bo‘lgan. ТСО-99 standarti esa tasvir sifatini (yorug‘lik aks etishi, jimillashi, qobiqni
dog‘larga qarshi xususiyati) aniqlovchi parametrlarni qat’iy me’yorlarini kiritdi.
Aktiv matritsada bo‘lganidek, passiv matritsali suyuqkristalli monitorlarda ham
ikkinchi qutblangan yoryg‘lik filtri yacheyka orqali o‘tuvchi yorug‘lik miqdorini
boshqaradi. Yacheykalar yorug‘lik filtri orqali o‘tadigan qutblash tekisligiga iloji boricha
yaqin o‘tadigan qilib yorug‘lik to‘lqinini qutblash tekisligini qaytaradi. Har bir
yacheykada yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, piksel shuncha yorug‘ bo‘ladi. Monoxromli
(oq-qora) suyuq kristalli monitorlarda kulrang gradatsiyasi (CI gacha) yoki yacheyka
yorug‘ligi o‘zgarishi hisobiga, yoki bitta pikselga muvaffaq bo‘lgan yoqilgan va
o‘chirilgan yacheykalar miqdori orasidagi mutanosibligi hisobiga yaratiladi. Rangli
suyuq kristalli monitorlarda bir pikselga uchta yacheyka to‘g‘ri keladi va ularning
yorug‘ligini boshqargan holda ekranda tasvirni turli rangliligiga erishish mumkin.
Hozirgi kunda passiv matritsali va ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlarkeng
tarqalgan, chunki tasvir sifati bo‘yicha aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga
yaqinlashtirib olindi, ammo oddiy passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga
qaraganga uncha qimmat emas.
Aktiv matritsali monitorlarni ishlab chirarishda uchraydigan jiddiy muammo chiqish
nazoratida braklash foizi yo‘qori: panellarda ishlamaydigan yacheykalar haddan tashqari
ko‘p topiladi (asosan tranzistorlar buzilgani uchun). Bu ularni ancha qimmatlashtiradi,
chunki braklangan mahsulot qiymati sifatli mahsulot qiymatiga kiradi.Eng yaxshi rangli
displey – aktiv matritsali displeylardir, yoki har bir pikselni uchta tranzistor (qizil, yashil
va kko‘k rang uchun) boshqaradigan ingichka plyonkali tranzistorlardir (TFT). Aktiv
matritsali monitorlar tasvir yorug‘ligi bo‘yicha passiv displeylardan oshadi, shuning
uchun ulardagi tasvir burchak ostida yaxshi ko‘rinadi.
Hozirgi kunda suyuqkristalli monitorlar nafaqat portativ kompyuterlarda faol
ishlayapti, balki stol usti tizimlarda ham qo‘llanila boshladi. Ularni elektron nurli trubkali
monitorlardan bir qator faziolatlari ajratib turadi:
•
Ma’lumot aks etishi uchun monitor ekranining butun yuzi ishlatiladi. Masalan, 17
dyuymli suyuqkristalli monitorlarda ko‘rish doirasi – 17 dyuym, elektron nurli trubkali
monitorlarda esa faqat 15 dyuym.
•
Ish joyini tejashga imkon beradigan kichik chuqurligi.
•
Kam energiya ishlatadi, natijada issiqlik kam chiqaradi.
•
Suyur kristalli monitorlarda lyuminoforni “kuiyshiga” ga moyil emas.
•
Dizaynerlarni xursand qiladigani, monitorni 90
0
ga burish mumkinligi.
Suyuqkristalli monitorlarni sotib olishdan oldin barcha kamchilik va yutuqlarini
hisobga olish kerak. Bu monitorlarni keng tarqalmasligiga sabab – ularning yo‘qori narxi
(ammo kompyuter apparatlarini ta’minlashga taaluqli narxi doim tushib turadi)
Do'stlaringiz bilan baham: