Atama mazmunini bilib oling
Jakeriya - feodallar dehqonlarni masxaralab „jaklar" deb atashardi. Bu atama dehqonlarni kamsituvchi laqab edi. Qo`zg`olonning nomi shu laqabdan olingan.
25-§. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi
Tayanch tushunchalar: 1415- yilgi urush. Janna dArk. Partizanlar harakati. Orlean uchun jangning ahamiyati. Yuz yillik urush natijalari. Markazlashgan Fransiya qirolligi. Mutlaq monarxiya.
Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi og`ir ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415- yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo`shini mag`lub etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo`shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi.
1420-yilda Angliya va Fransiya o`rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko`ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o`g`illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go`dak o`g`li Angliya va Fransiya qiroli deb eTon qilindi.
Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo`linib ketgan.
1428-yilda inglizlar qo`shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qo`lga kiritish imkoniga ega bo`lardilar.
Yodda tuting Fransiyaning keyingi taqdiri Orlean shahriga bog`liq bo`lib qoldi.
Janna d'Ark. Fransiya qo`shini g`alabaga bo`lgan ishonchni yo`qotdi. Taxt vorisi va uning a'yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o`z qo`liga oldi. Ular partizanlar uru-shini boshlashdi.
Xalqning jasorati tu-fayli Orlean mustahkam qal'aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d'Ark edi.
U o`zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. o`zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi.
1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o`z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol-aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo`shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da'vat etdi. Bu harakat albatta g`alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d'Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo`shinini ruhlantirib yubordi.
1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo`ldi.
Orlean to`qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo`shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d'Ark „Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi.
Janna d'Ark kabi xalq qahramonlari obro`si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo`ydi. Endi Janna ularga kerak bo`lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgund-larga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan.
Fransiya qiroli Karl VII Janna d'Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan.
Cherkov Janna d'Arkni jodugarlikda ayblagan va uni inkvizitsiya -cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30-may kuni olovda kuydirib o`ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |