1-rasm Respublikamizda Xolding kompaniyalari va ular tarkibidagi Aksiyadorlik jamiyatlari soni, 2019-yil xolatiga.9
Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan o'zining sho“ba korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortig'ining oldi-sotdisi to'g'risidagi ma’lumotlar bitim tuzilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta elon qilinishi kerak.Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ulaming faoliyatini to'xtatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan xolding kompaniyalari va ular tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).
O'z navbatida xolding kompaniyalari va ular tarkibidagi aksiyadorlik” jamiyatlarining muomaladagi aksiyalari qiymati quyidagi rasmda keltirilgan (2-rasm).
2-rasm Respublikamizda xolding kompaniyalari va ulartarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar hajmi, mlrd so'mda (28.12.2019-yil holatiga)10
Yuqoridagi rasm maTumotlaridan ko'rinib turibdiki, О‘zbekneftegaz milliy xolding kompaniyasi va uning tarkibidagi 50 aksiyadorlik jamiyati tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar hajmi boshqa xoldinglarga nisbatan yuqori bolib, qariyb 16,12 trillion so'mga teng bo'lgan. Keltirilgan ikkala rasm asosida respublikamizda ma’muriy xoldinglar amaliyoti keng yo'lga qo'yilganligini ta’kidlash mumkin. Bu o'z navbatida aksiyadorlik kapitalida davlat yoki xo'jalik boshqaruvi organlari (xo'jalik birlashmalari) ulushi keskin yuqori ekanligini ko'rsatib bermoqda.
Xulosa. Korporativ birlashish va qo'shib olishlar shuningdek, korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun korporativ moliyaviy munosabatlaming va korporativ boshqaruvning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bu borada har kuni butun dunyo miqyosida qator bitimlar' tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida ikki kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida o'zaro birlashadi.
Bundan tashqari, kompaniyalaming o'zaro birlashishi bilan bir qatorda, birlashishga teskari bo'lgan ajralib chiqish yoki bolinish amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Kompaniyalaming bo'linishi va ajralib chiqishidan ham asosiy maqsad foydani maksimallashtirishga qaratilishini talddlash lozim. Quyida kompaniyalaming o'zaro birlashishi, qo'shib olish jarayonlari va ulaming o'ziga xos jihatlari xususida atroflicha to'xtalib o'tamiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har qanday korporativ tuzilma o'z rivojlanish strategiyasini belgilashda o'z tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi.
Bunda korporativ moliyani boshqarishning subyektlari hisoblangan moliyaviy menejerlar tomonidan moliyaviy rivojlanish strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq hisob-kitoblar asosida belgilab beradi.Birlashish va qo'shib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qo'shimcha elementlami birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin.