Atamalar mazmunini bilib oling General shtatlar - Fransiyada mavjud bo`lgan uch toifa vakillarining kengashi.
Toifa - otadan bolaga meros tariqasida o`tadigan huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan kishilaming katta-katta guruhi.
24-§. Fransiyani birlashtirishni tugallash yo`lida Tayanch tushunchalar Yuz yillik urush va uning sabablari. Inglizlar g 'alabasi. Jakeriya qo 'zg 'oloni. Qo 'zg 'olonning yengilishi va oqibatlari. Siyosiy inqiroz. Yuz yillik urushning sabablarLFransiy ani yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifa emas edi. Chunki birlashtirish jjsiyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to`siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to`siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo`l ostida edi.'U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo`llab-quvvatlangan.
Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o`g`li)ning nabirasi bo`la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o`rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos.
Filipp VI vafotidan so`ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo`lgan avlod qirollik taxtiga o`tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo`ldi.
Urushning boshlanishi.Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.
Yodda tuting Angliya - Fransiya o`rtasida boshlangan bu urush tarixga yuz yillik urush nomi bilan kirgan. U to 'xtab-to 'xtab 1453-yilgacha davom etgan. 1340- yilda Angliya floti katta g`alabaga erishdi. Bu g`alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi.
1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g`alaba qozondilar.
Fransiya qo`shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og`ir kamonlarda mo`ljalni aniq urishga qodir qo`shinga egaligi inglizlar g`alabasining asosiy sababi bo`ldi.
Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi. Bu jangda ham inglizlar g`alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli Ioann asir olindi. Shu tariqa Angliya G’arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.