Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Istibdod mafkurasi, zanjirband siyosat tufayli atayin buzib ko’rsatilgan ona tarix sahifalarini xolis, halol, birlamchi ma’nolarida o’rganish, yoritish va targ’ib etish imkoniyatiga ega bo’ldik.
Oila masalasi, uning jamiyat hayotidagi o’rni qadim-qadimdan faylasuflar, adiblar va boshqa olimlarni qiziqtirib kelgan.
Odamlarning madaniy toifa ekanliklari, ya'ni tabiat hukmi ila bir qabila yoki bir qavm suvratida jam bo'lib, bir-birlariga yordam berib yashashlari ma'lum. Kimki ana shu tabiat qonunining doirasidan chiqsa, ya'ni jamiyatdan chetlashsa, shubhasiz, mahv va nobud bo'lg'ay. Tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, odamlar xalq bo'lishlaridan oldin jamoa bo'lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Binobarin, vahshiy hayvonlarga o'xshab yolg'iz, yakka-yakka bo'lib yashaganlar. Shu bois ular tabiiy mushkulotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujumlaridan halok bo'lganlar. Vaqt o'tishi bilan odamlar jamoa bo'lib yashash lozimligini tushundilar. Ularning birinchi jamoalari “oila”, ya'ni “ahli bayt” bo'lgan. Ahli bayt jamoalari asta-sekin rivojlanib qavm va qabila jamoasiga aylangan. Bu muqaddimadan ma’no shuki, oilaning shakllanishi, ya'ni ahli bayt jamoasi, boshqacha aytganda oila boshqarishga asos solish bani Odam madaniyatining asosi ekan. Bizga ma'lumki, odamlar qayerda qavm yoki qabila bo'lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar. Aks holda o'rtalarida tartibsizlik ro'y bergan zahoti nizom-u qoida yo'qolib, darhol nobud bo'ladilar yoki e'tiborsiz va xor bo'ladilar. Aslida bu tabiiy va zarur bir hodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g'arazli bo'ladi. Bir nechta odam jam bo'lib qolsa, har biri o'z manfaatlariga asir bo'lib, boshqalarning huquqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo'ladi. Buning natijasi notinchlik va intizomsizlik bo'lib, oqibati yana o'sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim. Ushbu risolaning asosiy mavzuyi «oila»dir. Oila er-xotin va farzandlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, oila bir shaxs boshchiligida bir uyda yashovchilardir. Shu ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, oila ham bir necha odamlardan iborat bo'lgan jamoa ekan. Ularning har biri insonga xos narsaga, ya'ni o'z manfaatlariga asir bo'ladi. Biri ikkinchisining huquqini tasarruf qilib bosib olishi mumkin. Ana shu tajovuz oldini olish uchun oila a'zolari o'rtasida ham bir qonun lozim. O'tgan olimlar-u hakimlar shu masalada sa'y-harakat qilib qonunlar ishlab chiqqanlarkim, ularning umumiy hay'atini “manzil tadbiri” (ro'zg'or tebratish tadbiri) deb ataydilar. Dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq.
Asrimizning 20–30-yillaridayoq bu haqda qator ziyolilar va hatto, risolalar e’lon qilingan. Moskov ilmiy jurnallarida ham bu muammoga munosabat bildirilgan ishlar chop etilgan. Xorijdagi mutaxassislar ham bu masalaga o’qtin-o’qtin murojaat etib turdilar. Ammo bu chiqishlarning aksariyati o’ziga xos cheklanishlarga ega edi.
XX asr Turkiston jadidchilik harakatining ulkan namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat ham ushbu masalaga alohida e’tibor bergan. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning huquq va burchlari, hatto, go’daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o’zini qanday tutishi kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib berdi. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o’rni, bolalarning ijtimoiy, ahloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga sog’lom, ma’rifatli oila va u voyaga yetgazadigan har tomonlama yetuk avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, shu yurt shon-shuhrati, qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan biri ekanligi Fitrat tomonidan ta’kidlandi.
Millat va mamlakatning rivojlanishi ko’p jihatdan fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi sanalmish oilaga bog’liq. Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida bu haqda shunday deyiladi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”.
Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga yuz tutilishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko’p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi.
Kitob Buxoroda 1914-yili yozilib, 1915-yilda chop etilgan. Asarning noshiri Mirzo Abduvohid Munzim bo’lgan. O’sha davrdayoq asar Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda keng tarqalgan va jamoatchilikning diqqat-e’tiborini tortgan.
Fitrat asarda chuqur va keng bilimlarga asoslangani bois, o’tkir mutaxassis sifatida fikr yuritadi. U insonlarga axloq-odobni saboq berishga, oila tutish qounu-qoidalarini odamlarga o’rgatishga haqqi bor, zero, bu masalada bilim darajasi bo’yicha, u bilan zamondoshlaridan hech kim tenglasha omas edi. Istisno tariqasida Mahmudxo’ja Behbudiyning “Hifzi sihatli oila” (“Oila sog’ligining himoyasi”) maqolasini tilga olmaslik mumkin emas, lekin Fitratning kitobidan so’ng chop etilgan bu maqolada muammo faqat qisman yoritilgan edi. Islomshunoslik fani va dunyoviy ilmlardan boxabar bo’lgan Fitrat asarda huquqshunos, sotsiolog, pedagog va tabib sifatida namoyon bo’ladi. U tadqiq qilgan masalalar doirasi juda keng bo’lib, nima uchun oila qurish kerak? Savoliga javob berishdan tortib to ota-ona va bolalar huquqlari, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammolarini o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |