Kiritgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo‘naltiriligan


II-BOB DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGINING IQTISODIY MAZMUNI



Download 113,01 Kb.
bet8/11
Sana25.02.2022
Hajmi113,01 Kb.
#462146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Давлат бюджети камомади ва уни бартарф этиш йўллари

II-BOB DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGINING IQTISODIY MAZMUNI

2.1 DAVLAT BYUDJETI TAQCHILLIGI SHAKLLARI


Iqtisodiy adabiyotlarda davlat moliya siyosatining muhim bo‘lagi bo‘lgan byudjet taqchilligi, uni boshqarish masalasiga katta e’tibor

berilmoqda. Byudjet taqchilligi o‘zi nima?, u iqtisodiyot uchun agar xavfli bo‘lsa uni bartaraf etish mumkinmi?
havflimi,

Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida daromadlar va xarajatlarning tenglashtirilgan ko‘rinishidagi yozuvdan iborat. Agarda, byudjet daromadlari xajmi uning xarajatlari xajmidan

yuqori bo‘lsa, bunda byudjetda

ijobiy


qoldiq (profitsit) yuzaga keladi.

Davlat byudjeti xara-jatlarining hajmi uning daromadlaridan yuqori
bo‘lsa, bunda salbiy qoldiq— taqchillik (defitsit) mavjud bo‘ladi.
Taqchillikning xajmlarini aniqlash bilan birga, uning iqtisodiy
mohiyatini har tomonlama o‘rganish zarur. CHunki, byudjetda

bundayvaziyatning yuzaga kelishi me’yoriy
holat
hisoblanmaydi, ammo uni

engib o‘tish, yoki ma’lum chegarada ushlab turish mumkin, chunki ideal holatdagi— tenglashtirilgan byudjet, dunyo mamlakatlari tajribasida juda kam uchraydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat rivojining ma’lum bos-qichlarida mamlakatning xususiyatlarini
inobatga olib byudjet taqchilligiga yo‘l qo‘yiladi (masalan, Ikkinchi
Jahon urushidan keyingi yillarda AQSHda). Byudjeg taqchilligini iqgisodiyotgako‘rsatadigan ta’sirini bilish uchun, avvalo, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash, ushbu omillarni oldini olish, byudjet taqchilligini boshqarish bo‘yicha to‘plangan jahon tajribasidan foydalanish zarur bo‘ladi.
Byudjetning aktiv taqchilligi, passiv taqchilligi, tarkibiy taqchilligi, doiraviy taqchilligi kabi shakllari mavjud.
Iqtisodiy faollik umumiy darajasining pasayishi asosida yalpi talabning etarlicha emasligi, iqtisodiyotning bo‘hronga yuz tutish xavfi ta’sirida ko‘pgina davlatlarda byudjet xarajatlarini ko‘paytirish va
soliqlarni pasaytirish choratadbirlari amalga oshirilmoqda. Ularni
kamaytirish, ayniqsa, o‘rta va mayda kompaniyalarning kapital
quyilmalarining ko‘payishi uchun ancha kulay sharoit yaratadi. Ammo, solshrtarning bunday kamayishi sharoitida davlat xarajatlari muqarrar ravishda Davlat byudjetidagi taqchillikni ko‘paytiradi va inflyasiya jarayonlarini tszlashtirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.

Xarajatlarning daromadlardan bunday oshib ketishi aktiv byudjet
taqchilligi nomini oldi va odatda, bunday taqchillik YAIMning
sur’atlarining o‘sishi bilan birga kuzatiladi.
Ayni vaqtda, iqtisodiy faollik darajasining susayishi

natijasida davlat daromadlarining
qisqaripga
yuzaga keltirgan

taqchillik passiv taqchillik nomini oldi. Bunday vaziyatda
korxonalarning bankrot bo‘lishi, iqtisodiy samaradorlikning pasayishi oqibatida ko‘zlangan daromadlarning olinmasligi, YAIM o‘sish
sur’atlarining salbiy tus olishi va bir qancha boshqa salbiy omillar
natijasida Davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan soliq hajmining qisqarishi yuz beradi va byudjetda ko‘zlangan daromadlar kelib tushmaydi. Tarkibiy taqchillik — byudjetning joriy xarajatlari bilan to‘la

bandlik sharoitida (soliq
tizimi o‘zgarmagan
holda) byudjetga tushishi

mumkin bo‘lgan daromadlar o‘rtasidaga farqni bildiradi.
Doiraviy taqchilshshk—tarkibiy taqchillik bilan haqiqiy taqchillik o‘rtasidagi farqni bildiradi
Markazlashtirilgan iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga

o‘tayotgan SHarqiy Evropa mamlakatlari
hamda sobiq
Ittifoqning

tarqalishi bilan mustaqilligini qo‘lga kiritgan ko‘pgina
respublikalarda byudjet taqchilligining yashirin shakli— kvazifiskal
taqchillikning mavjudligini ko‘rish mumkin. Taqchillikning bu shakli
bank tizimi, byudjetdan tashqari maxsus fondlar sug‘urta tashkilotlari hamda Davlat rivojlanish banklari orqali amalga oshiriladigan kvazifiskal operatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Kvazifiskal operatsiyalar — Davlat byudjetidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning ayrim turlarini bank tizimining moliyaviy faoliyatiga xukumatning aralashuvi (ko‘pchilik xolatlarda, banklararo kredit
auksioniga ta’sir etish) va chet el valyutasi bilan operatsiyalarda qat’iy
kurslar belgilash, yashirin soliqlar, kreditlar, subsidiya va dotatsiyalar kabilar orqali davlat xarajatlarini amalda kamaytirish natijasida

yuzaga keladi. Rasmiy ma’lumotlarni etishmasligi, odatda, kvazifiskal taqchillikning haqiqiy hajmlarini hisoblashni mushkullashtiradi.

Download 113,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish