Laboratoriya ishi №8 suyuq shishani laboratoriyada olinishi bo‘yicha tajribalar o‘tkazish. Ishning maqsadi



Download 19,11 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2022
Hajmi19,11 Kb.
#514916
  1   2   3   4
Bog'liq
lab -8


LABORATORIYA ISHI № 8
SUYUQ SHISHANI LABORATORIYADA OLINISHI BO‘YICHA TAJRIBALAR O‘TKAZISH.
Ishning maqsadi: Suyuq shisha olinishini o’rganish.
Kerakli reaktivlar: NaOH ning 1n eritmasi, SiO2.
Kerakli asboblar: Chinni havoncha, pech.
Tajriba qismi:
Tajriba № 1. Amorf uglerodning olinishi (yog‘ochni quruq haydash). Probirkaning 3/4 qismigacha quruq yog‘och qipiqlaridan yoki mayda bo‘lakchalaridan soling. Probirkani egik gaz o‘tkazuvchi shisha nay o‘rnatilgan probka bilan bekitib, shtativga mahkamlang. Probirkani kuchsiz gaz alangasida qizdirib, yog‘ochning parchalanishidan gaz mahsulotlarining ajralib chiqishini kuzating. Qizdirishni to‘xtamasdan, gaz chiqaruvchi naydan chiqayotgan gazni yoqing. Gaz chiqaruvchi nayning egik qismida yog‘ochni quruq haydashda kondensasiyalangan suyuqlikni belgilang. Reaksiya tugagandan keyin qizdirishni to‘xtating, probirka sovigandan so‘ng uni shtativdan oling. Shisha tayoqcha yordamida hosil bo‘lgan yog‘och ko‘mirini qog‘oz ustiga tushiring va keyingi tajribalar uchun saqlab qoling.
a) Uglerodning qaytaruvchilik xossasi. 2-3 g qo‘rg‘oshin (II) oksidini 2 marta ko‘proq olingan ko‘mir bilan yaxshilab aralashtiring. Aralashmani chinni tigelga solib, 20-30 minut ichida mufel pechida kuchli qizdiring. Tigelni pechdan chiqaring va soviting, aralashmadan qo‘rg‘oshin zarrachalarini ajratib oling. Reaksiya tenglamalarini yozing.


Tajriba №2. Ko‘mirning adsorbsion xossasi:
a) rangli moddalarni eritmadan adsorbsiyalash. Probirkaning 1/2 qismigacha fuksinning och binafsha eritmasidan quying. 1-tajribada olingan ko‘mirning yarmini probirkaga soling. Probirka ogzini barmog‘ingiz bilan berkitib, 2-3 minut davomida chayqating, eritmani tindirish uchun quying. Eritma rangining o‘zgarishini aniqlang;
b) gaz holidagi moddalarning adsorbsiyasi. (Tajriba mo‘rili shkafda olib boriladi). Probirkani gaz holidagi brom bilan to‘ldiring. Buning uchun shisha tayoqchani 1-2 sm qismini suyuq bromga botirib olasiz va quruq probirka tubigacha tushirasiz. Shisha tayoqchani darhol chiqarib 1 tajribada olingan ko‘mirning qolgan yarmini bromli probirkaga tezlik bilan solasiz. Probirka probka bilan zich yopiladi va bir necha marta kuchli chayqatiladi. Probirkadagi gazning rangsizlanishini kuzating.
v) eritmadagi ionlarni adsorbsiyalash. Probirkaga 2-3 tomchi qo‘rg‘oshin nitrat tuzining 0,01 n. eritmasidan tomizing. Unga 1 tomchi kaliy yodidning 0,1 n. eritmasidan qo‘shing. Qo‘rg‘oshin yodidning cho‘kmaga tushishini kuzating (probirkani olingan cho‘kmasi bilan taqqoslash uchun saqlang). Boshqa probirkaning yarmigacha qo‘rg‘oshin nitratning o‘sha eritmasidan quying va ustiga aktivlangan ko‘mir kukunidan soling. Probirka og‘zini barmog‘ingiz bilan berkitib, 2-3 minut davomida kuchli chayqating. Eritmani filtrlash yordamida ko‘mirdan ajrating. Olingan tiniq eritmadan 2-3 tomchisini boshqa probirkaga o‘tkazing va 0,1n kaliy yodid eritmasidan 1-2 tomchi tomizing. Kuzatganlaringizni laboratoriya daftariga qayd eting. 2-holda olingan qo‘rg‘oshin yodid cho‘kmasi bilan taqqoslash uchun olingan probirkani solishtiring. Farqlar nima bilan tushuntiriladi?



Download 19,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish