2.Kiritish-chiqarish qurilmalari
Monitorlar va LSD displeylar.
Monitorlar axborotni aks ettirishning juda muhim
qurilmalaridir. Katta sondagi videostandartlar bo‘lgani kabi hozirgi vaqtda mavjud
monitorlar tiplari ham rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Raqamli (TTL) monitorlar.
TTL inglizcha Transistor Transistor Manic
atamasining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbekchada tranzistor-tranzistor manikasini anglatadi.
TTL atamasi elektron texnikasida qo‘llaniladigan raqamli mikrosxemalar standart
talqinsini anglatadi. Har doimgidek, raqamli texnikada, signallar faqat ikkita:Mantiqiy
“1” va “0” holatga ega.
Monoxromli monitorlar ( MDA).
TTL-monitorlar haqida so‘z borganida,
ko‘pincha monoxromli monitorlar ko‘zda tutilib, ularni boshqarish signallari MDA yoki
Hercules kartalari tomonidan shakllantiriladi. Monoxromli deganidan tushunarliki,
ekrandagi nuqta faqat yorqin yoki qora rangli bo‘lishi mumkin. Yaxshi holda nuqtalar
yana o‘zlarining intensivliklari bilan farqlanib turishi lozim.
Raqamli RGB-monitorlari
(CGA, EGA, VGA).
RGB-raqamli monitorlar (Red/Green/Blue – qizil/yashil/ko‘k)
asosan EGA standartdagi kartaga ulanish uchun mo‘ljallangan. Bunday tuzilmalar 16 ta
raqamlarni gradatsiyasini aks etishga imkon beradigan monoxrom rejimda ham
ishlaydilar. Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri, bir necha standartlar
o‘zgaradi: MDA (monoxrom), CGA (4 ta rang), EGA (16 ta rang), VGA (256 ta rang).
Hozirgi kunda qator standart qiymatlardan ekran kengaytmasini to‘g‘ri tanlash
imkoniyatiga ega bo‘lgan, 16,7 mln ranglarni tasvirlay oladigan SVGA monitorlari
ishlatilmoqda.
Monitorlarning ishlash tamoyillari.
Rastr shakllanishi.
Start
Elektron – nurli trubka asosidagi monitorni ishlash tamoyili oddiy televizor
ishlash tamoyilidan ozgina farq qiladi (8.1 rasm). Katod (elektron to‘plari ) orqali
chiqariladigan elektronlar to‘plami lyuminofor bilan qoplangan ekranga tushib nurlanish
hosil qiladi. Elektronlar to‘plami yo‘lida odatda qo‘shimcha elektrodlar joylashgan
bo‘ladi: elektronlar to‘plami tezligini va u bilan bog‘liq tasvir yorug‘ligini to‘g‘rilovchi
modulyator va to‘plam yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgan, og‘diruvchi tizim.
Kompyuter monitori (hamda televizor) ekranida har qanday matnli yoki grafik tasvir
piksel deb ataluvchi tasvir (rastr) ining minimal elementini ifodalovchi lyuminofor ning
ko‘plab diskret nuqtalaridan iboratligiga e’tibor beramiz. Bunday monitorlar rastrli deb
ataladi. Bu holatda elektron nur butun ekranni doim skanerlab turadi va yoymaning yaqin
joylashgan qatorlarini hosil qiladi. Modulyatorga uzatiladigan videosignal qatorlari
bo‘yicha nurni harakat qilishi yorug‘lik ravshanligini o‘zgartiradi va ba’zi bir
ko‘rinadigan tasvirni tashkil etadi. Monitor qobiliyati gorizontal va vertikal bo‘yicha aks
eta oladigan tasvirlarning elementlari soni bilan aniqlanadi, masalan: 640х480 yoki
1024х768 piksellar. Rastorni shakllantirish uchun monitorda maxsus signallar ishlatiladi.
Skanerlash davrida nur siniq chiziq tarzidagi traektoriya bo‘yicha chap yo‘qori
burchakdan o‘ng quyi burchakkacha harakat qiladi. Gorizontal bo‘yicha nurning to‘g‘ri
yurishi qatorli yoyma signali bilan, vertikal bo‘yicha esa kadrli yoyma signali bilan
amalga oshiriladi. Nur qatorni chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi o‘ng
nuqtasidan, keyingi qator chetdagi chap nuqtasiga (nurni gorizontal bo‘yicha qayta
yurishi) o‘tishi va ekranni oxirgi qatorini chetdagi o‘ng holatida birinchi qator chetdagi
chap holatiga (nurni vertikal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi maxsus qayta yurish signallari
bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, monitor uchun eng muhimi quyidagi parametrlar
hisoblanadi: yoymaning (kadrli) chastotasi, yoymaning gorizontal(qatorli) chastotasi va
videosignalni o‘tkazish chizig‘i.
Rangli tasvir shakllanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |