Yodda tuting Shahar – hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo 'Igan yirik aholi manzilgohi. Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng koiamda bozor bilan bogianishiga olib keldi. Bu esa natural xo`jalikka katta zarba berdi.
Shahar mudofaasi. o`rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko`plab shaharlar vujudga keldi.
Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o`zlari yashayotgan hududlar atrofida zovurlar qazib, ko`tarma qilib o`rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar g`isht devorlar bilan almashtirilgan. Shaharga kelayotgan yoiovchiga uzoqdanoq shaharning devorlari va minoralari yaqqol ko`rinardi. Shaharga osma ko`prikdan o`tib, soqchilar doim hushyorlik bilan qo`riqlab turadigan mustahkam darvozalardangina kirish mumkin edi.
Hunarmandlar ustaxonasi.o`rta asr shahar hunarmandchiligi qo`l mehnatiga asoslangan mayda sanoat ishlab chiqarishi edi.
Hunarmand ustaxonasida hunarmand, shogirdlar va xalfalar mehnat qilardi. Hunarmand usta hisoblanardi. Ustaxona tayyor mahsulotni sotadigan do`kon vazifasini ham o`tagan. Shogird hunar o`rganuvchi edi. Xalfa ustaning uyida yashagan. U maium miqdorda mablag` to`plagach, o`zining ustaxonasini ochishi mumkin edi. Buning uchun u namuna boia oladigan bir buyumyasashi hamlozim bo`lgan. Ustaxonada barcha ishlar qo`lda bajarilgan.
Hunarmandlar sexi. Hunarmandlar o`zlarini qishloq hunar-mandlari raqobatidan hamda feodallar talonchiligidan himoya qilish uchun sexga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig`ilishi sex nizomi (qonun-qoidalari)ni tasdiqlagan.
Nizom hunarmandlardan buyumlarni qatiy nusxada ishlab chi-qarishni talab qilardi. Har bir ustaning ustaxonasida qancha dastgoh bo`lishi, nechta shogird va xalfa saqlashi mumkin ekanligi belgilab qo`yilgan. Nizom ustalarga buyurtmachi va xaridorlarni, shogird va xalfalarni bir-biridan o`ziga og`dirib olishni taqiqlardi.
Sexlar bir xil hunarmandlarning boshqalar hisobiga boyib ketmasligiga intilardi.
Sexlarga ustalar tomonidan saylab qo`yiladigan oqsoqollar boshchilik qilardi. Ular sex nizomiga rioya qilinishini kuzatib borar va uni buzgan hunarmandlarni qattiq jazolardi. Masalan, London shahrining novvoyi bulka nonni belgilangandan kam og`irlikda pishirib sotsa, uni qafasga solishib shahar aylantirishar, xaloyiq oldida sharmandasini chiqarardilar. Parij va boshqa ko`p shaharlarda sifati past buyumlarni bozor maydonidagi „la'nat ustuni" oldiga qo`yardilar. Jarima eng ko`p qoilaniladigan jazo edi.
Har bir sexning o`z gerbi va bayrog`i bo’lgan.