Kirish Mavzuning dolzarbligi


Ozod Sharafuddinov yozib olgan



Download 95,53 Kb.
bet7/11
Sana17.01.2022
Hajmi95,53 Kb.
#383572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu ko'liq

Ozod Sharafuddinov yozib olgan.

Taqdir menga Abdurauf Fitratday ulug’ insonni tanish baxtini ravo ko’rganidan mamnunman. Men Fitratni ancha yaqindan bilganman, uning uyiga tez-tez borib turardim. Fitratning uyida ko’pgina san’atkorlarni, shoirlarni, olimlarni uchratganman. Bu qutlug’ xonadondagi suhbatlar mening hayotimda chuqur iz qoldirgan, fikrim uyg’ongan, saviyam kengaygan, san’at va ijod haqidagi tasavvurlarim ancha to’lishgan.

Fitrat bilan birinchi bor ko’rishganimda, domla taxminan 42 yoshlarda, men esa endigina 14 yoshga qadam qo’ygan o’spirin edim. Bu davrda Fitrat allaqachon xalq o’rtasida katta shuhrat qozongan: Atoqli inqilobchi, yirik davlat arbobi, faol jamoatchi, barkamol olim, iste’dodli ijodkor sifatida tanilgan edi. Qanday qilib, shunday mashhur odam oddiy bir o’spirin yigit bilan yaqin bo’lishi mumkin? Buning hech qanaqa favqulodda siru asrori yo’q.

Endi gapning indallosiga kelaylik. Uchala amakim ham Fitratga juda yaqin bo’lishgan, uni qadrlashgan va har jihatdan e’zozlashgan. 1908-yili Fitratning Turkiyaga ketishida katta amakimning hissasi bor. Mukammil maxsum ham. Fitrat bilan juda qalin do’st bo’lgan, do’stlik iplari shu qadar mustahkam bog’langanki, amakilarim bamaslahat Fotima opamni Fitratga berib, uni o’zlariga kuyov qilishgan. Men opamni juda yaxshi ko’rardim. Shu tufayli, tez-tez uni ko’rgani Fitratnikiga borib turadigan bo’lib qoldim. Bu chog’larda jumhuriyat poytaxti Samarqandda bo’lib, Fitrat ham shu yerda ishlar, pedakademiyada dars berar va institut bergan uyda istiqomat qilardi.

Fitrat o’rta bo’y, to’ladan kelgan, go’shtdor burni ostidagi taqasimon mo’ylovi o’ziga yarashgan, sochi to’kilib, boshining yonlari va orqa tomonida qolgan, shuning uchun peshonasi haddan tashqari keng ko’rinadigan odam edi. Uni ancha xushfe’l odam deb  o’ylash mumkin. Aslida tajangroq, serzarda, osongina jahli chiqardi. Lekin menga nisbatan bir marta ham tajanglik qilgani yo’q. Bilmadim, opam tufayli shunday bo’ldimi yoxud mening musiqaga ishqibozligim Fitratga ma’qul kelib qoldimi, bilmayman. Har holda, har gal kirib borganimda, domla meni ochiq chehra bilan kutib olar, o’tirishga taklif qilib, ahvolimni surishtirar, qanday o’qiyotganimni so’rardi.

Rostini aytsam, Fitratning uyi men uchun katta bir dorulfunun bo’ldi. Bu uyda men Cho’lpon, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon bilan uchrashdim, shu uyda sharq musiqasining haqiqiy go’zalligini kashf etdim, uning benihoya ranglarga boy, bitmas-tuganmas bir xazina ekaniga ishonch hosil qildim. Shu uyda Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Toshkentning mashhur xonandalari, sozandalari va musiqashunoslari bilan uchrashib, ulardan ancha narsa o’rgandim.

Yuqorida aytganimdek, men Fitrat xonadoniga qatnay boshlagan kezlarda, domla o’nlab dramatik asarlarning, go’zal she’riy dastalarning, har xil ilmiy asarlarning muallifi sifatida tanilib qolgandilar. Men ham u kishini zabardast olim, iste’dodli yozuvchi, ustoz muallim, deb bilar edim. Ya’ni mening nazarimda, Fitrat o’ta jiddiy, o’ta salobatli, uncha-muncha narsalarga qiziqavermaydigan, buning uchun vaqti ham yo’q bir kimsa edi. Tez orada ma’lum bo’ldiki, mening bu tasavvurim butunlay noto’g’ri ekan. Fitrat ko’p narsani qadrlaydigan, ayniqsa, musiqani haddan ziyod yaxshi ko’radigan odam ekan.

Har holda o’sha kezlarda har haftada bir marta Fitratning uyida musiqa kechalari bo’lib turardi. Bu kechalarda shoirlar va olimlar bilan bir qatorda Domla Halim Ibodov, Ota G’iyos, Ota Jalol, Abduqodir Ismoilov, Abdurahmon Umarov kabi ustoz san’atkorlar ham ishtirok etardi. Bu kechalar tong otguncha davom etar, ularda Shashmaqom ohanglari yangrar, turli musiqa asboblarining sadolari eshitilardi. Tez-tez munozaralar bo’lib turar, sharq musiqasining xususiyatlari, usullari, nozik jihatlari to’g’risida tortishuvlar bo’lib ketardi. Fitrat musiqani, qo’shiqni g’oyat nozik his qilishi bilan birga, kuydagi har bir zarbning o’rinli yoxud o’rinsizligini payqay olardi.

Fitrat musiqaning chinakam fidoyisi edi. U 26-yillarda musiqa tarixiga oid qimmatli ilmiy asar yaratdi. Unda ko’pgina musiqa asboblarining tuzilishi bilan birga, paydo bo’lish tarixini ham bayon qilib bergan. Bundan tashqari, 20-yillarda u Buxoroda musiqa o’quv yurti tashkil qildi. Bu musiqa maktabi hozir ham bor. Faqat taassuflar bo’lsinki, bugun o’sha maktabni Fitrat barpo etganini kamdan-kam odam biladi. O’sha maktab jamoasi shahar soveti bilan kelishib, maktab devoriga bir lavha osib qo’ysa-yu, shu bilan Fitratning ruhini xotirlab tursa, ko’p savob ish bo’lardi.

Fitrat tajangroq bo’lsa hamki, fikri tez ishlaydigan hozirjavob odam edi. Zarur bo’lg’anda, bir lahzada kerakli javobni aytib, xarifini mot qilar ekan. Bir kuni bir talaba Fitratga murojaat qilibdi: «Domilajon! Men sizning xatoyingizni topdim!» «Xo’sh-xo’sh, — deptilar domla. — Qanday xato ekan?» «Falon maqolangizda «ga» deyish o’rniga «da» deb ishlatibsiz». Fitrat darhol javob beripti: «Ey, mulla! Mening o’rnimda siz bo’lganingizda «da» tugul, «ba» deb yozar edingiz».

Ba’zan esa Fitratning topqirlik bilan aytgan gaplari zohiran yumshoqroq, bo’shtobroq ko’rinardi-yu, aslida juda tagdor bo’lardi. Bunday hollarda domla kinoya va pichingdan mohirona foydalanardi.  Bir gal shunday voqeaning guvohi bo’lganman.

Fitratning nihoyatda zo’r shoir ekani haqida Lohutiy aytgan bir gap sira esimdan chiqmaydi. 30-yillarning o’rtalarida men Lohutiyning bir she’riga kuy bastaladim. Shu munosabat bilan oramizda yaqinlik vujudga keldi. Aniq esimda yo’q. 1939 -yilmidi yoxud biroz keyinroqmi — har qalay, Lohutiy bilan ko’rishib, ancha suhbatlashib, o’tirib qoldik. Gap aylanib Fitratga keldi. Shunda Lohutiy bir voqeani aytib berdi: «Ha, Fitrat «xalq dushmani»ku-ya, lekin zo’r shoir-da! Bir kuni men nima munosabat bilandir unga she’riy maktub yozdim. Keyin uning javobini kuta boshladim. Hadeganda Fitratdan javob kelavermadi. Kuta-kuta, toqatim toq bo’lib, endi jahl otiga qamchi uraboshlagan edim, pochtachi maktub keltirib qoldi. Fitratdan. U ham she’rda yozipti. O, ana she’ru ana — san’at! O’qib chiqib lol qoldim. Yo’q, shoir men emas ekanman, «xalq dushmani» bo’lsa ham Fitrat shoir ekan!»

Amakilarim opamni Fitratga 1928-yili berishgan ekan. Bu paytda Fitrat 42 yoshda bo’lib, ikki marta uylanishga ulgurgan edi. Ammo nima sababdandir bir xotini bilan murosasi kelishmagan, ikkinchi xotini esa vafot etgan. Fotima opam bilan Fitrat uch yil shirin turmush kechirishgan, keyin ajralishgan. Ammo bu ajralish har ikkovlarining ixtiyorlariga zid o’laroq, mening akam Misbohiddinning tazyiqi bilan bo’lgan. U kishi Fotima opamni Fitratga berishgani uchun amakilarimdan g’oyatda norozi bo’lgan. «Nechun singlimizni turmush qurgan odamga berishdi?», degan alam unga tinchlik bergan emas. Umuman, akam bilan amakilarimning oralari ilgari ham uncha iliq bo’lmagan…

Xullas, Misbohiddin Burhonov 1931-yili Fotima opamni Samarqanddan Dushanbega chaqirtirib olib, Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib, Fitratdan ajralishga qasam ichiradi. Opam sodda, xudojo’y ayol edi. Tabiiyki, u qasamini buza olmaydi, chunki musulmonchilikda qasamxo’rlik eng og’ir gunohlardan biri hisoblanadi.

Samarqandga qaytgandan so’ng, u Fitratning uyidan chiqib ketadi. Bu Fitrat uchun juda og’ir zarba bo’ladi. U ancha vaqtgacha o’ziga kelolmay yuradi va yuragidagi bor dardini qog’ozga to’kib soladi. Shu tarzda «Nega tark etding meni?» degan she’riy maktub dunyoga keladi. Opam bu maktubni umrining oxiriga qadar ko’z qorachig’iday avaylab saqlagan. Men u kishining vafotlaridan so’ng, qog’ozlarini ko’zdan kechirayotib, maktubni topib oldim va undan nusxa ko’chirdim.28

Fitratning ongi juda erta ko’z ochdi. Ongning ochilishi millatning ahvoliga bog’liq. Millatning ahvolini qanchalar anglaganiga, qanchalar to’qnashganiga, qanchalar bularni his qilganiga bog’liq. Fitratning ongi ochildi deganda, uning millat ahvoliga ongi ochilganini nazarda tutmoq kerak. Millatning ahvoliga ochilgan ong o’z darajasiga ko’ra juda kuchli yo’nalgan ongdir. O’shanda u yuragi va ongini o’rtagan fikrlarini aytish uchun farang va buxorolik mudarris munozarasini o’ylab topgan edi.

“Fitrat asr boshlaridagi Buxoro ahvolini va Buxoro vositasida butun Turkiston va butun millatning ahvolini xorijlik ulamo shaxsning nigohi bilan kuzatdi, bu ahvol va bu ishlarga uning aqli bilan baho berdi. Hind sayyohi va farang ulamosi garchi Buxoroga yot odamlar, lekin unga do’st odamlar: ularning har bir so’zlari, harakatlarida shu muqaddas yurtni sevishlari, uni e’zozlashlari, uning buyuk tarixi va merosiy qadriyatlarini benihoya yuksak anglashlari sezilib turadi. Ular millat va uning asr boshidagi ahvol-ruhiyasi haqida o’zlarini biroz chetga tortib turib fikrlaganday bo’ladilar”.29

Fitrat millat fikri va qarashlarining ma’lum bir nuqtalar va ma’lum bir chegaralar ichida to’xtab, qotib qolganiga alohida e’tibor beradi. Millat zulmi ostida orttirgan kayfiyatlardan biri: ahamiyatsizlik, ikkinchisi: g’ayratsizlik edi. Ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashga bel bog’laganlar shu ikki narsaga qarshi va shu ikki narsadan hosil bo’lgan boshqa ilmsizlik, jaholat, qiziqishlarning o’lishi kabi xususiyatlarga bir yoqadan bosh chiqarib jang olib bordi. Shuning uchun ham millatparvarlik g’oyalarining kuchayishi, yoyilishi asosan, gazetalar bilan va ayniqsa, 1906-yilda chiqqan ikki “Taraqqiy” gazetasi bilan chambarchas bog’liqdir.

“Taraqqiy”ni varaqlasak, Fitrat 1910-yillar arafasida va undan keyin ilgari surgan g’oyalar va olib borgan tanqid – millatni tanqid – asosan ilk bora shu “taraqqiy” sahifalarida, 1906-yilda maydonga tashlanganligini kuzatamiz”.30

Fitrat Turkiyada tahsil ko’rgan yillarida badiiy ijod bilan shug’ullana boshladi. Dastlab publitsistik maqolalar yozib "Buxoroi Sharif", "Turon" gazetalariga yubordi. "Buxoroi Sharif" gazetasi mahalliy ma’rifatparvarlar tashabbusi bilan 1912-yil martida fors tilida nashr etila boshlandi. Ko’p o’tmay uning o’zbek tilidagi "Tu­ron" ilovasi bosmadan chiqdi. Gazetalar Kogon shahridagi tadbirkor Levin xususiy bosmaxonasida haftada uch martadan chop etilardi. Fitrat Istambuldan yo’llagan maqolalarida ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. Asta-sekinlik bilan bu g’oyalar tobora jangovar tus olib, Tur­kiyada tahsil olgan yillarida yozilgan "Munozara", "Rahbari Donish", "Oila", "Hind sayyohining qissasi" singari asarlarida, "Sayha" deb atalgan to’plamdagi otashin she’rlarda o’z aksini topdi”.31 Qisqa muddatda Fitrat bu asarlari tufayli Sharqning taniqli yosh adabiyotchilari safidan o’rin oldi.

Turkiyada nashr etilgan bu asarlar Turkistonga olib kelinib, Buxoro, Samarqand ma’rifatparvarlari orasida tarqatiladi, munozaralarga sababchi bo’ladi. Ko’p o’tmay “Buxoroi Sharif" va "Turon" gazetalari yopib qo’yildi. Ammo jadidchilik harakatini endi to’xtatib bo’lmasdi. Ayniqsa, Abdurauf Fitrat va uning bir guruh safdoshlari o‘qishni tugatib Buxoroga qaytganlaridan keyin milliy-ma’rifiy harakat qizg’in tus olib, yangi maktablar xususiy tarzda ochila boshlandi.

Abdurauf Fitrat Shahrisabz, Karki tumanlarida bunday maktablarni tashkil qilish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda faol qatnashdi. Jamiyatda yangi maktab va eski maktab tarafdorlari o’rtasida kurash keskin tus oldi. Yangi mak­tab tarafdorlari jadidlar, eski maktab tarafdorlari qadimiylar deb atala boshlandi. Jadidlar amir Olimxonga murojaat etib, ma’rifatli va adolatli hukmdor sifatida jamiyatda islohotlar o’tkazishga davat etdilar. Diniy aqidaparastlar ta’siriga tushgan hukmdor esa bunga jadid maktablarini ta’qiqlash bilan javob qaytardi, uning tashkilotchilari qatori Fitrat ham tazyiq ostiga olinib, "dahriy" deb e’lon qilindi.

Jadidlar mafkurasiga ko’ra islom dini shaxsning ma’naviy kamoloti va jamiyat rivojida muhim o’rin tutgan. Ular ushbu vazifani hal etmay turib, boshqa muammolarni bartaraf qilishning iloji yo’qligini anglab yetganlar. Ana shu maqsadda 1909-yilda Mahmudxo’ja Behbudiy, 1910-yilda Abdulla Avloniy, 1915-yilda Abdurauf Fitrat tomonidan islom tarixiga oid asarlar yarratildi. Ushbu asarlarda ular islomning paydo bo’lishi va tarqalishining eng muhim bosqichlarini yoritib berdilar, shuningdek, islom aqidalarining noto’g’ri talqin qilinishiga qarshi qchiqdilar.

Fitrat tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar qatorida islom dini me’yorlarini, Qur’on oyatlari va hadislarni, shariat hukmlarini to’g’ri talqin qilish, uni zamon talablariga moslashtirish kabilar bor edi.

“Fitrat muslmon ruhoniylarining fanga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan vakillarni qoraladi. Shu qatorda u islom dini har bir musulmon erkak va ayollarning bilimga ega bo’lishini ularning zimmasiga burch qilib qo’yganligini keng targ’ib qildi”.32

Fitrat ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo’naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan-bir vositasi deb hisoblardi. Uning fikriga ko’ra chin musulmon bo’lish uchun diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarni bilishlari zarur deb hisoblagan. Buni muqaddas Qur’on oyatlari va hadislar asosida tasdiqlagan edi.

Fitratning islomga oid g’oyalari uning islomning asosiy ta’limotini o’zgartishga intilgan, degan xulosaga olib kelmaslik kerak. Sababi u o’z faoliyatida Qur’onni ham, umuman, butun islom ta’limotini ham to’g’ri izohlab bergan. U islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga, jamiyat rivojiga va taraqqiyotiga xalal beradigan salbiy ko’rinishdagi holatlarga qarshi chiqadi. Fitrat johillikni tugatishga, omma orasida taraqqiyparvar g’oyalar uyg’otishga intildi.

Fitrat ko’plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o’qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g’oyalarini ilgari surdi. Uning sa’y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o’qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablag’lar yig’ildi.

Ma’lumot o’rnida shu narsani aytish kerakki, “Turkiston taraqqiyparvarlardan biri, Toshkentning “Qoryog’di” mahallasidan bo’lgan Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja Rossiyada huquqshunoslik sohasi bo’yicha tahsil olib, birinchi oliy ma’lumotlio’zbek advokati bo’ldi. U buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan yozishmalar olib borgan”.33

“Rossiyadagi 1917-yil fevral burjua inqilobi Buxoro amirligidagi siyosiy muhitga ta’sir qilmay qo’ymadi. Endi jadidlar ochiqdan-ochiq siyosiy talablar bilan chiqa boshladilar. Abdurauf Fitrat jadidlarning siyosiy dasturini ishlab chiqib, Buxoroda amirning mutlaq hukmronligini konstitutsion tuzumga asoslangan hukmronlik bilan almashtirishni taklif qildi. Bu dastur quyidagi siyosiy talablarni o’z ichiga olgandi:



  • milliy madaniyatga ega bo’lib mustaqil millat sifatida yashash;

  • davlat tuzilishi jumhuriyat shaklida bo’lib millat majlisi hokimiyat asosidir. Milliy hukumat milliy askarga tayanadi;

  • mamlakatda vijdon, matbuot va nashriyot, shaxs erkinligi ta’minlanadi;

  • asosiy soliq daromadga qarab olinadi;

  • yerosti va yerusti boyliklari davlat mulkiga aylanib, hokimiyatning butun kuchi suv ta’minotiga arishib, yuqori hosil olishga qaratiladi;

  • madaniyat yodgorliklari himoya ostiga olinadi”.34

Jami 19 banddan bo’lgan siyosiy dastur amir Olimxon tomonidan qabul qilinmagandan keyin Buxoro jadidlari erkinliklar talab qilib Labi hovuzdan Buxoro Arkigacha saf tortib siyosiy namoyish qiladilar. Amir sarbozlari va mutaasib mullalar gij gijlagan avom fuqaro kuchi bilan namoyish tarqatilib, ko’pgina jadidlar zindonga tashlanadi va qatl etiladi.

“Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev, Abduvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Muso Sayidjonov va boshqa jadid partiyasi etakchi namoyandalari Toshkent va Samarqandda jon saqlab qolib siyosiy kurashni davom ettiradilar. 1918-yil martida jadid partiyasining so’l guruhiga aylangan Yosh buxoroliklar bolsheviklar yordamida kuch bilan hokimiyatni qo’lga olishga urinib ko’radilar. Bu ikkala tomonda ham katta xunrezliklarga olib kelib, minglab buxoroliklar halok bo’ladilar Bolsheviklar har qanday yo’llar bilan Yosh buxoroliklar ishonchini qozonishga harakat qilib rahbarlarni o’zlarining g’oyaviy ta’sirlariga olishadi va Buxoro Xalq Respublikasini tashkil qilishga yordam ko’rsatishga va’da berishadi. 1920-yil sentyabrida Mixail Frunze boshliq qizil qo’shin yordamida katta qurbonlar, vayronagarchiliklar bilan Buxoro zabt etiladi”.35 Haqiqatan ham, shaklan mustaqil Buxoro Xalq Respublikasi tashkil etiladi, ammo sho’ro Qurolli Kuchlari respublikani tark etishmaydi. Buning oqibatlarini Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jaev va boshqa ja­did arboblari bir necha yildan keyin his qilishadi. O’shanda esa Fitrat Fayzulla Xo’jaev boshchiligidagi hukumat tarkibida maorif noziri, xorijiya noziri, islohot komissiyasi raisi va yana bir qator mas’ul vazifalarda faoliyat ko’rsatadi. Uning bevosita rahbarligi ostida xalq ta’limi, xorij bilan iqtisodiy va ma’rifiy aloqalar yaxshi yo’lga qo’yiladi, bir guruh buxorolik yoshlar Germaniyaga, Turkiya va Rossiyaga o’qishga yuboriladi, vayron etilgan me’moriy yodgorliklarni ta’mirlashga kirishiladi. Chinakam maslakdoshlardan iborat bo’lgan hukumat iqtisodiyot sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib Buxoro pulining qadri tobora oshib boradi. Jadid hukumati vakillari turli yig’inlarda, matbuotda respublika hududidan rus qo’shinlarini olib chiqib, milliy armiyani shakllantirish, milliy kadrlarga rahbarlikdan keng o’rin berish va boshqa siyosiy talablar bilan chiqa boshlaydilar. "Buxoro axbori" (hozirgi "Buxoronoma") gazetasida 1922-1923-yillarda bu to’g’rida ko’plab maqolalar e’lon qilinadi Ammo barcha harakatlar behuda edi. Bolsheviklar Buxoro Xalq Respublikasini yo’qotish uchun barcha tadbirlarni ko’rdilar, Lenin shu maqsadda Kuybishev, Rudzutak singari sinalgan yordamchilarini Buxoroga yubordi 1923-yilda Fayzulla Xo’jaevning Moskvada uzoq davolanayotganidan foydalanib sho’rolar tashabbusi bilan o’tkazilgan Buxoro markaziy ijroiya qo’mitasining yig’ilishida Ab­durauf Fitrat, Atoulla Xo’jaev, Muinjon Aminov, Sattor Xo’jaev singari ayniqsa erksevar rahbarlar bo’lmag’ur tuhmatlar bilan obro’sizlantirilib, lavozimlaridan bo’shatildilar va Buxorodan badarg’a qilindilar. Fitrat 1923-1925-yillarda Moskva, Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida yoshlarga turk arab, fors tillari va adabiyotidan dars berdi. Badiiy va ilmiy ijod bilan mashg’ul bo’ldi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari tugatilib O’zbekiston Respublikasi tashkil etilishi, Fayzulla Xo’jaev hukumat boshlig’i etib saylanishidan keyin Fitrat Samarqandda, Toshkentda yashadi, madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan shug’ullandi. Lekin mustaqillik orzu umidlari u yaratgan badiiy asarlarida o’z ifodasini topdi.

Shundan keyin Fitrat umrining oxirigacha Buxoroi Sharifning bolsheviklar tomonidan talanishi, O’zbekistonning sho’rolar qaramiga aylanishida o’zini ham aybdor his qilib qattiq iztirob bilan yashadi. Bu narsa uning "Yig’la, Islom", "Abulfayzxon", "Qiyomat", "Shaytonning tangriga isyoni" kabi o’nlab asarlarida o’z ifodasini topdi Fitrat 1937-yilda hibsga olinib, 1938-yili Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo’zsuv qirg’og’idagi qatlgohda millatimizning boshqa erksevar farzandlari qatori otib tashlandi.

Bolsheviklar Abdurauf Fitratning jismini yo’qotgan bo’lsalar ham u yaratgan buyuk asarlarni xalq xotirasidan o’chirib tashlay olmadilar, endi bu asarlar badiiy merosimizning bebaho durdonalari sifatida ardoqlanib qayta nashr etilmoqda.


Download 95,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish