Mamlakatdagi og`ir ichki vaziyat. Fransiya qiroli Lyudovik X 1315- yilda qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to`lash sharti bilart ozodlik berish to`g`risida farmon chiqargan edi. Bu farmon kechagi qaram dehqonni erkin mayda tovar ishlab chiqaruvchiga aylantirishi kerak edi. Biroq erkinlikni sotib olish haqi juda baland bo`lgan. Bu esa dehqonlarni amalda sudxo`rlar sirtmog`iga ilintirib qo`ygan.
Angliya - Fransiya urushi busiz ham ahvoli og`ir bo`lgan dehqonlarni xonavayron qilgan. Bu esa Fransiya tarixiga Jakeriya qo`zg`oloni" nomi bilan kirgan dehqonlar qo`zg`olonining yuz berishiga sabab bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |