Xolesterin
Xolesterin benzoat
7 – α – bromxolesterin benzoat
7 – degidroxolesterin benzoat
7 - degidroxolesterin
Vitamin D3
Vitamin D3 rangsiz kristall kukun bo’lib, suvda erimaydi. Spirt, xloform va moylarda eriydi. 82-860C haroratda suyuqlanadi. Yorug’lik ta’sirida oson oksidlanadi. U baliq moyida ham bo’ladi. Vitamin D3 vitamin D2 ga o’xshash, raxit kasalligiga qarshi ta`sir ko’rsatadi.
Vitamin D ning tana tarkibidagi asosiy funktsiyasi kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqarishdan iborat. Uning ta'sirida kaltsiy va fosforning ichakdan so`rilishi ortadi, qonda suyak to`qimasi uchun zarur bo`lgan fosfat kaltsiyning doimiy miqdori ta'minlanadi. Vitamin D ning miqdori еtishmasligi yosh bolalarda raxit kasalligini kеltirib chiqaradi, buning oqibatida suyaklanish jarayoni sеkinlashadi, bolaning o`sishi va taraqqiy qilishi susayadi, bola injiq, nimjon bo`lib qoladi. Vitamin D prеparatlari asosan raxit kasalligining oldini olish va bеmorlarni davolash maqsadida ishlatiladi. Vitamin D ko`proq baliq moyida uchraydi. Uning yog`li va spirtli eritmalari mavjud.
Hozir tibbiyoy amalyotida organizmda fasfat, kal’tsiy almashinuvini tartibga soluvchi modda sifatida vitamin D guruh preparatlaridan oksidevit keng qo’llanmoqda. U kimyoviy tuzilishi jihatdan xolikaltsiferolga juda yaqin bo’lib, undan faqat molekula tuzilishidagi C1 holatida bitta ortiqcha gidroksil guruh saqlanganligi bilan farqlanadi.
OKSIDEVIT (Oxidevidum)
9, 10-sekoxolestatrien-5Z, 7E, 10(19)-diol-1α, 3β
Oksidevid rangsiz kristall yoki oq kristall kukun bo’lib, suvda deyarli erimaydi, 95% li spirtda yengil eriydi kungaboqar (pista) moyida kam va sekin eriydi. 132-140°C haroratda suyuqlanadi. Preporatning spirtdagi 100% li eritmasining solishtirma nur yutish ko’rsatkich E1%1cm 440 teng. Oksidevid ham boshqa vitamin D qator preporatlarga o’xshash havo kislorodi va yorug’lik tasiriga beqarordir.
Preporatning chinligi spektrofotometriya usuli bo’yicha aniqlanadi. Uning 0,0012% li spirtdagi eritmasining 240 dan 280 nm to’lqin uzunlik sohasidagi maksimum nur yutishi 265nm to’lqin uzunligida bo’ladi. Oksidevidning xloformdagi eritmasi sur’ma(III)xlorid tasirida darhol pushti rangga bo’yalishi bo’yicha ham, uning chinligi aniqlanadi.
Preporatning miqdori spektrofotometriya usuli bo’yicha aniqlanadi. Uning 0,0012% li eritmasini 265 nm to’lqin uzunligida spektrofotometrda optik zichligini o’lchab, miqdori aniqlanadi.
Vitamin D guruh preporatlari B ro’yxati bo’yicha yorug’lik va havo kislorodi ta’siridan extiyotlik bilan (+10°C dan yuqori bo’lmagan harorat sharoitida) saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |