Sichqonchalar
o‘zlarining
ajratish
qobiliyatlari, yani qabul qiluvchi mexanizmlar
talqin eta olishi mumkin bo‘lgan
eng kichik
ko‘chishi bo‘yicha farqlanadi. Ajratish qobiliyati
odatda bir dyum ga to‘g‘ri keladigan nuqtalar
soni (200, 400, 600, 900) bilan ko‘rsatiladi .
Sichqonchalarning
turli
tiplarining
soni
yetarlicha katta. Bo‘linish sichqonchaning
ko‘chish haqida axborot olish bosqichidayoq
boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq ravishda, sichqonchalar mexanik,
optik-mexanik va optik toifalarga bo‘linadi. Ma’lumotlarni kompyuterga uzatish
usuli
bo‘yicha sichqonchalar liniyali va liniyasiz turlarga ajratiladi. Biroq uzatish usuliga
bog‘liq bo‘lmagan holda sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda
biror oraliq qurilma ) kompyuterga ulangan bo‘lishi lozim. Sichqoncha 4 usul bilan
kengaytma plata, standart ketma-ketli port, PS/2 usulidagi sichqoncha porti shaklidagi
maxsus adapter yoki USB shinasi ulagichiga ulanadi. Soto-sichqonchalar deb ataladigan
va PS/2 ulagichiga ham, ketma-ket portga ham (maxsus o‘tkazgich yordamida ) ulanishi
mumkin bo‘lgan sichqonchalar ham mavjud. Ilgari sichqonchalar
tugmalarining soni
bo‘yicha ham tasniflanar edi, lekin agar dasturiy ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi
mumkin bo‘lsa (masalan, Windows 3.x uchun ko‘pchilik dasturlarda shunday edi ), bu
unchalik munim ko‘rsatkich emas. Bundan muhimrog‘i sichqonchalarni yaqinda paydo
bo‘lgan odatdagi va “skrollovchi” (hujjatlarni o‘tkazish va boshqa o‘ziga xos vazifalarni
bajarishi uchun maxsus tugmalarga yoki ularning almashtiruvchilariga ega bo‘lgan)
sichqonchalarga bo‘lishdir. Ehtimol, odatdagi, ”an’anaviy ” sichqonchalar tezda yo‘q
bo‘lib ketsa kerak, ularni “yangi shakldagi ” sichqonchalarga qaraganda ancha kamroq
xarid qilishmoqda .
Yo‘qorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga bo‘lish
mumkin:mexanik,
optik-mexanik, optik,shu bilan birga eng keyingi guruhning 2 ta
qismiy toifasi mavjud. Bu atamalarning mohiyatida nimada? Xozirgi vaqtda mexanik
sichqonlar o‘tmish xotira bo‘lib qoldi.
Mexanik sichqonchalarning ish usuli eng soddadir. Sichqonchaning ichki
“g‘ildiraklarida o‘tkazuvchi belgilar bor”. G‘ildiraklarga o‘tkazuvchi qoshlar birikadi.
Sichqonchaning sharchasi yordamida g‘ildiraklarning aylanishi jarayonida ularning
o‘zaro ta’sirlashuvi kursorning harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash imkonini beradi.
Ko‘rib
turganingizdek, bu usul mexanik pianinoda metal plastinkalarni ishlash bilan
nimasidir o‘xshash. Mexanik sichqonchalar kirlanishi sababli boshqalarga qaraganda tez
ishdan chiqadi, ular taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytsa bo‘ladi. Hozirgi vaqtda
tarqalgan sichqonchalarning ko‘pchiligi optik-mexanik sinfga oiddir. Amaliyotning
ko‘rsatishicha, bunday arxitektura kursorning yetarlicha aniq pozitsiyalanishi, ishonchli
va juda arzon narxini (5-10 $) belgilab beradi .
Optomexanik sichqonchaning
ish tamoyili juda
oddiy: rezina qoplamali og‘irlashtirilgan sharga yassi
sirt bo‘ylab sirpanadi va ikkinchisiga perpendikulyar
joylashgan valchani aylantirib, koordinatalar tizimida
harakatni vujudga keltiradi (vertikal va gorizontal
bo‘yicha ) .
Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir
yog‘och g‘ildirakli (spitsali -kegayli) aravaning o‘qini
eslatadi. Bu g‘ildirak svetodiod va priyomnik –
fototranzistor orasida aylanadi. Yorug‘lik
nuri turli
tezlik bilan aylanayotgan gi’ldirakning kegaylari orqali o‘tadi. Elektron signallarga
aylantirilgan yorug‘lik impulslari (“yorug‘lik”/”qorong‘ulik” almashinuvi) kursorning
ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlash imkonini beradi. Sichqonchani tozalashda
ko‘pchilik valchalardagi va rezina sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan
cheklanadi. Ko‘pchilik
hollarda bu yetarli, biroq yetish qiyin bo‘lgan joylarda chang
to‘planishi kursorning monitor ekranida tushuntirish qiyin bo‘lgan harakat qilishiga
imkon beradi. Bu holatda sichqonchani to‘la ochishga jazm qilish mumkin. Optik
sichqonchalar harakatlanuvchi qismlardan mutlaqo holidir.
Do'stlaringiz bilan baham: