Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.
Yodda tuting
Angliya - Fransiya o`rtasida boshlangan bu urush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to 'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan.
1340- yilda Angliya floti katta g`alabaga erishdi. Bu g`alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi.
1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g`alaba qozondilar.
Fransiya qo`shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og`ir kamonlarda mo`ljalni aniq urishga qodir qo`shinga egaligi inglizlar g`alabasining asosiy sababi bo`ldi.
Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi. Bu jangda ham inglizlar g`alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli Ioann asir olindi. Shu tariqa Angliya G’arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |