Kirish kirish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana19.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#500709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5300828699485017589

O’ZGARISHLAR TUMANLIGI 
Ko‘zlari yumuq holda yotgan bizni Leytenant Miller daslab hech narsani 
his qilmadi. Ko‘zini ochishga urinishlari befoyida kechdi. Miyasini bir narsa 
parmalayotgandek qaydandir og‘riq paydo bo‘ldi. Goyo og‘riq atrofidagi 
narsalarni xis qilishga yordam berdi va u yumshoq o‘rinda yotganini idrok 
qildi, yonidagi g‘ong‘irlagan ovozlar asta sekin shivirlash, so‘ng esa aniq 
ovozlarga aylandi. Ko‘zini ochishga harakat qildi va ochdi. U o‘z uyida 
xonasida yotganini idrok qilish uchun bir qancha vaqt kerak bo‘ldi. Atrofga 
nazar soldi, yonida suhbatlashyotganlar onasi va opasi ekanini angladi. 
Qo‘llarini harakatga keltirdi buni sezgan onasi darrov uni boshiga egildi. Og‘zi 
qurib qolganidan gapirishga holi yo‘q, qo‘llari bilan imo qilishga harakat qildi 
onasi esa buni tushinib o‘g‘liga suv tutdi. Suvni ichib lablari harakatga kelgan 
Robertning birinchi so‘zilari zo’rg’a ingrab chiqdi: 
- Men nega bu yerdaman, bo‘ldi? 
- O‘g‘lim, azizam o‘zimni! Sen o‘z uyingdasan, oilang davrasidasan, -
tushuntirdi unga onasi.
- Buni angladim, ona. Lekin, men.... men janga edim-ku, adashmasam, 
chekinyotgandik va.... va nima bo‘ldi o‘zi..? – xotirasi alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan 
Robert xayolini bir joyga yig‘ishi oson kechmayapgandi. 


- O‘g‘lim, to‘g‘ri, sen jangda eding. Lekin sen yaralanding, o‘g‘lim! Seni uyga 
safdoshlaring olib kelishdi. Ularning aytishicha, o‘qotar quroldan 
yaralanibsan, seni alaqanday telbaroq shifokor davolabdi.... Va birqancha 
narsalarni qilibdi.... Bilasanmi o‘g‘lim, men sendan juda-juda xavotir oldim, 
aytgandim-a senga bormagin o‘sha harbiyga den. Sen esa..... Sen esa...
Bo‘ldi, onaning ovozi bo‘g‘ilib gapira olmay ho‘ngrashga tushdi. Uning 
yig‘i ovozidan otasi, akalari kirib kelishdi va Robertning ochiq holdagi 
ko‘zlarini ko‘rib sevinchdan yashnab ketdi opasi Lora onasini suyab xonadan 
olib chiqib ketdi.
- Otajon, akalarim. Balki sizlar aytarsizlar nega... qanday qilib men uyga kelib 
qoldim?
- O‘g‘lim, avvalo, butun oilamiz ko‘zingni ochganingdan juda hursandmiz. 
Deyarli uch haftadan buyin hushsiz yotganding. Biz....
- To‘xtang, ota, uch hafta nima bo‘ldi o‘zi”, - haliyam taajjubdagi Robert 
so‘radi hech narsani anglamay. 
- O‘g‘lim, biroz tinchlan. Ha sen uch haftadan buyin uydasan. Uyog‘da qancha 
bo‘lganingni aniq bilayman, balki, jangda yaralanganingdan bir oy o‘tgandir. 
Sen havotir olma Norberg haliyam bizni qo‘limizda, - darrov qo‘shib qo‘ydi, 
o‘g‘lini taka-puka bo‘lgan ko‘zlaridagi vahimani ko‘rib. – Sen jangda 
yaralangansan, keyin seni qal'a tomon olib ketishgan. Allaqanday telbaroq 
tabib seni davolabdi va "umid qilamanki tez orada oyoqqa turadi" deb aytibdi. 
Yana uni aytusha seni o‘zi o‘ylab tipgan yangi yo‘llar bilan davolabdi. O‘qni 
qanday olganini safdoshlaring ko‘rmagan-u lekin seni tirik qolmasa kerak deb 
o‘ylagan – bu so‘zi talafuz qilgan Tomasnngi o‘zi ham qo‘rqib ketdi, chuqur 
xo‘rsindida gapini davom etdi. – Biz ham seni ko‘zingni ochishingni qancha 
kutdik onang bechora ham ado-yu tamom bo‘ldi, - shu zohoti uni yuzida 
quvonch barx urdi.
– Sen ko‘zingni ochding tiriksan endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Yuzingni Rem 
tomonga burib bobongga ham habar jo‘nat, tezroq, Tom opangga ayt yegulik 
keltirsin. Sen esa biroz dam ol Robert opang ovqat keltiradi, - deb asta ortiga 
qarab yuzidagi yoshni ko‘rsatmaslik uchun chiqib ketdi.
Akalari esa aytilgan ish bilan ketdi. Robert xonada yolg‘iz qoldi, uoyoq 
qo‘llarini qimirlatishga harakat qilib ko‘rdi. Qo‘llari yaxshi qimirlayapdi, 
lekin... lekin oyoqlari nega unga bo‘lsunmayabdi. Robertni esxonasi chiqib 
keydi. To‘g‘ri, u oyoqlarini sezyapdi lekin ularni qimirlata olmayapdi, 
aniqrog‘i qimirlatishga urunsa juda og‘riq beryapdi. Qanday daxshatli o‘g‘riq, 


belidan boshlab og‘riq turadi agar qimirlatishga urunsa. Oxiri u dodlab 
yubordi. Uni ovoziga oilasi yugurib keldi 
- Men.... Men ularini ishlata olmayapman. Qimirlamayapdi… Oyoqlarim.... 
Oyoqlarim…. – Ovozi hirillab juda yomin eshitildi.
Yonidagi oilasini yuzi juda tund ahvolga keldi. Onasi esa yana ho‘ng 
ho‘ng yig‘lashni boshladi. Hamma jim Robert esa haliyam talvasadan har narsa 
deyapdi. Oyoqlariga nima bo‘lganini hammadan so‘rayapdi. Oradan bir 
haftacha vaqt o‘tdi. Bu orada Robert oyog‘ini qimirlatmasdan yotishga to‘g‘ri 
keldi. Oilasi unga batafsil tushuntirib berishdi. Haligi telbaroq tabib aytishicha 
oyoqni harakatga keltirib turilsa, mashq qilinsa tezroq oyoqqa turish imkoni 
bor ekan. Lekin otasi uni so‘zlariga ishonmadi. Robert ham oyog‘ini 
qimirlatganda og‘riqqa duch kelishi sabab oyog‘ini qimirlatishni hohlamadi. 
SHu zaylda kunlar bir birini quvub o‘tdi. Tabyatan mehribon oqko‘ngil 
bo‘lgan Robert qo‘rslashib hafa holda o‘tiradigan, salga jahli chiwig‘ yonidagi 
narsalarni sindiradigsn bo‘lib qoldi. Uni mutloq umidsizlik chulg‘ob oldi. 
Onasi har kuni nimadir qilishga urinardi, lekin foidasiz.
- O‘g‘lim, bas qilsangchi endi biz seni foidangni o‘ylayabmiz axir, - oxiri 
yorildi onasi o‘g‘lini holiga chiday olmay.
- O‘g‘lim, jon o‘g‘lim! Unday qilma, iltimos harakat qil haligi tabib ham 
to‘g‘ri aytgandir axir seni o‘lado deyishganda faqat ugina davo chorasini 
topganku. Bizni qiynama otang ikkimiz ado bo‘ldik, - o‘g‘lini hech qanday 
javob bildirmasdan yotganiga ona yanada qattiqriq baqirishga tushdi 
- Tur, qani harakat qil. Bo‘l deyapman senga, axir biz ayibdormizmi seni bu 
holga tushishingga. Tur o‘rningdan yaramas bola. Onani nafasi qaytib ketdi, 
havo yetishmay tashqariga chiqdi. Onasimi gaplarini mulohaza qilgan Robert 
harakat qilishga kirishdi og‘riq hamon bor lekin nisbatan kamroq u harakat 
qilishga zo‘r berdi. Shunda barmoqlarini uchi qimirlashni boshladi. Va 
nihoyat.
- Ona! – yotgan joyida baqirdi Robert. – Ona! Keling! Qarang, qarang, 
qimirlayapdi!!! Qimirlatyapman, barmoqlarim.... Barmoqlarim qimirlayapdi. 
– Sevinchdan onasi yig‘lab yubordi.
Unga qo‘shilib o‘g‘li ham yig‘ladi. Ertasiga yana harakat qilishni 
boshladi. Kunlar o‘tib onasi akalari ko‘magida harakat qilishi ancha 
yaxshilandi deyarli ikki oyda oyoqqa turdi. To‘g‘ri, bu orada og‘riqlar bo‘ldi, 
lekin ularga iloji boricha chidashga harakat qildi. Uch oylarda to‘liq yurushni 
boshladi huddi olam quvonchlari u bilan edi goyo. 


Xullas, jiddiy qadam qo‘yish vaqti yetdi. Onasini oh vohlariga etibor 
bermay. Unga o‘zicha tushintirgan bo‘ldi. U ishga chiqishga qaror qildi. Hech 
qanday etrozlarni qabul qilmay ertaga ertalab Londondagi Vazirlik 
Mahkamasiga yo‘l oldi. Aytgancha, bu yil kuzda Robert 21 yoshni to‘ldiradi. 
Hozir esa yozning ilk kunlari. 
Vazirlik idorasiga borgan Leytenant Miller qo‘mondon bilan 
uchrashishga muvaffaq bo‘la olmadi so‘ng ketishga chog‘langan payt shaxsan 
vazirning o‘zi bilan uchrashib qoldi. Vazir Artur Adams Robertni choyga taklif 
qildi. Vazir avvak unga nima bo‘lganini hizmat faoliyatida qay joylarda 
bo‘lganini, qanday unvon olganini, qachon olganini so‘rab bildi dafatan Vazir 
savol berdi 
- Azizim Miller sen vataning uchun nimalarga tayyorsan?
- Ser! Men vatanim uchun jon berishga ham tayyorman. – Hech ikkilanmay 
javob berdi Leytenant, garchi savoldan taajjublangan bo‘lsa ham.
- Xo‘sh unday bo‘lsa, jon olishga-chi?
- Ser! Siz nimani nazarda tutyotganizni tushinmadim-u, lekin har qanday ishga 
tayyorman. Vatan uchun! 
- Tushinasiz, albatta, tushinasiz. Siz bilan jiddiy gaplashib olsak, Leytenant.
- Albatta, Ser! Eshitaman.
- Bilasizmi, bizni davlatimizga jiddiy xavf ostida turibdi. Bir qancha shaxslar 
davlatimizga bostirib kelishlari mumkin. Albatta ular shaxs emas, qo‘shin 
bilan kelishadi. Tushunyapsizmi meni? Ularni bitta rahnamosi bor o‘sha o‘zini 
taxt vorisi deb e'lon qilmoqchi. Menga shaxsan qirolning o‘zi tayinlagan 
yaxshi, sadoqatli va sir saqlay oluvchi jangchilargan kichik guruh tuz va ularga 
bir qancha sifatli qurol-yarog‘, otlar va yegulik bilan taminla! Albatta, ularga 
yaxshigina mehnat haqqi to‘la ularga esa men uchun, mamlakati uchun bir 
ishni qilishi kerak ekanligini uqtir deb tayinlagan. Tushinyapsizmi, Leytenant?
- Ha, albatta, ser! Men nima qilishim kerak? 
- Siz, Leytenant, bir qancha jangchilar bilan yo‘lga chiqib bittasini yo‘q 
qilishingiz kerak. Faqat buni hech kim. Eshityapsizmi? Hech kim bilmasligi 
shart. Hatto oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, sobiq safdoshlaringiz hamma 
uchun siz endi. Bizni savdo bo‘limlarimizni qo‘riqlab yuradigan bo‘limma 
boshlig‘i bo‘lasiz. Tushundingizmi, leytenant?
- Ha, ser, hammasiga tushindim! Aytganingizni qilaman menga qachon va 
qayerga yo‘lga tushish kerak ekanini. Kimni yo‘q qilish kerak bo‘lishini 
aytsangiz bo‘ldi. 


- Bu boshqa gap ertaga senga yana beshta azamat yigitlarni qo‘shaman ularga 
o‘zing boshchilik qilasan. Qayerga borishing va kimni yo‘q qilishingni ertaga 
aytaman.
- Xo‘p ser! 
Robert nima qilayotganini, Vazir undan nima so‘raganini asta mulohaza 
qila boshladi. To‘g‘ri u janglarda qatnashgan, vatani uchun jon ham fidi qilgan 
edi. Endi esa undan vatani jon olishni so‘rayapdi. Umuman nega o‘ylanishi 
kerak axir uni oldiga vataniga bo‘lgan sadoqat boshlaydiku. Tamom kerak 
bo‘lsa jon ham oladi.
Uyiga borgan Robert oilasiga savdogarlarni qo‘riqlash postiga rahbar 
etib saylanganinu ertaga ishga chiqishini va uyga aniq qancha muddatda 
qaytishini bilmasligini aytdi.
Ertasi kuni vazirlik tamon yo‘l oldi.
Kechagi vazir xonasidan yon tomondagi nisbatan kichik xonaga keldi. U 
yerda Vazirni shaxsan o‘zi va yana harbiy kiyimdagi (menimcha qo‘mondon) 
odam bor edi. Xonaga kirdi va o‘tirishini taklif qildi taxminan besh daqiqa 
o‘tar o‘tmas xonaga beshta yigit kirib keldi. Ko‘rnishidan hammasi 25-30 
yoshlardagi yigitlar edi.Vazir yonidagi harbiy gap boshladi.
- Ismim Dominik Jonatin, Mayorman. Sizlarni Leytenant Robert Miller bilan 
tanishtiraman. Leytenant bular, Saymon Albus, Taylor Stiven, Jekson Metyu, 
Lyuk va Jeysn Patriklar. Ular sizga xizmatingizda yordam beradi, leytenant 
Miller.
Xonadagi stol ustida xarita o‘rnatilgan bo‘lib u yerda qandaydir qasrning 
pastidagi yo‘laklar ko‘rsatilgan. Vazir va mayor askarlarini yoniga topladi va 
vaziyatni tushintirdi.
- Bu sizlar boradigan joyni xaritasi, - gap boshladi mayor. – Bu qayer ekanini 
bilgandirsiz, bu - Norberg grafligi qal'asi osti yo‘li xaritasi graflik bizni 
qo‘limizdan chiqqan uni Fransuzlar egallab olgan siz esa o‘sha qal'ani 
egallagan odamni yo‘q qilishlaring kerak. 
Hamma ortiqcha savol bermasdan yo‘lga chiqdi qurollarini yashirib 
sayyoh sifatida ko‘rinish berishdi. Manzilga yetib kelishdi.
Qal'a tagidagi yashirin yo‘l o‘rgimchaklar ini bilan to‘lgan, qorong‘u, 
zax joylarna birin ketin mashala yoqib tushishdi oldinda xarita ushlagan 
Leytenant Miller yurdi. Yo‘l anchagina uzoq ekan taxminan yarim soat 
yurgandan keyin shovqin eshtila boshladi, demak manzilga oz qolgan. Albatta, 
bunday xarakatlar tundaamalga oshiriladi. Ular qal'a ichidagi omborxonaga 
o‘xshash joydan chiqishdi. Keyin asta shovqinsiz yuqoriga ko‘tarilishdi. 


Albatta, qal'a ichini Miller yaxshi bilardi. Ular og‘ishmay qal'a boshlig‘i uchun 
xonaga yetib borishdi. Eshik oldida soqchilarni bir yoqli qilishdi asta xona 
ichiga kitishdi. Ayoli bilan uxlab yotgan bir erkakni ko‘rishdi, ularga mayor, 
ayol haqida hech narsa demagandi, ular bir daqiqa o‘ylanib qilishdi Robert va 
Saymon kravatni ikki tamoniga borib turib olishdi. Bit biriga qarab imo 
qilishdi va qilichlarini chiqarib bir vaqtni o‘zida erkak va ayolga suqishdi. 
Chiqishda ular yana soqchilarga duch kelishdi 4-5 soqchilarni tinchitib, kirib 
kelishgan omboriga qarata yo‘l olishdi. Ular Londonga hech qanday to‘siqsiz 
ikki kunda yetib borishdi. Vazirlik binosiga yana isha kichik xanaga kelishdi 
va hammasi silliq ketganini bayon bilishdi.
Shunday qilib Leytenant Robert Miller, Seymon, Albus, Taylor Stiven, 
Jekson Metyu hamda aka-uka Luyk va Jeysn Patriklar ana shunday 
topshiriqlarni son-sonoqsiz amalga oshirishdi. Hozir ular qorli o‘rmonda 
otlarda hazil-xuzil qilib ketishyapdi. Robert shu yil kuzda 26 yoshni to‘ldirdi. 
Dekabr oyi havo anchagina sovuq. Atrif esa tinch kech ham tushyapdi, ular 
biror joyda qo‘nimtopish uchun tezlashishga qaror qilishdi. Xarita bo‘yicha 
yana ikki soat yurishsa bir qishloqqa yetib borishadi. Sal orqada chekkaroqqa 
"muhim ish" uchun to‘xtagan Jekson orqada qoldi. 
- Ey, Jek bo‘lsangchi endi, seni deb yaxshu joylardan quriq qolishimiz mumkin 
axir - baqirdi xazil aralash tana ohangida Lyuk.
- Shunchalik ham bo‘ladimi odam! Axir biroz chidasang yetardik manzilga, - 
gap qistirdi akasiga hamohang Jeysn.
- Bo‘ldi, bo‘ldi axir kelyapdi-ku, shundaymi Jek?! Jekson. Jeeek, - baqirdi 
javob kelmagach Robert. 
Orqa tarafdan esa sadi chiqmadi. Bunday bo‘lishi mumkin emasdi 
chunki u yarim gapga ham anchagina xazil bilan javob berardi. Hamma otini 
orqaga burdi. Hech kim ko‘rinmaydi. Ular otlarini niqtab tezroq yurishdi. Ko‘p 
yurmasdan jonsiz yotgan ot va Jeksonning tanalariga duch kelishdi to‘rttovlon 
otlaridan sakrab tushib, atrofga alangladi. Jasadlar ko‘zdan kechirildi faqat 
bo‘yin sohasida qontomiri yonida izlar ko‘rindi halos.
- Yo, Xudoyim! Jin ursin, bu nimasi, - o‘shqirdi Saymon.
- Bu.... bu, - tili aylanmay qoldi Jeysnning.
Hamma hanggu mang ahvolda. Birdan katta tezlikda yaqinlashib 
kelayotgan sharpani payqab qolishdi hali o‘rinlaridan qimirlamasdan, haligi 
sharpa chekkaroqda turgan Lyukni daraxtlar ortiga tortib ketti shunchalik tez 
harakatlanishidan uni odam yo biror bir mahluq ekanligini bilib bo‘lmadi. 
Hammadi birdaniga qurollarini chiqarishga harakat qilishdi.


Nima qilishini bilmay qolgan Jeysn. Aka deb baqirganicha qoldi. 
Qurollar jangga tayorlandi hamma bir biriga jips holda turib olishdi.
- Balki, ortidan borarmiz, - taklif qildi Taylor titragan ovozda.
- Yaxshi manavi daraxtlarni ortiga ketdi shekilli, o‘sha yoqqa jo‘naymiz. Qaror 
qildi Robert.
- Jeksonni yonida kim qoladi, - so‘radi Seymon. 
- U o‘lgan Sey. Jasadni yonida qolmoqchimisan, - po‘ng‘illadi Jeysn.
- Jeysn! Biz kelamiz Seymon. Kelamiz, - darg‘azab gapirdi Robert.
- Balki tezlasharmiz - shoshiltirdi Taylor.
Hammasi sharpa Lyukni sudarb ketgan tomonga qarab yo‘l olishdi. 
Daraxtlar orasiga kirishdi quyosh ham botib bordi. Atrofni qorong‘ulik 
chulg‘ab O‘n qadamcha yurgach Seymon baqirib yubordi hamma u tomonga 
qaradi. U esa yo‘q tamom uch kishi qolyapdi. SHarpa kim bo‘lsa ham nima 
bo‘lsa ham ularni yo‘q qilmay qo‘ymaydi shekilli.
- Bu nima o‘zi Rob?! – baqirdi Taylor.
- Bilmayman. Bilmayman, - o‘shqirdi javoban Rob.
- Nima qilamiz? Qayoqqa yuramiz? – savol berdi Jeysn.
- BILMAYMAN!!!
Hamma qurol yalong‘ochlab doira bo‘lib jipslashdi.
- Saymonni u tarafga sudrab ketdi o‘sha yoqqa boramiz. Ketdik, - buyruq berdi 
Robert.
Hamma jipslashgan holda chap tarafdagi daraxtlar orqasiga o‘tib 
ketishdi. Va... Va bu gal Toylorni sudrab ketti sharpa. Robert uni odam 
ekanligini. Har holda odamga o‘xshab kiyinib olganini ko‘rdi.
- ODAM?!
- Nima odammi? Taka-puka nigohlari bilan taajjublanib so‘radi Jeysn. – Yo‘q! 
Odam emas u... odam bunday tez harakatlana olmaydi, Rob?!
- Odam edi Jeksn!!! G‘ayrioddiy tarzda gapirdi Robert.
Kelasi hamla ko‘p cho‘zilmadi. Uch daqiqa o‘tmay "odam" Jeksnni ham 
tortib ketdi. Yolg‘iz qolgan Robert atrofga qarata toppinchasini chiqarib o‘q 
uzishni boshladi. Aylanasiga o‘q uzib chiqqan Robert tezda qurolini o‘qlardan 
bo‘shatdi. O‘q tugagan Robert to‘g‘riga qarab hansirab turganda bo‘yin 
sohasida kuchli og‘riqni sezdi. Mislsiz og‘ir. O‘g‘riq va yana o‘g‘riq.... 
IBTIDO 
O‘g‘riq... O‘g‘riq... O‘g‘riq...


Hozirda o‘rmonda yotgan bizning qahramonimiz Robert Miller 
o‘g‘riqdan boshqa narsa his qilmayapdi. U o‘lgan, olovda yontapdi. Jahannam 
olovida kuyib ado bo‘lyapdi. U o‘lgan bo‘lsa nega haliyam og‘riq sezyapdi. 
O‘g‘riq. Baqiryapdi hali o‘lmagan shekilli. O‘g‘riqdan to‘lg‘onib yer 
timdalayapdi. Baqirib, baqirib holi qolmadi. Olov hamma joyini egallab 
kuydirib kul qilyapdi. O‘g‘riqdan, holdan toydi hech narsani o‘ylamaslikka 
harakat qildi. Umuman olganda bir narsani o‘ylashga ahamyat yo‘q axir u 
jahannam olovida qovrulyapdi. Asta -asta hamma narsa barham topa boshladi. 
O‘g‘riq barmoq uchlaridan orqaga qaytyapdi, sekin sekin o‘rmalab kelayotgan 
ilonga o‘xshaydi.
Sekin hammasi barham topdi. Ko‘zlarini ochmasdan avval hamma 
narsani eshitdi. Qandaydir bir maromda urayotgan yurak, xonada yotganini 
ko‘zlari yumuq holda ham aniq angladi. Har xil hidlar qorishib ketgan olisdan 
qandaydir yoqimli hid, yonginasidan esa o‘ta badbo‘y ko‘ngilni ozdiradigan 
hid kelmoqda. Bu hiddan uni burni burushdi. Hidga ahamyat bermaslikka 
uringan Robert yana quloqlariga zo‘r berdi. Qiziq u nega shuncha narsani 
eshitib, hidlarni sezyapdi? Axir, u o‘lib jahannam olovida yongan edi-ku. U 
asta ko‘zini ochdi hamma narsa hamma narsani aniq tiniq ko‘rmoqda hatto eng 
mayda narsalargacha ko‘zi o‘ta yaxshi ko‘rmoqda. U atrifni ko‘zdan kechirdi 
sal naryog‘da bitta erkak o‘tiribdi. Yurak urishi unga tegishli ekanda. Qiziq 
nega uni tomiridagi qonlarning aytalnishlarini his qilib eshitib o‘tiribdi, juda 
qiziq. Robert o‘zining chanqaganini his qildi to‘mog‘i kuydiryapdi. Haligi 
odamdan suv so‘rashi kerak, ammo, buni qanday so‘rashni unitgandek 
chamasi, tili aylanmayapdi.
- Chanqadim, - bazo‘r gapirdi Robert. 
Haligi odam ham darrov borib suv keltirdi va Robertni og‘ziga tutdi. Uni 
ichgan Robert umuman chanqog‘i bosmadi. U battar chanqoqni his qildi. 
Atrofdagi hidlar uni o‘ziga tortti tashqaidan yoqimli ifor kelyapdi. Robert shu 
zohoti aqldan ozgan kabi haligi hid tomon harakat qildi. Xonadan katta 
tezlikda uchib chiqdi. O‘sha hidni izidan ketdi. Hid manbasini topdi. Katta 
qo‘ng‘ir ayiq ekan. Ayiqdan kelayotgan hid Robertni aqildan ozdirar darajada 
o‘ziga tortdi. Hech narsa o‘ylamasdan to‘g‘ri ayiqqa tashlandi Robert, bechora 
ayiq qarshilik ko‘rsatishga ham ulgurmay qoldi. G‘ayrioddiy kuch bilan 
ayiqning, aynan, qon tomirlarini topip borgan Robert xanjar kabi tishlarini 
chuqur sanchdi va tomog‘iga issiq qonning yugurayotganini his qildi. Ayiq 
qonini oxirigacha ichgan Robert anchagina yengil tortti. Birdan miyasiga 
o‘ylash qobilyati qaytgan Robert nima qilganini aniq anglay olmadi uni yana 


o‘sha chanqoq hissi qiynaydi. Nima bo‘lganda ham, u qimir etmasdan ancha 
vaqtgacha tik turgan holda qoldi. Birpasdan keyin (balki birpas emasdir) 
kimdir uzoqdan yugurib kelayotgani bilindi. Robert uni yetib kelishini kutib 
turdi. U boya uyida ko‘zini ochgan va Robertga suv bergan kishi edi. Uni ham 
ko‘zlarida vahima tajub bor edi.
- Demak, rost ekanda? Sen shunday ekansan-da?! – Gap qotdi haligi erkak.
- Nima, kim ekanman? Siz meni.... Meni nimaga o‘xshab qolganimni 
bilasizmi? 
- Ha biroz xabarim bor. Kel, yaxshisi uyda gaplashamiz. Faqat boyagidek tez 
emas sekin boramiz odamga o‘xshab.
Robert uni nima deyotganini chala tushindi. Asta uy taraf yurib ketdi. 
Ancha uzoqqa ketib qolishibdi o‘ziyam. Menimcha uygacha sabri chidamagan 
kishi gap boshladi.
- Ismim Alfons Braun. Hali sen ko‘rgan kulbada yashayman. Kecha seni 
xushsiz holda topdim. Senga o‘xshaganlar haqida bir ikkita gaplarni 
eshitganman: 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish