Kirish. Kimyo laboratoriyasida ishlash xavfsizlik texnikasi qoidalari. Birinchi yordam ko'rsatish choralari. Kimyo laboratoriyasida foydalaniladigan jihozlar va idishlar. Ayrim zaharli moddalar va ularning fiziologik ta'siri


Reaktivlar bilan ishlashda ko'riladigan xavfsizlik choralari



Download 98,11 Kb.
bet2/5
Sana13.05.2022
Hajmi98,11 Kb.
#603330
1   2   3   4   5
Reaktivlar bilan ishlashda ko'riladigan xavfsizlik choralari

  1. Reaktivlarni oziq-ovqat solinadigan idishda saqlamang.

  2. Reaktivlar saqlanadigan idishlar o'ziga xos korinishga ega bo'lishi va yorliq yopishtirilgan bo'lishiga e'tibor qiling.

  3. Reaktivlarni qo'l bilan ushlash va tatib ko'rish mumkin emas. Tajribani yakunlaganingizdan so'ng qo'lingizni yuvishni unutmang.

  4. Laboratoriya xonasida yeyish va ichish qat'iyan taqiqlanadi!

  5. Laboratoriya idishlarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlamang.

  6. Reaktivdan har doim faqat belgilangan miqdorda oling. Mabodo ortiqcha olingan bo'lsa, uni idishiga qaytarib quymang.

  7. Umumiy foydalanish uchun qo'yilgan uskuna va reaktivlar solingan idishlarni o'z joyidan siljitmang.

  8. Issiq asbob va idishlarni tajriba stoliga qo'ymang. Buning uchun maxsus tagliklardan foydalaning.

  9. Sulfat kislota bilan ishlaganda suvni kislotaga emas, aksincha, kislotani suvga tomchilatib quying.

  10. Reaktivning hidini bilish uchun unung bug'i bo'lgan havoni kaftingiz bilan burningiz tomonga ohista yelping.

  11. Zaharli, badbo'y hidli, oson alangalanuvchan, uchuvchan moddalar bilan bajariladigan tajribalarni albatta ishlab turgan mo'rili shkaf ichida o'tkazing.

  12. Tez o't oladigan moddalar bilan tajriba olib borayotganingizda uning yaqinida ochiq olov (yonib turgan gaz, elektr isitgich va boshqa shu kabilar) bo'lmasligiga e'tibor qiling.

  13. Tez o't oladigan moddadan keragicha olib bo'lishingiz bilan idishning og'zini darhol tiqin bilan berkiting va xavfsiz joyga olib qo'ying.

  14. Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko'zga sachrashi mumkin.

  15. Bug'latuvchi chinni idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlik tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar yuzni kuydirishi mumkin.

  16. Suyuqlik bor probirkani qizdirilayotganingizda uning og'iz tomonini o'zingizdan va yoningizdagilardan chetga qarating. Chunki o'ta qizdirilib yuborilganida suyuqlik qaynab chiqib, yuzga sachrashi mumkin.

  17. Probirkalarda moddaning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismiga quying.

  18. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda va chinni idishlarda qizdiring.

  19. Shisha idishlarni qizdirilganda ularni spirt lampasining piligiga tegib ketishidan saqlang. Chunki pilik sovuq bo'lib idishni sindirib yuborishi mumkin.

  20. Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, silindrlar) va o'lchov idishlar hamda chinni hovonchalarni alangada qizdirmang.

  21. Spirt lampasini faqat qalpoqchasi bilan o'chiring (puflamang).

  22. Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda probirkani barmoq bilan berkitish yaramaydi. Chayqatish uchun probirka, kolba yoki stakanning yuqori qismidan ushlab sekin tebrating.

  23. Ishlatilgan kislota va ishqor eritmalarini rakovinaga emas, maxsus idishlarga bo'shating.

  24. Reaksiyani kuzatayotganda probirkani ko'zingizdan uzoqroq tuting.

Birinchi yordam ko'rsatish choralari

  1. Agar teriga (qo'l, yuz va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (nitrat, sulfat, xlorid va sirka kislota) sachrasa yoki to'kilsa, darhol o'sha jarohatlangan tana qismini ko'p miqdordagi suv oqimi bilan 3-4 daqiqa davomida yuving, so'ngra shikastlangan joyga kaliy permanganatning 3 % li eritmasi shimdirilgan paxta qo'ying. Agar kuchli shikastlanish holatlari ro'y bersa, bemor tezda shifokorga murojaat qilishi lozim.

  2. Agar teriga ishqor to'kilgan bo'lsa, o'sha joyni avval toza suv bilan (toki teridagi silliq ta'sir yo'qolguncha) yuvish kerak. So'ngra zararlangan joyga kaliy permanganatning 3 % li eritmasi shimdirilgan paxta qo'yib bog'lanishi lozim.

  3. Agar ko'zga kislota yoki ishqor tomchilari sachrasa, ko'zni yaxshilab suv bilan yuvish, so'ngra tezda shifokorga murojat qilish kerak.

  4. Agar terini issiq narsalar (issiq shisha yoki issiq metall) tegib kuydirsa, shu joy kaliy permanganatning 5-10 % li eritmasi bilan yuvish, so'ngra 5 % li tannin moddasida ho'llangan doka bilan bog'lash yoki unga maxsus surtma moy surtish kerak.

  5. Fosfor ta'sirida kuygan joyga mis (II)- sulfatning 2 % li eritmasi shimdirilgan

paxta qo'yib bog'lash kerak.

  1. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (II)- oksidi va boshqa kimyoviy birikmalar bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish, shifokorga murojaat qilish kerak.

  2. Kimyoviy laboratoriya ishlari tugagach, qatiq iste'mol qilish kerak.

  3. Kislota yoki ishqor to'kilgan joy avval ko'p miqdordagi suvda yuviladi, keyin kislota to'kilgan bo'lsa, 3 % li natriy bikarbonat bilan, ishqor to'kilgan joy bo'lsa 1-2 % li sirka kislota bilan yuvib tozalanadi.

Kimyo laboratoriyasida foydalaniladigan jihozlar va idishlar
Kimyo darslarida moddalar va ularning xossalarini o'rganish uchun bir qator fizik va kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish, kuzatish va xulosa chiqarish yuzasidan ko'nikma va malakalarni egallash lozim. Buning uchun avvalo kimyoviy jarayonlarni oshirishga imkon beradigan jihozlar va vositalar bilan tanishib, ularning qanday maqsadda ishlatilishini bilib olish zarur bo'ladi.
Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan jihozlarni toifalarga bo'lib o'rganamiz. Siz ularning har biri bilan tanishib chiqishingiz, nima maqsadda ishlatilishi va ulardan qanday foydalanishga doir fikrlarni qo'llanmadan o'qib, daftaringizga yozib olmog'ingiz lozim.


  1. Download 98,11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish