim.
Oilada sog`lom muhit mavjud bo`lgandagina, ularda har tomonlama sog`lom, barkamol inson shakllanadi. YOshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog`lom, umuminsoniy madaniyat, darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lgan kelajak avlodni voyaga etkazishda oila ma`naviyatining tutgan o`rni alohidadir.
Oila tarbiyasi bo`yicha Buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida, muqaddas kitoblarimizda o`ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga sazovordir. Jumladan, islom ta`limotida farzand tarbiyasi haqida quyidagicha ta`kidlanadi: “ Islomda tarbiya ta`limdan ko`ra ustunroq va keng qamrovlidir. CHunki tarbiya bolani uyida, ko`chada, maktabda o`zini tuta bilish odoblarini, aql bilan ish yuritib, jismini, nafsini o`ziga bo`ysundirishdek og`ir ishni yo`lga qo`ydi.
Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko`rsa, shunga tahlid qilib o`sadi. Oilada ota olijanob keng fe`l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bo`lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg`amaydigan va muloyim bo`lmog`i lozim.
Farzandlarimizni sog`lom e`tiqodli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona zimmasiga yuklangan.
Rasululloh sallallohu alayhi vassalam “Farzandlaringizga suvda suzishni, kamondan otishni, nayza uloqtirishni, otda choptirishni o`rgatinglar” deb farzandlaringizni chaqqon, sog`lom, baquvvat, ziyrak qilib tarbiyalashga ummatni targ`ib qildilar”.(Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari). Zeroki sog`lom va baquvvat farzand hamma joyda ham o`z yurtiga naf keltiradi.
Oilada ayniqsa, qiz bola tarbiyasiga e`tibor berish asosiy o`rin egallaydi. Qiz bolani erta turmushga bermaslik, ularni ilm-hunar o`rganishga yo`naltirish ham ota-onaning vazifasi hisoblanadi.
Bu borada davlatimiz tomonidan bir qancha sharoitlar yaratib berilgan va bundan keyin bu masalaga kengroq e`tibor berish borasida bir qancha vazifalar belgilab qo`yildi. Jumladan, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyiga so`zlagan nutqida “Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste`dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish ular orasida haqiqiy etakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish kerak” deb ta`kidlab o`tdilar. SHunday ekan, qiz bolaga eng qimmatli an`analar halollik, rostgo`ylik, or-nomus, sharm-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar dastlab oila davrasida shakllanadi.
Oilaning har bir a`zosi millatning davomiyligini saqlovchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojini ta`minlovchi, ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi muqaddas makon ma`naviyat maskanidir.
Insonning shaxs bo`lib shakllanishida, hayotda o`z o`rnini topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo`lishida oila asosiy poydevor hisoblanadi. Oila hayotning abadiyligini davomiyligini ta`minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllarni qanday inson bo`lib etishishiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir.
Bugungi kunda uyushmagan yoshlarni oila muhitida ma`naviy barkamol shaxs qilib tarbiyalash va ular orasidagi mavjud illatlarni bartaraf etishda quyidagi masalalarga e`tibor qaratish foydadan xoli bo`lmaydi:
1.Oila ma`naviyatini yuksaltiruvchi tizimlar faoliyatini yanada yaxshilash
2. Qiz bola tarbiyasi uchun milliy qadriyatlar va an`analarimiz asosida yangi tartiblarni joriy etish
3.Jismoniy madaniyat masalasini oilaviy qadriyatlar darajasiga olib chiqish.
Odatda kitob mutolaasini maʼnaviyatni boyituvchi, bilimni oshirib, fikrlash, dunyoqarashni oʻstiruvchi vosita deb bilamiz. Oʻz navbatida xorijlik olimlarning tadqiqotlaridan maʼlum boʻlishicha, mutolaa inson salomatligi uchun ham foydali mashgʻulot ekan. Keyingi yillarda oʻtkazilgan shunday tadqiqotlar natijalari kitob mutolaasi yordamida bir qator xastaliklarni samarali davolash mumkinligini isbotladi.
Bir guruh shotland olimlari kitob mutolaasi vositasida depressiya – tushkunlik kasalligini davolashga urinib koʻrishdi. Natijalar esa hayratomuz: ushbu kasallikning birmuncha ogʻir turlarini ham tibbiy dori-darmonlarsiz shunchaki, yaxshi, qiziqarli asarlar mutolaasi orqali tuzatish mumkin ekan.
Tajriba jarayonida depressiyadan aziyat chekayotgan 2500 nafar kishi qatnashdi. Olimlar koʻngillilarni ikki guruhga boʻlishdi: birinchi guruhdagilar tushkunlikni yengish uchun antidepressantlardan foydalanishdi. Ikkinchi guruhga esa kitob oʻqish yordamida davolash usuli tavsiya etildi va ular mutolaa bilan muntazam shugʻullana boshlashdi. Roppa-rosa 4 oydan keyin oʻtkazilgan tekshiruvda esa birinchi guruhdan faqat 25 foiz kishi depressiyadan xalos boʻlgani aniqlandi. Ikkinchi guruhda esa bu koʻrsatkich 40 foizni tashkil etdi.
Bir yildan soʻng qayta oʻtkazilgan tekshiruv natijalari shuni koʻrsatdiki, kitob mutolaasi orqali davolanganlar oʻz holatini antidepressant qabul qilganlarga qaraganda yaxshiroq nazorat qila boshlagan. Bu esa kitob mutolaasi depressiyaning turli bosqichlarida ham birday samarali taʼsir koʻrsatishini isbotladi.
Bugun tibbiyot mutaxassislarining koʻpchiligi mutolaaning depressiya, uyqusizlikni davolashda katta nafi borligi, turli vaziyatlarda insonning oʻz hissiyotlarini nazorat qila olishiga yordam berishiga ishonadi. Biblioterapiya mavzusidagi dissertatsiya muallifi shifokor Pyer-Andre Bonne shunday taʼkidlaydi: “Men koʻrigimga kelgan bemorlarga tibbiy dori-darmonlar roʻyxati bilan birga oʻqish tavsiya etilgan kitoblar muqovasi rasmini ham beraman. Keyingi gal kelishganida esa bemorlar bilan bu asarlarni muhokama qilamiz. Shunda maʼlum boʻladiki, ulardan aksariyati kitobdan oʻzining sogʻayishi uchun davo topadi”.
Yuqoridagi kabi tadqiqotlar natijalari olimlarni quyidagi xulosalarga olib keldi:
Kitob oʻqish xotirani yaxshilaydi, miyani rivojlantiradi va aqliy qobiliyatni oʻstiradi. Mutolaa – miya uchun eng yaxshi mashq, u miyaga qabul qilingan axborotning saqlanishini taʼminlaydigan asab tolalarini koʻpaytiradi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, aqliy faollikning pasayishi mutolaani sevadiganlarda birmuncha kam kuzatilar ekan.
Mutolaa Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimolini kamaytiradi. Mutolaa jarayonida miya faolligi ortadi, bu esa uning umumiy holatiga ijobiy taʼsir oʻtkazadi. Olimlarning aytishicha, kitob mutolaasi keksalikda ham aqlni faol, tetik saqlab qolishning eng yaxshi yoʻlidir.
Mutolaa stressni kamaytiradi. Boshqa hech narsa odamni kuchli ruhiy zarbalardan yaxshi kitob oʻqigan chogʻdagidek tez xalos eta olmaydi. Tadqiqotlarda isbotlanishicha, hatto sayr qilish yoki musiqa tinglash ham kitob mutolaasi bilan tenglasha olmaydi: bor-yoʻgʻi 6 daqiqalik mutolaa stress darajasini 3/2 foizga kamaytira oladi.
Kitob oʻqishni sevadiganlar uchun yomon kayfiyat va umidsizlik sira qoʻrqinchli emas. Oʻta tushkunlik holati va axborot bosimidan taʼsirlanish esa televizor yoki kompyuter yonida vaqt oʻtkazadiganlarning doimiy hamrohi. Bunday ermakni biror qiziqarli kitob mutolaasi bilan almashtiring, natijani esa tez orada sezasiz.
Mutolaa uyqusizlikni bartaraf etadi. Pasaytirilgan yorugʻlik ostida qilingan mutolaa organizmni boʻshashtirib, uyquga tayyorlaydi.
Kitob oʻqish odamning sportga boʻlgan ragʻbatini oshiradi. “Oʻqiydigan” odamlar sport mashgʻulotlariga ham koʻproq moyil boʻladilar.
Oʻzingizning kun tartibingizga kitob mutolaasini ham albatta kiriting. Yaxshi kitob sizga koʻtarinki kayfiyat baxsh etadi va sizda biror yangi jihatni qidirib, mutolaa qilishga ragʻbat uygʻonadi.
Biblioterapiya, yaʼni kitob yordamida davolash usuli Buyuk Britaniyada joriy etilganiga endigina 10 yildan oshdi. Bugungi kunda terapiyaning bu yoqimli va foydali turi amalda ancha ommalashdi.
Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Obuna boʻyicha kitob” deb nomlangan maxsus dastur joriy qilindi. Unga koʻra, shifokorlar oʻz bemorlariga depressiyadan xalos boʻlish uchun badiiy adabiyotning turli janrlarini oʻqishni tavsiya etishadi. Tavsiya etilgan asarlar orasida ingliz adibasi Lori Lining “Sidr va Rozi” kitobi eng ommalashgan boʻlib, bu asar muallifning Glostershir grafligida kechgan bolaligi haqida hikoya qiladi. Birinchi marta 1959 yilda nashr etilgan kitob vaqt sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan. Faqat Buyuk Britaniyaning oʻzida 6 milliondan ziyod nusxada chop qilingan va koʻpchilikning sevib oʻqiydigan asariga aylangan. Zamonaviy adabiyotdan esa mutaxassislar Lyusi Daymondning “Sohildagi qahvaxona” va Jasper Ffordening “Shaltayning oʻlimi” asarlarini tavsiya etishadi. Avstroangliyalik adib Ernst Gombrixning 1935 yilda yozilgan va oʻsha davrda nemislar tomonidan oʻqish taqiqlangan “Olamning kichikkina tarixi” asari eng yaxshi kitob-antidepressant deb topildi.
Shifokorlar depressiyadan aziyat chekayotganlarga ushbu asarlarni antidepressantlarni qabul qilishdan oldin oʻqib chiqishni tavsiya qilishadi. Kitob mutolaasi kishiga bir zamondan boshqasiga bemalol oʻtishga, har kunlik hayotdan uzilib, yon-atrofda roʻy bergan koʻngilsizliklarni unutishga yordam beradi.
Shu davlatdagi Liverpul universiteti tadqiqotchilari ham bu borada noodatiy tajriba oʻtkazdilar. Ular Shekspir, Vordsvort, Tomas Sternz Eliot va ingliz sheʼriyatining boshqa yorqin yulduzlari ijodini oʻqish inson miyasiga qanday taʼsir koʻrsatishi ustida kuzatuv olib bordilar. Olimlar inson miyasi sheʼrdagi har bir soʻzni qanday tahlil qilishini, har bir jumla tuzilishi, odatiy-noodatiy qurilishlardan qay darajada taʼsirlanishini tadqiq qilishdi. Oddiy matn oʻqilganida uni miya qanday qabul qilishini bilish maqsadida oldin oʻqilgan sheʼr mazmunini nasriy matnga aylantirib, koʻngillilarga taqdim etishdi. Maʼlum boʻlishicha, mumtoz sheʼriyat faqatgina ruhiyatga zavq bermaydi, balki u miyaga xuddi neyrofiziologik mashq kabi taʼsir qiladi, u miyani uygʻotadi, yaʼni sheʼrdagi noodatiy jumlalar, kam qoʻllanadigan soʻzlarni qayta ishlash jarayonida miya doimiy holatidan chiqadi, unda sheʼr mutolaasi davomiyligini taʼminlashga chaqiradigan qoʻshimcha impuls paydo boʻladi.
Olimlarga maʼlum boʻlishicha, sheʼr mutolaasi miyaning oʻng yarimsharini faollashtirgan, bu qism esa avtobio-grafik xotira uchun javob beradi. Yaʼni sheʼr mutolaa qilgan kishi oʻzi yashab oʻtgan hayotini yangi adabiy-estetik taassuroti bilan uygʻunlashtirgan holda qaytadan yodga olgan.
Biroq mazmuni oddiy tilda tushuntirilgan “Otello”, “Qirol Lir” va “Makbet” asarlari miyada hech qanday taʼsir uygʻotmagan. Masalan, “telbavor” degan Shekspirona oʻxshatish (aytaylik, bu sifatlash shamolga nisbatan qoʻllangan)ni “gʻazabkor” soʻzi bilan almashtirishganida miya uni xuddi shu oʻrinda albatta shu soʻz ishlatishi kerakdek tabiiy qabul qilgan, ammo aynan shekspir tashbehi asab tizimini sergak torttirib, ayni kalima ustida bosh qotirishga undagan. Eng qizigʻi, bunday sergaklik holati miyada uzoq davom etgan va yana boshqa soʻzlarga ham diqqat qaratilgani aniqlangan.
Sasseks universiteti olimlari esa stress holatini mutolaa yordamida bartaraf etish ustida ish olib borishgan. Koʻngillilarga dastlab ruhiyatda stress uygʻotadigan matn va mashqlarni bajartirishdi. Shundan soʻng ularga relaksatsiyaning keng tarqalgan bir necha usulini taklif qilishgan va ushbu usulning pulsni va mushaklar tonusini meʼyorlashtirishdagi taʼsirini oʻrganishdi. Maʼlum boʻlishicha, stress darajasini kamaytiradigan eng samarali usul mutolaa ekan – uning taʼsiri 68 foizni koʻrsatdi. Pulsni meʼyorlashtirish va mushaklarni boʻshashtirish uchun sokinlikda 6 daqiqa mazmunli biror asarni mutolaa qilish yetarli boʻldi. Tajriba davomida musiqa tinglash stressni 61 foizga, bir piyola choy yoki qahva ichish 54 foizga, sayr qilish esa 42 foizga kamaytirgan. Videooʻyinlar esa bunday asabiy qoʻzgʻalishni bor-yoʻgʻi 21 foizga yoʻqota oladi, xolos. Chunki oʻyin davomida puls koʻp ham odatiy holga tushmagan.
Tadqiqot muallifi neyrofiziolog Devid Lyuis stressdan xalos boʻlish uchun har qanday janrdagi mazmunli kitobni oʻqish ahamiyatli, deya xulosa qildi. Eng muhimi, kitob muallifining ichki dunyosiga kirib olishga intilishdir.
Nemis ekspertlari esa mutolaani yoshlik eliksiri, deb atashmoqda. Ular yosh ulgʻayganida ham, hatto koʻrish qobiliyati pasaya boshlaganida ham kitob oʻqishdan toʻxtamaslikni tavsiya etishayapti. Muntazam oʻqish odam miyasini rivojlantiradi, chunki bu tadbir miyada yangi sinapslar – asab toʻqimalari va boshqa hujayralarni oʻzaro bogʻlaydigan tolalar hosil boʻlishiga olib keladi. Bu esa butun organizmning faoliyatini yaxshilaydi. Kitobdan olingan taassurotni boshqalar bilan oʻrtoqlashish esa yanada yaxshiroq natija koʻrsatadi.
Xullas, bu kabi tadqiqotlar davom etmoqda. Biz esa qayta-qayta ota-bobolarimiz kitobga bejiz oshno boʻlmaganini oʻzimizga faxr bilan taʼkidlab qoʻyishimiz mumkin. Zero, qadimda uzun qish kechalari davrachiroq yorugʻida, yoz tunlarida oy shuʼlasida davom etgan ommaviy kitobxonlik bobolarimizga cheksiz zavq, koʻtarinkilik baxsh etgani shubhasiz. Bu esa, oʻz navbatida, salomatlik garovi ekanligini Abu Ali Ibn Sino kabi hakimi hoziqlar oʻz asarlarida aniq-ravshan qilib yozib qoldirishgan.
Download 40,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish