Kirish. Korporativ birlashishlarning iqtisodiy mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va amalga oshirilishi


-jadval. O'zaro bog'liqlikdan kelib chiqqan holda korporativbirlashishlar va qo'shib olishlarning tasniflanishi.4



Download 1,59 Mb.
bet3/12
Sana30.03.2022
Hajmi1,59 Mb.
#519314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI JUMANAZAR 2022 (2)

1-jadval.
O'zaro bog'liqlikdan kelib chiqqan holda korporativbirlashishlar va qo'shib olishlarning tasniflanishi.4

1. Gorizontal birlashish va qo'shib olish. Bu tipga bitta tarmoqda faoliyat ko'rsatuvchi kompaniyalaming o'zaro birlashishi yoki qo'shib olinishi holatlarini kiritish mumkin. Bunday kompaniyalar bozorda o'zaro raqobatchilar hisoblanadi. Bunga 2005-yilda “O'zuyjoyjamg'armabank” va “Zaminbank”ning o'zaro birlashishini misol sifatida keltirish mumkin.
2. Vertikal qo'shib olish. Vertikal qo'shib olish o'zaro bogliq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni o'ziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishni ko'zda tutadi. Masalan, aviakompaniyalaming turizm agentliklarini o'ziga qo'shib olishini vertikal qo'shib olish sifatida keltirish mumkin.
3. Konglomerat qo'shib olish. Faoliyat yo'nalishlari o'zaro bogliq bolmagan kompaniyalaming biri tomonidan ikkinchisining qo'shib olinishi konglomerat qo'shib olishni anglatadi. Bunga misol sifatida kompyuterlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani qo'shib olishini keltirish mumkin.
O'zaro birlashayotgan yoki qo'shib olinayotgan kompaniyalaming mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qo'shib olishlami quyidagi ikki turga ajratish mumkin:- milliy birlashishlar - bitta davlatda joylashgan kompaniyalaming o'zaro birlashishi;- transmilliy birlashishlar - turli davlatlarda joylashgan kompaniyalaming o'zaro birlashishi yoki boshqa mamlakatlarda joylashgan kompaniyalami qo'shib olish.Kompaniyalaming foyda hajmini maksimallashtirish va bu orqali kompaniya bozor qiymatini oshirishga bo'lgan intilishlaridan kelib chiqib, korporativ birlashish yoki qo'shib olish bo'yicha bitimlami amalga oshirishga undovchi asosiy ta’sir elementlari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:-qo'shib olinadigan kompaniyaga yuqori darajali boshqaruv tizimini olib kirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish.- ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish.- takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarlarga barham berish. -moliya bozorida ustunlikka ega bolish.- resurslar bo'yicha bir-birini to'ldirish imkoniyati.-yirik shartnomalami qo'lga kiritish imkoniyati.-o'zaro raqobatni chetlab o'tish va monopoliya o'matish imkoniyati.-faoliyatni diversifikatsiyalash imkoniyati.- qo'shimcha axborotlami qo'lga kiritish imkoniyati. -kompaniyaning bozor bahosi bilan uning aktivlari o'rtasidagisalbiy tafovutdan foydalanish imkoniyati.-kompaniyaning likvidatsion qiymati bilan aktivlar qiymati o'rtasidagi tafovutdan foydalanish (bolib-bo'lib sotish) imkoniyati.- qo'shib olinishdan himoyalanish imkoniyati.
Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida aksariyat amalgaoshiriladigan birlashish yoki qo'shib olishlaming asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarga kapital kiritishda tejamkorlikka erishish, haddan tashqari ko'p sonli boshqaruv xodimlari faoliyatini yuritish uchun ajratiladigan ma’muriy xarajatlarni qisqartirish orqali tejamkorlikka erishish imkoniyatlarini ham keltirish mumkin.Kompaniyalar birlashishi va qo'shib olishlarining o'ziga xos kamchiliklari sifatida quyidagilami keltirish mumkin:- har ikkala kompaniya aksiyadorlarining roziligi talab qilinishi;- qo'shimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilishi:
- kompaniyani noto‘g‘ri baholash bilan bog“liq yuqori darajadagi risklar;
- bitim amalga oshirilgandan so‘ng xodimlar' bilan bogliq muammolarning yuzaga kelishi;
-transchegaraviy birlashishlar natijasida korporativ madaniyatlaming o'zaro mos kelmasligi va boshqalar.
Kompaniyaning boshqa bir kompaniya bilan o'zaro birlashishida yuridik jarayonlaming asosiy uchta turi amal qiladi:

  1. Qo'shib olish yoki konsolidatsiya.

  2. Aksiyalar nazorat paketini sotib olish yoli bilan birlashish.

  3. Kompaniya aktivlarini sotib olish yoli bilan birlashish.

Korporativ birlashishlaming bunday turlari yuridik nuqtayinazardan o'zaro farqlanadi. “Qo'shib olish” atamasi ba’zan birlashishning har qanday shakliga nisbatan ham qollanilishi haqida yuqorida ham to'xtaldik.Atamalami o'zaro farqlash maqsadida qo'shib oluvchi korxonani xaridor (bidder) atamasi bilan, qo'shib olinayotgan korxonani qo'shib olish obyekti (target firm) atamasi bilan ataymiz. Bunda xaridor kompaniya qo'shib olinishi mo'ljallangan kompaniyaga pul mablaglarini yoki qimmatli qog'ozlami taklif etadi.Bunda taklif etilayotgan pul mablag'i yoki qimmatli qog'ozlar birlashish uchun kompensatsiya sifatida gavdalanadi.Qo'shib olishda bir kompaniyaning boshqasi bilan to'liq birlashishi ko'zlanadi.
Qo'shib olayotgan kompaniya o'z nomini saqlab qoladi va qo'shib olingan korxonaning barcha aktivlari va majburiyatlariga egalik qila boshlaydi.Konsolidatsiya - qo'shib olish bilan deyarli bir xil, lekin uning natijasi sifatida yangi kompaniya tashkil etilishini keltirishimiz mumkin. Konsolidatsiya jarayonida ikkala yuridik shaxs (qo'shib olayotgan va qo'shib olinayotgan kompaniyalar) o'z faoliyatini tugatadi va yangi kompaniya qismlariga aylanadi.Konsolidatsiya va qo'shib olishdagi asosiy o'xshashlik sifatida aktivlar va majburiyatlaming o'zaro birlashishini keltirish mumkin.Kompaniyalami qo'shib olishning ikkinchi usuli naqd pul, aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog'ozlarga almashtirish yoli bilan aksiyalar nazorat paketini qolga kiritish hisoblanadi.
Bu jarayon ba’zida bir kompaniya rahbariyatining boshqa kompaniyalar aksiyadorlariga yoki menejerlariga xususiy taklif bilan chiqishdan boshlanadi.Bunda mustaqil ravishda qo'shib olish obyekti hisoblangan kompaniya aksiyadoriga aniq belgilangan vaqtda taklif bilan chiqiladi, shuningdek qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha ochiq taklif bilan ham chiqilishi mumkin. Bu bir kompaniya aksiyadorlari tomonidan boshqa kompaniya aksiyadorlariga nisbatan muno- sabatlarini anglatadi.Agar aksiyador taklifni qabul qilsa, u o'z aksiyalarini naqd pul, qimmatli qog'ozlar yoki taklif shartlariga bog“liq ravishda boshqa aktivlarga almashish hisobiga qo'shib oluvchi kompaniyaga taqdim etadi.
Ko'p hollarda ochiq taklif qo'shib olish rejalashtirilgan kompaniyaning ovozga ega aksiyalari ulushiga bogliq hisoblanadi. Agar aksiyadorlardan kelib tushadigan qimmatli qog'ozlar yetarli bolmasa, taklif bekor qilinishi yoki shartlari o'zgartirilishi mumkin.Qo'shib olish rejalashtirilgan kompaniya aksiyadorlariga taklif odatda ochiq elon berish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur operatsiyalar ba’zida to'g'ridan to'g'ri taklif yuborish orqali ham tashkil etiladi. Lekin bunday metod keng qollanilmaydi. Chunki bunda barcha aksiyadorlar nomi va manzilini aniqlash birmuncha murakkablik tug'diradi.Aksiyalar nazorat paketi orqali qo'shib olish va birlashish o'rtasidagi tanlov vaqtida quyidagi omillarga e’tibor qaratiladi:
1. Aksiyalar nazorat paketi orqali qo'shib olish jarayonida aksiyadorlar umumiy yig'ilishini majburiy tartibda chaqirish va ko'pchilik ovoz bilan qo'shilish haqida qaror qabul qilish talab etilmaydi. Agar taklif aksiyadorlami qanoatlantirmasa uni qabul qilishga va o'z aksiyalarini tadim etishga majbur emas.
2. Nazorat paketi orqali qo'shib olish jarayonida qo'shiboluvchi kompaniya o'z taklifi bilan qiziqtirib qo“ygan kompaniyalar aksiyadorlariga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishi mumkin. Ya’ni bunda qo'shib olish rejalashtirilgan kompaniya boshqaruviga murojaat qilish talab etilmaydi.
3. Nazorat paketi orqali qo'shib olish odatda birmunchamurakkab jarayon hisoblanadi. Ko'pgina holatlarda mazkur usuldan qo'shib olishga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urinuvchi korxona rahbariyatini aylanib o'tish varianti sifatida foydalaniladi. Kompaniya rahbariyati tomonidan bunday qarama-qarshilik natijasida nazorat paketi orqali qo'shib olish oddiy birlashishga nisbatan qimmatga tushishi mumkin.
4. Ko'pincha ayrim tor doiradagi aksiyadorlar o'z qimmatli qog'ozlarini sotishni rad etadilar. Bunday holatda kompaniya toliqqo'shib olishi mumkin emas, yoki qo'shib olish bo'yicha risk darajasi sezilarli darajada ortadi. Masalan, qo'shib olish obyekti aksiyalarining 80 foizdan kam bo'lgan qismiga egalik, qilinayotgan bolsa, kompaniya qolgan aksiyalar bo'yicha dividendlar, qo'shib olish obyektidan olinadigan soliq to'lashga majbur.
5. Bir kompaniyaning boshqasini to'liq qo'shib olishi faqatgina birlashish natijasida o'z nihoyasiga yetadi, shuning uchun aksiyalar nazorat paketi orqali qo'shib olish aksariyat holatlarda yakuniy birlashuvda o'z ifodasini topadi.Kompaniya boshqa kompaniyani aktivlarining katta qismini sotib olish orqali ham qolga kiritishi mumkin. Bu amaliy jihatdan kompaniyani sotib olish bilan bir xil. Lekin bunday holatda qo'shib olish obyekti aktivlarini sotishi bilanoq yuridik shaxs sifatida o'z faoliyatini to“xtatishga majbur emas.
Aksiyadorlar tomonidan tugatish haqida qaror qabul qilinmaydi va bu niqob sifatida amal qiladi.Qo'shib olishning bu usuli sotiladigan kompaniya aksiyadorlarining rasmiy roziligini talab qiladi. Bunday yondashuvning afzalliklaridan biri o'z aksiyalarini sotishni rad etuvchi kamchilik aksiyadorlar bilan bogliq muammolar yuzaga kelmaydi. Boshqa tomondan aktivlami qo'shib olish aniq turdagi aktivlarga mulkchilik titulini o'tkazish ko'zda tutiladi va aktivlami o'tkazishning yuridik jarayoni ancha-muncha xarajatlarni talab qilishi mumkin.Amaliyotda “Kompaniya ustidan nazoratni qo'lga olish”tushunchasi ham ko'p qollanadi. Bu tushuncha umumlashtirilgan va keng tushuncha sifatida qollanilib, kompaniya boshqaruvining bir guruh aksiyadorlar qolidan boshqasiga o“tishini anglatadi. Bunday tavsif quyidagi uchta holatdan har biriga mos keladi:

  • kompaniyani qo'shib olish;

  • amaldagi rahbariyatni chetlashtirish maqsadida aksiyadorlaming sezilarli qismini o'z tomoniga og'dirib olish yoli bilan kompaniya ustidan nazoratni qolga olish (proxy contest);

  • aksiyadorlik kapitalining alohida guruhlar to'liq xususiy mulki sifatida o'tkazish yoli bilan nazoratni qo'lga olish yoki OAJdan YoAJga o'tkazish.

Keltirilgan bunday usul oddiy qo'shib olish tushunchasiga nisbatan birmuncha keng tushuncha hisoblanadi.
Nazoratni qo'lga olish malum bir guruh aksiyadorlaming direktorlar kengashi (kuzatuv kengashijning yangi tarkibiga ovoz berish va yangi tarkibdagi direktorlar kengashini shakllantirish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Bu jarayon “aksiyadorlar guruhlarining hal qiluvchi ovoz berishga intilishi” sifatida baholanadi.Kompaniya xususiy kapitalining alohida katta bolmagan aksiyadorlar guruhlari qoliga mulk sifatida o'tishi odatda kompaniya menejerlari yoki bilvosita investorlar tomonidan tashkil etiladi. Kompaniya ustidan nazoratni qolga olishning bunday shakllari umumqabul qilingan nomlarga ega. Ya’ni aksariyat holatlarda aksiyalami sotib olish vositasi sifatida qarz mablaglaridan foydalaniladi va bu kredit hisobiga aksiyalar nazorat paketini sotib olish (LBO - leveraged buyout) deb ataladi. Shuningdek menejerlar tomonidan aksiyalar nazorat paketini sotib olish (MBO - management buyouts) amaliyoti ham ko‘p uchraydi va bu jarayonda kompaniya rahbariyati faol harakat qiladi. Kompaniya aksiyalari bunday holatlarda ochiq bozor kotirovkalarida emas birja listinglaridan tashqarida ko'proq muomalada boladi.


  1. Korporativ birlashmalar va qo’shib olishlar holati.

(Xorijiy mamlakatlar misolida)
Korporativ birlashmalaming tashkil etilishi keskin raqobat sharoitida yangi bozorlarga kirib borishda, ishlab chiqarishni modemizatsiyalashda, yangi loyihalami o'zlashtirishda, davlat bilan soliq munosabatlarini samarali tashkil etishda va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar malum birlashmalar tarkibiga kirish orqali ham faoliyatni tashkil etishga e’tibor qaratadi.Mamlakatimizda quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan xo'jalik birlashmalari xo'jalik boshqaruvi organlari hisoblanadi:
- tarkibiga kiruvchi korxonalaming xo'jalik birlashmasiga tegishli bolgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalaming xo'jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
-muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko'maklashish uchun muassis-korxonalaming aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalar.Xo'jalik birlashmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
-tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;
- marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlaming yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o'zlashtirish, ulaming jahon bozorlariga kirib borishiga ko'maklashish;
- korxonalami modemizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalami keng jalb qilishda yordam berish;- ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko'rsatish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.Xo'jalik birlashmalarining asosiy shakllari sifatida xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, kontsemlar, kontsortsiumlar, sindikat, kartel kabilar amaliyotda keng qo'llaniladi.Xoldinglar aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Bunda xolding yuridik shaxs bo‘lib bevosita ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirmaydi, lekin ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari nazorat paketiga egalik qiladi.
Xoldinglaming sof xolding, ma’muriy xolding, moliyaviy xolding kabi turlari mavjud. O'z navbatida xolding kompaniyasining o'zi ham boshqa xoding kompaniyaning tarkibiy qismi bo'lishi mumkin. Mamlakatimizda xoldinglar amaliyoti keng qo'llaniladi. Bunda sho’ba korxonalar faoliyatini markazlashgan tartibda boshqarib borish amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish