Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatish Jamoa hujum taktikasiga o‘rgatishda awalo o‘yinchilarning o‘yin ixtisosligiga ampulasiga, funksiyasiga qarab maydonda dastlabki joylashishi etiborga olinishi lozim. So‘ng quyidagi hujumga xos taktik harakatlar o‘rgatiladi: - turli yo‘nalishni andozalar asosida ijro etiladigan o‘zaro taktik harakatlar; - qarshilik ko‘rsatayotgan raqib va raqiblaming zich ta’qibiga nisbatan taktik usullarni qo‘llash mazmuni; - har bir o‘yinchilarning jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarga muvofiq ijro etiladigan hujum harakatlari; - raqib yoki raqiblarni keskin “yorib” o‘tib hujum taktikasini qo‘llash; - pozitsion hujumda har bir o‘yinchining taktik harakatlari; - modellashtirilgan hujum harakatlari. Guruh va jamoa taktik harakatlarini shakllantirishda turli tartibda qo‘llaniladigan o‘yin mashqlaridan foydalanish muhim ahamiyatga loyiqdir. (2x2; 3x3; 4x4; 5x5; 1x2; 2x1; 2x3; 3x2; 4x3; 3x4; 5x4; 4x5;)
. Himoya taktikasiga o‘rgatish. Individual himoya taktikasi Himoyaga xos individual harakatlar taktikasiga o‘rgatish individual hujum harakatlari usullari, ularning xususiyati, mazmuni va shiddatiga muvofiq yo‘nalishda amalga oshiriladi. Individual himoya taktikasi to‘psiz va to‘p bilan ijro etiladigan harakatlardan iborat bo‘ladi. To‘psiz harakat qilish taktikasiga hujum qilayotgan raqibni zich ta'qib qilish, uning harakat yo‘nalishini to‘sish, to‘p yo‘nalishini "bcrkitish”, qo‘llarni yoyib qarshilik ko‘rsatish, raqibning o'zgaruvchan harakatiga mos harakat bilan qarshilik ko'rsatish, uzatilgan yoki savatga tashlangan to‘pga to‘siq qo‘yish kabi usullar kiradi. Bunday himoya usullarini dastlab sekin shiddatda qism va fazalarga bo‘lib shakllantishirilishi tavsiya etiladi. Keyingi bosqichlarda o‘rgatuvchi mashqlar mazmuni borgan sari murakkablashtirib beriladi, ularni bajarish shiddati ham sekin-asta oshirib boriladi. Himoyaga xos individual taktik harakatlar nafaqat o‘z shchiti alrofida amalga oshiriladi, balki raqib hujumining dastlabki bosqichidanoq raqib shchiti oldidan boshlab faol himoya choralari ko'riladi. Bunday individual himoya tizimi l x l yakkama-yakka raqobat tasirida shakllantirilishi ijobiy natija beradi.
Guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan himoya taktikasiga o‘rgatish Guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan himoya taktikasi individual o‘yin usullariga asoslanadi. Himoyaga xos individual taktik usullar mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng guruh va jamoa taktikasiga o‘rgatiladi. Guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan himoya harakatlariga o'rgatishda hujum taktikasini shakllantirishda foydalaniladigan o’yin mashqlarining barchasi qo‘llaniladi. Har bir o‘yinchining individual harakat taktikasi guruh va jamoa taktikasiga muvofiq amalga oshirilishi o‘rgatish jarayonining muhim shartlaridan biridir. O‘yin mashqlarini 2x2 va 3x3 o‘yin tizimi shaklida qollanilishi, keyin 4x4 va 5x5 o‘yin mashqlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ushbu jarayonlarga shaxsiy va zonali himoya tizimlariga urg‘u berish, ularni turli mazmun va taktik vazifalardan iborat modellashtirilgan o‘yin mashqlarini muntazam qo‘llash guruh va jamoa himoya taktikasini o‘zlashtirish samaradorligini kuchaytiradi. Hujum va himoya taktikasiga o‘rgatish, ulami shakllantirishda turdosh hamda ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlardan unumli foydalanish basketbolchilar tayyorlash sur’atini jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |