Yodda tuting Fransiyaning keyingi taqdiri Orlean shahriga bog`liq bo`lib qoldi.
Janna d'Ark. Fransiya qo`shini g`alabaga bo`lgan ishonchni yo`qotdi. Taxt vorisi va uning a'yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o`z qo`liga oldi. Ular partizanlar uru-shini boshlashdi.
Xalqning jasorati tu-fayli Orlean mustahkam qal'aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d'Ark edi.
U o`zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. o`zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi.
1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o`z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol-aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo`shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da'vat etdi. Bu harakat albatta g`alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d'Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo`shinini ruhlantirib yubordi.
1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo`ldi.
Orlean to`qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo`shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d'Ark „Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi.
Janna d'Ark kabi xalq qahramonlari obro`si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo`ydi. Endi Janna ularga kerak bo`lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgund-larga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan.
Fransiya qiroli Karl VII Janna d'Arkni inglizlardan qutqarib olishni hatto xayoliga ham keltirmagan.
Cherkov Janna d'Arkni jodugarlikda ayblagan va uni inkvizitsiya -cherkovning sud-tergov tashkilotiga topshirgan. U 1431- yilning 30-may kuni olovda kuydirib o`ldirilgan.
Yuz yillik urushning tugashi.Fransuz xalqi ozodlik urushini davom ettirdi. Janna d'Arkning jasorati ming-minglab kishilarni yurt ozodligi uchun kurashga otlantirdi. Tez orada Angliyaning o`zida ham hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
Parijda bosqinchilarga qarshi qo`zg`olon ko`tarildi. Karl VTI qo`shini bilan Parijga kirib keldi. Shu tariqa xalq bosqinchilar zulmidan xalos bo`ldi. Angliya bosib olgan hududlar birin-ketin ozod etila boshlandi.
Nihoyat, 1453- yili yuz yillik urush Fransiyaning g`alabasi bilan yakunlandi. Angliya qo`lida Kale portigina qoldi, xolos.
Yuz yillik urushda erishilgan g`alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo`ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat qirol hokimiyatiga bo`ysundirildi.
Fransiyaning markazlashgan davlatga ayla-nishi mamlakat xo`jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo`ldi.