O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARG’ONA DAVLAR UNIVERSISTETI
TARIX FAKULTETI
TARIX YO'NALISHI
III BOSQICH 19.76-GURUH TALABASI
RAHMONALIYEV AHMADALINING
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
“AMIR TEMURNING HA’RBIY SA’NATI TARIXIDAN” MAVZUSIDA
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
I BOB. AMIR TEMUR
Amir Temur XIX-XV asirning buyuk sarkardasi. ………………………….5
1.2 Amir Temurning harbiy mahorati …………………………………………12
II.BOB. AMIR TEMURNING HARBIY QOSHINLARI.
2.1 Amir Temurning harbiy yurishlari ……………………………………………17
2.2 Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo’llagan taktik qoidalari va harakatlari ……………………………………………………………………………20
XULOSA…………………………………………………………………..28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………………………………………………………30
KIRISH.
Amir Xoja Barlos, Xо‘jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda Ujaydu Sulduz, Shiburg‘onda Muhammad Xoja Yazdiy, Kо‘histonda Amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodman chegarasida Amir Husayn va Amir Xizir Yasovuriylar о‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.
Nizomuddin Shomiyning sо‘ziga qaraganda, mamlakatda hokimlar о‘rtasida doimo nizolar va g‘alayonlar bо‘lib turar, davlat ishlari esa bugunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, о‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bо‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xо‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mо‘g‘uliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mо‘g‘uliston amirlarining vayrongarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi. Mо‘g‘ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.
Mana shunday ichki о‘zaro urushlar qizigan, mо‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqg ichida о‘rta asrlarning yirik davlatini vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarini qо‘ymoqda edi.
Amir Temur (1336-1405) Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xо‘jailg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘)da 1336 yil 9 aprel kuni tavallud topgan. Uning tо‘liq ismi Amir Temur Kо‘ragoniy
ibn Amir Taragay ibn Amir Burkul. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida esa Temurlan nomlari bilan ham ta’riflanadi. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yо‘lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlanadi. Buning sababi bor edi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning о‘zaro kurashi kuchayib, Amir Qazoton о‘ldiriladi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjga chiqib, har jihatdan og‘ir tanglik sodir bо‘ladi. Bu davrda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mо‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu о‘lkada о‘z hokimiyatini о‘rnatishga harakat qiladilar. Mо‘ul xonlaridan Tug‘luq Temur (1359-1363) 1360-1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Mо‘g‘ul xonlarining g‘oratu rongarchilik yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Biroq Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bо‘lib, mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga о‘tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, о‘zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyataning hukmdori Amir Xoja Barlosdek bahodirbek Xuroson tomon qochadi.
Mо‘g‘ullarga qarshi turish uchun kuchlarning teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bi-lan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan Kesh vshyuyatini butunlay qо‘ldan chiqarib yubormaslik maqsadida xon xizmatiga о‘tadi. Natijada Tushuq Temurning yorlig‘i bilan о‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojlikdan qо‘yilgan siyosiy va strategik qadam edi. Bu bilan Amir Temur mо‘g‘ullarning navbatdagi talonining oldini olib, mamlakat va xalqni bunday halokatdan qutqargan edi. Biroq Movarounnahrning xukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi tо‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u 1361 yillar oxirida mamlakatni tark etishga majbur bо‘ladi. U Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Husayn bilan itgafoq tuzadi. Amir Temur Husaynning singlisi О‘ljoy Turkon Og‘oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Amir Temur va Husayn avval-boshidanoq movarounnahrlik isyonkor amirlarga, sо‘ngra esa, mо‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradilar. 1363 yilda Amudaryoning chap sohilida - Qunduz shahri yonida mо‘g‘ullar bilan birinchi jangi bо‘lib, unda Amir Temur va Husaynlar umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida itgifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mо‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |