3.O'zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to'g‘risida”gi Nizom «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida», «Qimmatli qog'ozlar bozorito'g'risida». «Raqobat to‘g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ulaming faoliyat ko'rsatishi tartibini belgilaydi.Xoldinglarni davlat ro“yxatidan o'tkazish *. tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalaming aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi o'zida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yig'ilishida va uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad etilishining so'zsiz huquqini ta’minlaydi. Aksiyalarining nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona sho“ba korxona hisoblanadi. SholDa korxonalar mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug'ullanishga haqlidir.Xolding boshqa xoldingning shu’baa korxonasi bolishi mumkin.Xolding aktivlari) qimmatli qog'ozlar;b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding mablag'lari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;v) pul mablaglari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki toliq uning asosida, shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yoli bilan tashkil etilishi mumkin.Xolding aktivlari tarkibiga, shu’ba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalaming paritet paketlari (qatnashchi ikkita bo'lgan taqdirda 50 foiz) va boshqa xo'jalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalaming nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qog'ozlami sotib olish va sotishga haqli boladi.Shu’ba korxona o'z majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol- mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli bolgan aksiyalaming nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi.
Bosh xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda sho'ba korxonaning qarzlari bo'yicha javob berishi mumkin.Sho'ba korxona o'zining xoldingga tegishli bo'lgan aksiyalari paketi miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.Sho'ba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig'ilishlarida xoldingning vakillari mazkur sho'ba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga ega bo'ladilar. Ro'yxati ustavda ko'rsatilishi kerak bolgan sho'ba korxonalami rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali ko'pchilik haqidagi norma belgilab qo’yiladi.8 Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda «Aksiyadorlik iamivatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himova qilish to'g'risida». «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida». «Raqobat to'g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat ko'rsatadi.Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari bo'lishlari mumkin.Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslaming qatnashish xususiyatlari O'zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xoldingning nomiga «xolding» so'zi qo'shilgan bo'lishi hamda uning turi («AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko'rsatilgan bo'lishi kerak.Xolding tashkil etish va uni ro'yxatdan o'tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatdan o'tkazish va hisobga qo'yish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga ko'maklashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning sho’ba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning sho'ba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek ko'rsatib o'tilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda belgilab qo'yilishi huquqi berikishiga yo“l qo'yilmaydi.
Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo'l qo'yilmaydi:savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, kommunal xo'jalik, transport (temir yol, aviatsiya, truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlami amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari), xalq badiiy hunarmandchiligi.
O'zbekiston Respublikasi qonun huiiatlariga muvofiq Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega bolgan davlat korxonalari va mol-mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yo'l qo'yilmaydi.
Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xo'jalikuyushmalari (ittifoqlar, kontsernlar, konsortsiumlar, korporatsiyalar va boshqalarjning yoki korxonalaming boshqabirlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy vorislari bolishi mumkin emas.Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona bolinmasining) shol)a korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi bilan yol qo'yiladi.
Bunday rozilik umumiy yig'ilishda barcha xodimlaming yarmidan ko'pining ovozi bilan qabul qilinadi.Sarmoyasining 50 foizdan ortig'ini boshqa emitentlaming qimmatli qog'ozlari va o'zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog'ozlar va o'zga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko'rsatishini ta’minlash uchun bevosita zarur bolgan mol- mulk kirishi mumkin.Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko'rsatib o'tilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bolgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Ko'rsatib o'tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini ro'yxatdan o'tkazgan organning taqdimnomasi asosida xo'jalik sudi tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish to'g'risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o'rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalami davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortig'ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo'shishga haqli emaslar.Moliyaviy xolding sho'ba korxonalaming ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Moliyaviy xolding vakillari faqat sho'ba korxonalar aksiyadorlari yig'ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho'ba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.Moliyaviy xolding o'ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qog'ozlaming tashkil etilgan bozoridan (fond biijasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond biijasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan aksiyalar bilanamalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish vaxususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin.Korxonalami davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish to'g'risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritiladi. Taklifda:
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va vazifalari ko'rsatilgan bo'lishi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgankorxonalar (bo'linmalar) гo’yxati berilgan bo'lishi;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida ko'rsatib o'tilgan korxonalar (bolinmalar) tomonidan ishlab cljiqariladigan mahsulotlar ulushi to'g'risidagi ma’lumotlar berilgan bo'lishi;
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning sholDa korxonalar bilan o'zaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning ta’sis hujjatlari loyihalari mavjud bolishi kerak.
Arizaga ilovada sholja korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif etilayotgan korxonalar (bolinmalar) mehnat jamoalarining qarori bo'lishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning II bolimi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim.Qayta o'zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar ko'rinishidagi o'z mablaglarini qo“yish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bolishlari mumkin.
Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (shoTaa) korxonalami ajratgan holda xolding tashkil etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan bolinmalaming ustav sarmoyasini ko'paytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat bolganda ehtimol tutilgan o'zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o'rtasida tanlov otkazadilar.Yuridik mustaqil korxonalaming aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xo'jalik mustaqilligiga ega bo'layotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan chiqarilishi kerak bolgan korxonalar ro'yxatini aniqlaydilar;
korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ulaming korxonalami xoldingning sho’ba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga oladilar;
qo'shimcha investitsiyalami jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini ko'rib chiqadilar, zarurat bolganda ehtimol tutilgan o'zga investorlami xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o'rtasida tanlov o'tkazadilar.
Korxona (ajralib chiqadigan bo'linma) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.O'zga investorlaming ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav fondiga qo'shiladigan mulk qiymati qonun hujjatlariga muvofiq baholanadi.O'zga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya qatnashchilari tomonidan qo'shiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlaming roziligiga ko'ra baholanadi.Sho'ba korxonalarga (bolinmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan ro“yxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga mo'ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo'shishlari mumkin.
Eslatib o'tilgan aksiyalaming o'miga sho'bakorxonalaming xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal qiymati bo'yicha sotiladi).Xolding tashkil etish to'g'risidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingantaqdirda:sho'ba korxonalaming aksiyalari paketlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustavsarmoyasini to‘lash tartibida qo'shiladi.
Bunda xolding ustavsarmoyasi aksiyalaming ushbu paketlari va unga muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlaming jami nominal qiymatiga teng boladi;sho'ba korxonalaming qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;xolding aksiyalari uning qatnashchilari o'rtasida ulaming ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.Davlat mulkida bolgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga davlat mulkiga biriktirib qo'yishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha' korxonalar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan yo'l qo“yilgan holdagina yo'l qo'yiladi.
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar
:- nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy birlashtirish;
- nodavlat xo'jalik jamiyati tomonidan boshqa xo'jalik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yoli bilan tuziladi.
Xoldinglar yilning har choragida o'z balanslarini, foyda va zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalaming o'zlariga tegishli aksiyalari haqidagi toliq malumotlami hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotni elon qilishga majburdirlar.