Yemaysizlar, judayam tez harakat qilasizlar, hali o‘zing
bilganingdek qon bilan oziqlanasizlar
. Odamlar sizlarni, qonxo‘rlar,
la’natlanganlar,
qalbsizlar
deb ham atashadi. Sizlar VAMPIRsizlar. Men
senga o‘xchaganlarni ko‘p uchratmaganman. Kechagi vampir ham juda
chaqqon va ayyor ekan meni sezishi bilan seni tishlab qochdi. Boshqalar ham
tirik deb o‘ylagandim, lekin ularni hammasi jonsiz ekan. Bu gaplarni Alfons
juda sekin bir maromada gapirib berdi. Bu orada Robertning hayollari turli-
tuman narsalarni o‘ylab topmasidanoq, uyga ham yetib kelishdi. Ichkariga
kirib Alfons gap boshladi.
- Ha aytgancha, endi sen hech narsa yemasding men senga ovqat taklif
qilmoqchiman, buni qaraya, - o‘ng‘aysizlar Alfons, keyin yana davom etdi.
- Xo‘sh, sen o‘zingni tanishdirmading, kimsan? Qayerdansan?
- Mening ismim Robert Miller, - qanaqadir boshqacha yoqimli ovozda gapga
kirishdi Robert. – Men Angliya savdo yo‘llari qo‘riqchisiman. Yoshim 26 da,
oilam esa Londonda. Biz yani do‘stlarim bilan ko‘p shaharlarda bo‘lganmiz.
Men o‘zim urushda ham qatnashganman.... – Deyarli butun hayotini gapirib
berdi Robert.
Birdan Alfons tashqariga qarab bezovta bo‘ldi.
- Jin ursin! Ming la’nat! Sen bilan chalg‘ib qolibman. Quyosh botishiga oz
qolibdi-ku. Sen shu yerda qol, men ketdim ertalab kelaman. Ketdim.
- Shoshma, qayerga ketasan? Nima gap o‘zi? – Alfonsning birdan tashqariga
qarab yugurgilab qolganiga hayron bo‘lib so‘radi Robert.
- Nima gap o‘zi quyosh botganda nima bo‘ladi. To‘xta, axir senga
gapiryapman.
- Kelma, kelma dedim senga. Qol, uy ichida qol, ertalab kelaman!!! – Baqirib
tashqariga otildi Alfons.
Hech narsani tushunmagan Robert uni ortidan qulog‘iga zo‘r berib
tinglab turdi. Qiziq yangi qobilyat ajoyib ekan, hamma narsani eshityapdi.
Tashqarida qadam tovushlari yugurib ‘ketdi. Ancha olisga yugurib hansirab
borayotgan nafasniham eshitdi, hatto. Bir qancha masofa yugirgandan keyin
yiqildi. Yerga yuztiban tushdi azobdan dadlagan ovoz eshtildi.
Uyda o‘tirishni xohlamagam Robert tashqariga otildi qisqa vaqtda ovoz
kelgan tarafga yetib bordi. Borganda esa Alfons yerda to‘lg‘onib yotar edi. U
baqirushga tushdi, baqirishi asta uvillashga aylandi. Qo‘llari qandaydir g‘alati
o‘sib bordi u asta bir maxluqqa aylandi. Qo‘llari uzun bo‘riga o‘xshagan
menimcha o‘rnidan tik tura olsa kerak. U atrofga alangladi va sal narida turgan
Robertga qaradi. Bu orada Robertning ham o‘ziga hos yirtqich hislari
uyg‘ondi. Turgan joyida oldinga qarab engashdi va irrillay boshladi. Robert
nima sababdan bunday qilayotganini bilmasdi. Unda o‘zini himoya qilish
instinkt paydo bo‘ldi. O‘rnidantik turgan maxluq Robertga tashlandi. Bu jangni
tasvirlash qiyin! Robert egilib turibdi yugurib kelgan maxluq uni yiqitdi.
Robert maxluqni shartta boshidan ushlab chetga uloqtirdi, o‘zi o‘rindan turib
yirtqichlarcha irillab unga tashlandi jang ayovsiz bo‘ldi maxluq Robert
tishlashga harakat qilar edi o‘z o‘rnida Robert uni har tarafga uloqtirar edi.
Robert tun bo‘lishiga qaramay ko‘zlari juda yaxshi ko‘rayotganidan
ajablanishga vaqti bo‘lmadi.
Maxuq yana vajohat bilan Robertga tashlangan edi, Robert uni shunday
kuch bilan ushlab uloqtirdiki nariroqdagj daraxtga qattiq zarba bilan
tushganidan daraxt sindi, maxluqni esa ayanchli uvillagni eshtildi. Buni
qarangki tong otishiga ham ko‘p vaqt qolmagandi. Maxluq qaytib o‘ziga
kelmadi. Yana bir yarim ikki soatdan quyosh asta yer yuziga ko‘tarildi. Maxluq
yotgan joyida ingrashi eshtildi va u asta odam ovoziga o‘xshay boshladi. U
butkul Alfonsga aylandi, kiyimlari alaqachon yo‘q bo‘lib ketgan, uvushib
ingrab yotardi. Robert daslab kuzatib turdi, uni butkul kecha tanigan odami
ekanligiga amin bo‘ldi. Keyin borib ustidagi timdalanib ketgan kiyimini
yechim uni ustiga tashladi. Qo‘lini ushlab olgan Alfons kulbasi tamon yo‘l va
Robert kulba tamon yo‘l oldi. Alfonsning yelkasi chiqqan ekan, bir amallab
joyiga solib qo‘yishdi. Birpas og‘rig‘i bosilgach Alfons gap boshlashga qaror
qilgandek qatdiyatsiz ohangda gapira ketdi.
- Men Angilya janubidagi qishloqda tug‘ilganman, biz o‘rmonga yaqin joyda
yashardik, ovchilik bilan kun ko‘rardik. Alfons butun vaqeani asta gapirib
berdi. U ov qilib yurganida bitta kiyikni otaman deb panada o‘tirgan ayol
kishini otib qo‘yadi.
Haligi ayol esa sehirgar bo‘ladi, ayol o‘layotib Alfonsni lanatlaydi.
O‘sha kundan buyon u har tuni shunday maxluqqa aylanar va kimnidir
o‘ldiradigan bo‘lib qolgan. Bu voqeaga esa deyarli uch asrcha bo‘lgan. U
qarimagan hech kim unga qarshilik ko‘rsata olmagan. Bu ormonga esa
yetmishyilcha avval kelgan, o‘rmonda kuni bilan kezib bu yerga odamlar
krlmasligiga harakat qilgan. Tunda yirtqich hayvonlarni o‘ldirgan u maxluqqa
aylanganda o‘zini onggini yaxshi boshqara olmay, odamlarga ziyon
yetkazgani uchun hamma yaqinlaridan voz kechgan. Shunday qilib, Robert va
Alfons har kuni kunduzi birga suhbat qilib o‘tirishar kech kirgach, ikkalasi
alohida ovga ketar edi. Uch yuz yil davomida nimalar ko‘rganini, nimalar
eshitganini Alfons batafsil gapirib berdi. Robertni esa yana qanday hislatlari
borligini o‘rganishdi, unda esa alohida qobilyat yo‘q edi. Oradan bir yilcha
vaqt o‘tdi, o‘ziga ishongan Robert oilasini ko‘rgisi kelib Londonga yo‘l oldi.
Shaharga yaqinlashgan sayin uni juda yoqimli hidlar aqildan ozdirishga ahid
qilgandek tuyila boshladi Robert. Oldinda shahar juda yaqin keldi odamlarga
bu hidlarga chidab bo‘lmaydi Robertning tomog‘i chunonan kuydirishni
boshladiki u bunga toqat qila olmay orqaga shiddat bilan yugurib ketdi.
Oldinda duch kelgan hayvonni qonini ichib sal tinchlandi, uch kun davomida
tinmay ov qildi ko‘p qon ichdi, judda ko‘p. Keyin yana uyiga borishga qaror
qildi. Yolga chiqdi, shaharga yetganda hidlarni his qilmaslik uchun nafas
olmadi, buni qarangki nafas olmasada binoyidek ketyapdi, demak unga nafas
olmasa ham bolaveradi. Uyiga yetib keldi, tashqi ko‘rinishi juda harab
ahvolda. Uyda ota onasi, kichik akasi va uni oilasi bor edi hamma Robertni
ko‘rib hang mang bo‘lib qoldi. Onasi ho‘ngrab o‘g‘liga yopishdi. Yugurib
kelib zarb bilan urilganda behosdan nafas olib yubordi Robert. Tomog‘ini olov
kuydurdi. Jidab bo‘lmaydi, lekin chidashi kerak u ona boshqalar oila a'zisi axir
yana nasaf olishdan to‘xtadi. Oilasi uni o‘rtaga olib nima bo‘lganini gapirib
berishini so‘radi. U bor gapni aytmadi albatta u bu qilib yolg‘on to‘qidi.
Bo‘rilar galasi hujum qildi, adashib qoldim dedi. Oilasi esa unga bajonidil
ishondi. Yangi kiyimlar olib vanna qabul qildi. Shu joyda tunab ham qoldi,
albatta u uxlamasdi hamma uxlagandan keyin esa ovga borib keldi.
Ertasi kuni otasini gapi bilan ishga ham bordi. U yerda avvalgidek Artur
Adams yo‘q edi u yozda qazo qilibdi bu yerda endi keragi yo‘qligini bilgan
Robert asta uyiga yo‘l oldi yana bir kun uyida tunab ertasiga oilasiga birqancha
vaj ko‘rsatib yana uyidan chiqib ketdi va uyga boshqa qaytmaslikka vada berdi
chunki uni bu yerdaligi oilasiga havf tug‘dirardi.
O‘rmonda yana uch-to‘rt yil yashadi. Bir kun u ov qilmaganiga bir hafta
bo‘lgandi. O‘shanda bir nechta odam birgalikda o‘rmonga ov qilishga keldi
ular hayvon qidirib shovqin solib aylanib yurishdi kech kirganda gulxan yoqib
o‘rmonda qolishga qaror qilishdi. Gulxan yoqmoqchi bo‘lganlardan bittasi
bexosdan qo‘lini kesib oldi, tabiiyki, bunga u etibor bermadi, havoda issiq qon
hidi vampir ishtahasini qo‘zitdi. U fikrlash yobilyatidan butkul mahrum
bo‘lgan maxluq singari ovchilarga tashlandi va hammasini bitta qo‘ymay
qonini ichdi.
Odam qoni... Biram ajoyib bo‘lar ekan, shuncha paytdan beri hayvon
qonini ichib to‘yinish hissini tuymay yurgan Robert bu tamni judda aniq eslab
qoldi.
Endi u odamlarni ovladi.
Anchagacha qotilliklar qilib yurdi… Hatto, o‘rmon yonidagi uylarga
ham hujum qildi. Ahvol shunchalikka yetib bordiki, u kichik bolakayni ham
qonini ichdi… Bechora bola onajon, otajon deb dodlagani uni hech esidan
chiqmasdi.
Nega, begunoh odamlarni qonini to’kdi? Nega, ularni o‘ldirdi. U qotil!
Qonxo‘r, qalbsiz qotilga aylandi. Endio‘u hayvon qonini ‘ichishdan ham bezib
qolgandi bir haftada, bir ikki haftada bir ovga chiqadigan bo‘ldi. Oradan
qancha yillar o‘tdi. Katta urush boshlandi, hamma yoqdan qon hidi keladigan
bo‘ldi (I jahon urushi).
Robert Angliya o‘rmonlarindan ketishga qaror qildi. Alfonsga ham birga
ketishni taklif qildi. Lekin Alfons bu yerlardan ketishni hohlamadi.
Shunday qilib bizning qahramonimiz Robert Miller Kanadaning chegara
hududidagi o‘rmonga kelib qoldi. U yerda bitta o‘rmonchining kimsasiz
kulbasi bor ekan. Kulba juda eski chang bosib yotgan bir xonali edi, kamini,
bitta kravati, stol va bittagina stul ham bor. Menimcha bu yerdan ular bosh olib
ketishgan boshqa hech qanday uy jihozlari yo‘q edi. Atrof kimsasiz, o‘rmon
esa har qanday hayvonga to‘la. Afsuski, bunday hayot ham Robert joniga bir
ikki yilda tegib ulgurdi kuni tun hech nima qilnasdan o‘turish, bir haftada bir
ovga borish juda zerikarli edi. Bir kuni u shaxarga borishga qaror qildi.
Shaharga esa Amerika tarafga yo‘l oldi. Urush sabab anchagini huvillab qolgan
uy va dokonlari bo‘lgan shaxarcha deyarli bo‘sh edi. U aylanib yurib kitob
do‘konini ko‘rdi, ichida hech kim yo‘q kitoblar ham sochilib yotgandi, atrofda
hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach eshikdagi qulfni sindirib ochdi.
Ichkariga kirib sotuvchi o‘tiradigan stol yonidan bitta katta halta olib kitoblarni
joylab o‘rmonga jo‘nab ketdi. Tun yarminda uni hech kim ko‘rmadi. Ikki
kundan keyin tunda yana o‘sha shaxarchaga yo‘lga tushdi. Bu safar uylarni
kuzatdi, deyarli hamma uyni ichi qorong‘u, chekkaroqdagi bitta uydan esa
yorug‘lik ko‘rinmoqda Robert qiziqib o‘sha uyga yaqin bordi. Derazalardan
ichkariga qaradi. Bitta o‘rta yoshdagi ayol juda yupun kiyimda pianino yonida
unga temulib o‘tiribdi aftidan chalishni bilmaydi. Shunda ayol derazadagi
sharpani sezib qoldi, Robert ham ketishni hayoliga keltirmay aylanib borib
eshikni taqillatdi. Haligi ayol eshikni ochdi, xushro‘ygina ayol ekan. Iymanib
uni uyiga kiritdi. Uy ichi ancha harob ko‘pdan beri tamirlanmagan. Ayol bilan
biroz suhbatlashdi aytishicha ikkita o‘g‘li bor ekan eri urushga ketgach uch
oyda undan qora xat kelganini yig‘lamsirab gapirib berdi. Robertning ham u
ayolga raximi keldi va yordam berishga qaror qildi. Ularning hozir yeyishga
narsasi yo‘q edi. Robert o‘rmonga jo‘nab ketdi va bitta yoshroq kiyik tutib
keldi albatta uni tishlamadi. Ayol uni hijolat tortib qabuk qildi. Robert pianino
haqida so‘raganida esa uni eri yoshligida chalganligini aytdi agar hohlasa
pianinoni Robertga minnatdorchilik sifatida topshirishini aytdi. Robert esa
pianinoni jon deb qabuk qildi. Uni kulbasiga olib ketdi. Haligi ayoldan esa tez
tez habar oladigan bo‘ldi. Bir necha yilda urush ham tugadi.
Bir kuni Robert kulbasidan uzoqqa ovga ketdi (ancha uzoqqa ketdi
o‘ziyam) tog‘ arslonlaridan bittasini qulatib, qonini ichayotganda orqadan
kimdir kelayotganini sezib qoldi. G‘alati hid, xavfni sezgan Robert arslonni
chalajon tashlab orqaga o‘grildi. Biroz atrofni kuzatib turdi. Daraxtlarni
ortidan deyarli shovqinsiz havoda ushgandek kelayotgan qizni ko‘rdi.
Judayam chiroyli qiz, tajublangan qip qizil ko‘zlarini Robertga qadab turardi.
Qahramonimiz Robert Miller o‘rmonga o‘ziga tajub va hayrat to‘la qizil
nigohlarini uzmasdan qarab turgan vampiraga sinchikovlik bilan tikildi.
Vampir qiz esa huddi havoda uchgandek yoniga yurib keldi va sehirli
qo‘ng‘iroqdek mayin ovozda gapirdi:
- Salom! O‘zimga o‘xshaganlar bilan ko‘rishish men uchun zavq bag‘ishlaydi.
Bu yer seni hududingmi? Ha aytgancha, uzr o‘zimni tanishtiray – Mariya
Skladoskaya.
- Salom! Men Robert Millerman. Men ham o‘zimga o‘xshaganlar bilan
uchrashganimdan xursandman. Bu yer esa meni hududim emas. Bu yerga ov
qilib aylanib kelib qoldim. – Anchagina jiddiy ohangda gapirdi Robert.
- Ohho’! Sening ko‘zlaring oltin rangda ekan! Men bunaqasini ko‘rmaganman,
hamma qizil ko‘zli bo‘ladi deb o‘ylagandim, buni qaraya. Nima sen hayvon
ovlaysanmi? – Diqqat bilan Robertni ortidagi yerda yotgan arslonga qarab
taajjublanib.
- Ha, men hayvon ovlayman… Shunga ko‘zlarim oltin rangda bo‘lsa kerak,
yana bilmadim. – Tushinarsiz payintar-sayintor gapirdi Robert.
U o‘z turi bilan uchrashish qanday ekanligini bilmasdi, balki jang
qilishga to‘g‘ri kelar. Agar hujum qilguvdek bo‘lsa qarshilik ko‘p
ko‘rsatmaydi, osongina taslim bo‘ladi chunda uni o‘ldirishar, o‘zi umuman u
o‘ladimi? Anchadan beri Robertni shu savol qiynaydi.
- Ha demak, hayvon qoni ko‘zlaringni oltin rang qilgan, ha mayli. Men bir
necha kundan buyon tanavul qilmaganman va yaqin atrofda odam zoti
yo‘qligini juda yaxshi bilaman, balki senga sherik bo‘larman, nima deysan
Robert ismingni to‘g‘ri aytdimmi?
- Ha, to‘g‘ri aytding, sherik bo‘lishingga esa qarshi emasman. – Robert endi
e’tibor berdi: Mariyaning so‘zlari qandaydir g‘alati, talaffuzni buzib
gapiryapdi, aytgancha, Skladovskaya… balki rusdir. Robert ruslar haqida bir
necha bor eshitgan lekin ularni ko‘rmagan edi.
Ular ikkalasi birgaov qilishdi. Mariya yaxshigina ovchi ekan ustki
kiyimini hech buzmasdan hayvonlarni ovladi.
- Hmmm.... To‘g‘risi, bu odam qonidek to‘yinish hisini bermas ekan, lekin
jidasa bo‘ladi. Sen nega bunday ov qilasan?
Ov tugab Robert uni kulbasiga taklif qilib birga kulbaga ketayotganda
gapirib qoldi. - Ha odam qonidek emas, lekin chidasa bo‘ladi. Bu odamlarni
joniga qasd qilgandam yaxshiroq, - dedi Robert biroz ko‘ngli dil hira bo‘lib.
Uyiga yetgach ikkalasi qanday aylanganini gapirib berishdi. Robert
birinchi bo‘lib aytdi.
- Men lanatlangan maxluqlarni ko‘rmaganman lekin bo‘riga aylanadigan
odamlarni
eshitganman
qayerdadir
Amerikada
yashar
ekan,
shu
amerikaliklarga ham hayronsan ha nima bo‘lsayam yaxshi yashagan ekansan.
Menda esa hammasi rasvo edi. Ism sharifimdan bilgandirsan men rus
millatidanman. Mariya Skladovskaya. Biz oilam bilan Maskvada yashardik
otam harbiy edi anchagina boy ham edik. Lekin davlatga xiyonatda ayiblab
otamni qatl qildilar onam, akam va men Sibrga surgun bo‘ldik. Men shunda 15
yoshda edim borganimizdan menga va onam yomon ko‘z bilan qarashgan.
Akam diom bizni himaya qilardi lekin u ancha yosh edi 19 yoshda. Deyarli
besh yil bekinib qochib kun ko‘rdik.... Onam rosa qiynalgan bir kuni akam
ovga ketdilar. Biz yolg‘iz edik, - chuqur nafas oldi Mariya.- Onam menga
qochishni aytdi shunchalik yugurdimki, qayerga ketayotganimni bilmadim.
Ancha olisga o‘rmon ichiga ancha kirib ketibman. Birdan meni birnarsa
shiddat bilan ushlab oldi.... Nega tirik qolganimni bilmayman. Og‘riqqa dosh
berishim qiyin bo‘lgan... O‘zgarganimdan keyin hammadan qasos olganman,
qonlarini ichganman. Ko‘p vaqtlar Sibirda izg‘ib yurdim keyin Amerikaga
keldim. Yoshligimda otam boy bo‘lgani uchun men ingliz tilini biroz
o‘rgangandim, shuning uchun sen bilan gaplasha olyapman. Va yana bir
qancha narsalarni aytib berdi Mariya. Amerikaga qanday kelgani, vampirlar
bilan qanday tanishgani, bo‘riga aylanadigan odamlar haqida, hullas ancha
narsa gaplashishdi.
- Senga bir joyda hayot maqulmi?
So‘radi ancha vaqt suhbat ‘qurib biriz jim bo‘lgandan keyin yana gap boshlab
Mariya.
- Ha menga har joyda ko‘chib yurish yoqmaydi, keyin yolg‘izlikka ham
o‘rganganman. – Sokin javob berdi Robert.
Unga mayin jilmayib qo‘ydi Mariya. Bir necha kun ular birga yurishdi
Robert Mariyaga atrofni tanishdirdi. Amma Mariya ko‘proq adamlar bilan ov
qilishni maqul ko‘rardi. U Robertni ham shunga jalb qilmoqchi bo‘ldi. Lekin
Robert bunga ko‘nmadi u hali hamon dod solgan bolalarni eslardi. Haliyam u
uxlamaydi yo‘qsa bular tushiga kirib uni adoyi tamom qilardi.
Bir qancha vaqtdan keyin zerikkan Mariya ketishga qaror qildi va ketti
ham. Bizning qahramonimiz Robert Miller yana yolg‘iz qoldi. Hayotda
umuman ma'no mazmun qidirmaydigan, har kunini lanatlaydigan odamni
bilasizmi menimcha bilmaysiz bizning Robert aynan shunday inson edi,
to‘g‘rirog‘i inson ham emas, u – VAMPIR.
Ancha vaqtlar o‘tdi Mariya har zamonda kelib turar va uzoq vaqt Robert
bilan qolishni hohlardi. U Robertni sevardi buni har hil imo ishoralar bilan ham
ochiqchasiga ham bayon qilgan, har safar beparvolikni javob sifatida olardi.
Hatto, bir marta uyatsizlarcha Robertga osilgan ham o‘shanda Robert Mariyani
bo‘yniga o‘ralgan qo‘llarini sekin bo‘shatib tashqariga chiqib ketgan,
qaytganida ham shu joyda ko‘rgach unga degan hech qanday his tuyg‘usi
yo‘qligini ham aytgan.
Shundan keyin Mariya anchagacha qorasini ko‘rsatmagandi. Lekin yana
har zamonda kelib turar o‘zicha Robertning muhabbatini vaqt o‘tib qozonaman
dwb o‘ylardi vaqt ham ancha o‘tib ketdi. Ikkinchi jahon urushi, sovuq urushlar,
21- asr ham kirib keldi. Bu orada Robert o‘zini kulbasidan chiqmasdan ham
o‘tirardi. Yaqin atrofda uylar qurildi sayohatchilar keladigan bo‘lishdi uylar
ijaraga berilardi. Bu yerga odamlar qorli tabiyatda dam olgani, ov qilgani yoki
sport bilan shug‘illanganini kelib turardi. Robert esa hammasini eshtib kuzatib
yurardi. Albatta ularni hidi endi Robert unchalik bezovta qilmasdi,
odamlarning bu yerga orada kelishi unga qiziq tuyila boshlagandi boshida, vaqt
o‘tib bu ham odatiy holga aylandi toki bitta hodisa bo‘lmaguncha. O‘sha kuni
endi ovdan qaytgandi Robert.
Do'stlaringiz bilan baham: |