BYUDJETNING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
Byudjetningmohiyatini yoritishda
uni
qay darajada ekanligidan
qat’iy nazar uch jixatdan yondoshish mumkin: 1
iqtisodiy kategoriya sifatida;
1 M. Yo‘ldoshev.Y. Tursunov.’Moliya huquqi’.52 bet
huquqiy kategoriya sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida
byudjet turli byudjet
fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish paytida yuzaga keluvchi va ro‘yobga chiquvchi iqgisodiy munosabatlardir va uning asosida
doimo moddiy ishlab chiqarish, yotadi.
hamda nomoddiy xizmat ko‘rsatishlar
Moddiy manoda byudjet tegishli darajadagi davlat va mahalliy
hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan
siyosiy, iqgisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarshi imkonini beruvchi markazlashtnripgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat
tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet hisobidan moliyaviy
ta’minlash degan-da byudjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida
byudjet tegishli
hudud doirasida
markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash,
foydalanishga
qaratilgan va tegishli davlat, yoki mahalliy
hokimiyat
idorasi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik me’yorlardan iboratdir.
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlatning,
yoki mahalliy hokimiyatlarning asosiy moliyaviy rejasiga
aylanadi.Byudjet alohida bir mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
—byudjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning
iqgisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘la qamrab oladi;
byudjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi
Qonuniga asosan Davlat byudjetiga quyidagicha ta’rif berilgan:«Davlat
byudjeti — davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsaddar uchun ajratiladigan mablag‘lar
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi».
Davlat byudjetiga ta’rif berishda, unga byudjetning mohiyatini to‘liqroq ochib beradi:
quyidagicha yondoshish
«Davlat byudjeti - umumjamiyat xarajatlarini moliyalashtirish
maqsadida tuziladigan,
hokimiyatning
qonun chiqaruvchi oliy organi
tomonidan tasdiqlanadigan davlatning markazlashtirilgan pul fondidir».
Davlat byudjeti har yil ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti 1 yanvardan 31 dekabr muddati uchun tuziladi (ya’ni, byudjet yili kalendar yilga mos) va byudjet
jarayoni bilan bog‘liq barcha jarayonlar O‘zbekiston Respublikasining
«Byudjet tizimi to‘g‘risidag»gi Qonuniga ko‘ra muvofiqlashtiriladi.
Davlat byudjetining iqtisodiy va ijtimoiy mohiyagi uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlat byudjetining funksiyalari to‘g‘risida iqgisodchi olimlar o‘rtasidagi turli munozaralar mavjud.
Prof. L A. Drabozina Davlat byudjetining mohiyatini yoritishda uning
quyidagi funksiyalarini ko‘rsatib o‘tadi; 1
YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;
Nazorat funksiyasi;
Iqtisodiyotni boshqarish funksiyasi;
Ijtimoiy funksiyasi.
YAIM
qiymatini
qayta taqsimlash funksiyasi. Milliy daromad
tovar - pul munosabatlari sharoitida asosan pul ko‘rinishida
qilinadi.
hisob
1 L.A.Drabozina.Finansы.Ucheb.Posobie.-M.’.YUNITI’.1999.Str.111
Davlat byudjetining asosiy daromadlari, uni 80-90 foiz daromadlarini tashkil etuvchi soliqlar va soliq funksiyasini bajaruvchi
majburiy yig‘imlardan tashkil topadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan
mamlakatlarning byudjet daromadlarida aholining daromad solig‘i,
korporatsiyalar daromadlariga soliqlar, aksiz, boj to‘lovlari salmoqli o‘rinni egallaydi.
qo‘shilgan
qiymat solig‘i,
YAIM taqsimotida iste’mol va jamg‘arma fonddari tashkil etiladi va bu taqsimot jarayonida iste’mol fondi 3/4, jamg‘arma fovdi 1/4 nisbatni tashkil etadi hamda ushbu nisbatni barcha davlatlarda saqlashga
harakat qilinadi. Bu nisbatning o‘zgarishi mamalakatlar iqgisodiyotiga
salbiy ta’sir etishi mumkin.
YAIM
oshiriladi:
qayta taqsimoti
quyidagi ob’ektlar o‘rtasida amalga
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o‘rtasida;
iqtisodiy hududlar o‘rtasida;
davlat bilan aholi o‘rtasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |