Ijtimoiy ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan va noishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimot. Milliy daromad, asosan, ishlab
chiqarish sohasida hamda tijorat asosida faoliyat yuritayotgan noishlab
chiqarish sohalarida (tijorat boshqarmalari, aloqa, transport va boshqalar) shakllanadi. Davlatni iqtisodii rivojlanishini ta’minlash
uchun noishlab chiqarish sohalariga xarajatlar qilinadi. Sog‘liqni
saqlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, xalq xo‘jaligi
tarmoqlari uchun mutaxassis kadrlarni tayorlash, to‘la va qisman mexnat
qobiliyatini yo‘qotgan fuqoralarni moddiy ta’minlash, mamlakat mudafaa qobiliyatini mustaxkamlash va boshqa xarajatlar markazlashgan tartibda (davlat miqiyosida) amalga oshiriladi. SHuning uchun, milliy daromadning
bir qismi Davlat byudjetinig xarajatlari tizimi orqali milliy
daromad vujudga keltirilmaydigan soxaga qayta taqsimlanadi.
SHuningdek, byudjet orqali YAIM tarmoqlar, birlashmalar, korxonalar
o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Bunday zaruriyat asosan, mamlakatni iqtsodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy hududlar o‘rtasidagi taqsimot. Tabiiy va mehnat
resurslarining mamlakat miqyosida notekis taqsimpanganligi ayrim xududlarga davlat tomonidan maxsus iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish zaruratini keltirib chiqaradi. Bunda markazlashgan davlat daromadlaridan, xususan, Davlat byudjetidan mahalliy byudjetlarga transfertlar (subvensiya, dotatsiya) va byudjet ssudalari ajratiladi. Masalan, Orol bo‘yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni yaxshilash maqsadida Davlat byudjetidan turli transfertlarning ajratilishi va hokazo.
Davlat va aholi o‘rtasidagi taqsimot. Aholidan olinadigan
soliqlar yordamida davlat orqali milliy daromadning ma’lum qismini
qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Bunda kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish zaruriyatlarini va boshqa umumdavlat talablarini qondirish
maqsadida aholi daromadlarinig ma’lum qismi (ulushi)ning shaxsiy
mulkchilikdan umu-miylikka o‘tishi sodir bo‘ladi. Odatda, bunday daromadlar byudjeti jami daromadlarining 10-14 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, davlat soliqlar va yig‘imlar tizimi orqali har- xil kategoriadagi aholining real daromadlarini tartibga soladi.
Aholining alohida tabaqalariga
har-xil
qulayliklar
hozirlash uchun
sarflanadigan mablag‘larni to‘plash soliq oshiriladi.
va yig‘imlar yordamida amalga
Nazorat funksiyasi. Nazorat funksiyasi yordamida turli xil xo‘jalik sub’ektlaridan davlat ixtiyoriga tushayotgan markazlashgan moliyaviy resurslarni davlat ehtiyojlarining manfaatiga mos tushishi haqida «xabar» beradi. Nazorat funksiyasining asosini byudjet mablag‘larining byudjet daromadlarining mos ko‘rsatkichlari va aniq
maqsadli xarajatlaridagi hara-katini aks ettirish tashkil etadi.
Daromadlar va xarajatlar balansi shaklidagi Davlat byudjeti
umumdavlat moliyaviy nazoratining asosiy
quroli
hisoblanadi. Nazorat
funksiyasi byudjetni davlat pul mablag‘i fondini tashkil etish va undan
foydalanishda iqtisodiyotning tarkibiy bo‘g‘inlaridan kelib chiqadigan iqtisodiy jarayonlarini o‘zida aks etgarishi bilan amalga oshiriladi. SHuningdsk, byudjet ko‘rsatkichlarini kuzatish orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni borishini, ko‘zda tutilgan rejadan amaldagi chetga
chiqishlarni kuzatib, bo‘ladi.
hukumat operativ
qarorlar
qabul qilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |