Kurs ishi mundarija kirish


Xitoyga yurishining boshlanishi



Download 0,64 Mb.
bet8/9
Sana28.05.2022
Hajmi0,64 Mb.
#614006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Temur

Xitoyga yurishining boshlanishi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O’trorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avval sir tutilsada, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush xabar mamlakat bo’ylab tarqalib ketadi.Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelib dafn qilinadi.
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi.
2 XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Husayndan kо‘ra Amir Temur zamonning bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u о‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki va о‘ziga yaqin g‘animlaridan boshlaydi. 1370 yil bahorida Amir Temur kuchli raqib, sobiq ittifoqdoshi Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yо‘lga chiqadi. Qо‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganda Andhud aslzodalaridan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatani qо‘llab-quvvatlab, unga hokimiyat ramzlari –katta nog‘ora (tabl) bilan yalov - bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz, bu voqea siyosiy ahamiyatga ega edi. Bu bilan shayx Amir Temurning hukmdorligini rasman tan olib, uni qо‘llab-quvvatlagan edi. Amir Temur Balxga yetmasdan О‘rpuz mavzeida amir va nо‘yonlar bilan mashvarat о‘tkazadi. Kо‘pchilikning xohish va ixtiyori bilan, qadimiy qonun-qoidaga kо‘ra, Chingiziylar avlodidan bо‘lgan Suyurg‘atmish о‘g‘lon (1370-1388) mamlakat podsholigi taxtiga о‘tkaziladi. Bu orada Amir Temur qо‘shini to Balxga yetib borguncha, yо‘l-yо‘lakay yangi kuchlar kelib qо‘shiladi. U Boj kechuvi oldida Qarqaradan Jaku Barlos, Xuttalondan amir Kayxusrav, daryoning narigi tomonida esa, Xum mavzeidan Amir О‘ljoytu va Badaxshon shohi Shayxmuhammad hamda Shiburg‘ondan Zinda Chashm о‘z lashkarlari bilan yetib keladilar. Bu asnoda esa Amir Husaynni kо‘pchilik amirlari tark etadilar. Jangda Amir Husayn qо‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaddan sо‘ng, 1370 yilning 10 aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bо‘ladi. Amir Husayn asirga olinib, qatl etiladi. Bu kalabadan sо‘ng Amir Husaynning xotinlaridan biri Movarounnaxrning Chingiziylardan bо‘lgan sobiq hukmdori Qazonxon (1343-1346)ning qizi Saroymulkxonimni о‘z nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabata bilan Amir Temur “kо‘ragon”, ya’ni “xonning kuyovi” nomini oladi. Amir Husaynning haramidagi boshqa xotinlari bilan mol-mulki beklarga bо‘lib beriladi.
1370 yilning 11 aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagonlari hamda Termizning xonzodalari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy о‘tkaziladi. Manbalarda ta’riflanishicha, qurultoyda e’tiborli amirlar, Temurning yoshligidagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bо‘lgan edilar. Ular orasida Amir Shayxmuhammad Bayon Sulduz, Amir О‘ljoytu, Amir Kayxusrav, Amir Joku Barlos, Amir Zinda Chashm va mо‘tabar ma’murlar bor edi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasmiy tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga kо‘ra, dastlab nomigagina Suyurg‘atmish (1370-1388), sо‘ngra uning vafotidan keyin Sulton Mahmudxon (1388-1402) о‘tqazilgan bо‘lsa-da, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur о‘zi boshqaradi, viloyatlardagi hokimiyat о‘gillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilinadi.
Movarounnahrning yagona hukmdori bо‘lib olgach, Amir Temur о‘z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor davlat uchun mustahkam poytaxt - bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda Amir Temur 1370 yilning may oyida Samarqandga qaytadi va shahar devorlari, qal’alar hamda saroylar bino qilishga kirishadi. Bunday qurilishlar Samarqand mо‘g‘ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil о‘tgach birinchi marta bunyod qilingan umumjumhuriy inshootlar edi. Sо‘ngra u holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi.
3Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarihda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar nomi bilan shuxrat topdi. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armaniston (Van kо‘li atrofi)dagi yerlar egallanadi.
4 Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil fath ztishga kirishadi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi, muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligi barham topadi.
Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan g‘orati (1398 yil may - 1399 yil mart) qariyb о‘n bir oy davom etadi. Hindistondan u katga о‘lja, shu jumladan, 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. О‘ljalarning bir qismi navkarlarga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarf etiladi.
5Amir Temur Boyazid Yildirim bilan bо‘ladigan jangga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi. Nihoyat, Rumga yuzlanib, avval Kemah (Komoh) qal’asini fath etadi, sо‘ngra Anqara shahrini qamalga oladi.
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qо‘shinlari о‘rtasidagi sо‘nggi va hal qiluvchi jang 1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida - Chubuqobod degan mavzeida sodir bо‘ladi. Bu muhoraba tarixda “Anqara jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bо‘lib 360 ming nafar, shu jumladan, Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan Sohibqiron qо‘shini о‘zining an’anaviy jangovar tartibi -yasolda harakat qiladi. Qо‘shinning 40 qismdan iborat markaz - g‘uliga Amir Temur bevosita о‘zi qо‘mondonlik qiladi. Uning о‘ng qanoti - burong‘origa о‘g‘li Mironshoh Mirzo, nabiralari Muhammad Sulton, Pirmuhammad, Amir Shayx Nuriddinlar, sо‘l qanoti juvong‘origa kenja о‘g‘li Shohruh Mirzo, nabiralari Xalil Sulton, Rustam Bahodir, Amir Sulaymonshoh va Amir Shohmaliklar rahbarlik qiladilar. Qо‘shin markazi manglayida uchiga yarim oy shaklidagi oltin tо‘g‘ro о‘rnatilib, tо‘riq ot yoli osilgan zangori davlat alami bayrog‘i muttasil hilpillab turardi. Shuningdek, о‘ng qanot xirovuliga Sohibkdeonning nabirasi Abu Bakr Mirzo yetakchilik qiladi. Chap qanot xirovuliga esa Sulton Husayn Mirzo. Markazning о‘ng tarafida Umarshayx Mirzoning о‘g‘li Ahmad Mirzo, Toshtemir о‘g‘lon sh Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Markazning chap tomonida Jalol Islom, Tavakkal Qarqara, Alimuhammad kabi bahodirlar о‘rin oladi. Qо‘shin saflari oldida 30 ta jangovar fil mahorabaga shay qilinib, ular ustida sovut va dubulg‘a kiygan filbonlar bilan tirandoz va otashboz naftandozlar joylashgan edi. Markazlar va qanotlar ortida Iskandar Mirzo boshliq zaxiradagi qismlar о‘rin olib, ular jang holatini mutgasil kuzatgan holda dushmanga tо‘satdan beriladigan hal qiluvchi zarbaga tayyor turardi. Amir Temur qо‘shini yasolining qarshisidan Sulton Boyazidning Rum va Farang mamlakatlaridan tо‘plagan lashkarlari saf tortib turardi. О‘ng qanotga sultonning qaynisi serb knyazi Lazarevich qо‘mondonlik qiladi. Bu qism о‘tirg‘itgich ra’dandozlar bilan qurollangan yigirma ming nafarli serb polklaridan tashkil topgan. Rum askarlaridan iborat qо‘shinning sо‘l qanotini Boyazidning katga о‘g‘li Sulaymon Chalabiy boshqaradi. Bu qanot turk suvorilar bilan kuchaytirilgan. Qо‘shin markazida Boyazidning о‘zi va uning orqasi aryergardida о‘g‘illari Miso, Iso va Mustafolarning harbiy qismlari joylashgan edi.
Anqara jangi Mironshoh Mirzoning g‘anim juvong‘origa bergan kuchli zarbasi bilan boshlanadi. Biroq, rumliklar matonat bilan qarshilik kо‘rsatadilar. Jangu jadal shiddat olib turgan pallada Boyazid askarlarining bir qismi hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tark etib qochadi. Dushman qо‘shini saflarida paydo bо‘lgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar va nо‘yonlarga birgalikda dushmanga qarshi hujum qilishga amr qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Soxibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan Sulton askarlari chekinishga majbur bо‘ladi. Boyazid qо‘mondonligidagi jangchilar qatgiq turib qarshilik kо‘rsatadilar. Turk yanichо‘rlarining birontasi ham qolmaydi, barchasi qirib tashlanadi. Suyurg‘atmishxonning о‘g‘li Sulton Mahmudxon Boyazidni asirga oladi. U bilan birga о‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta’qib etib Anadulu yarim orolini egallaydi, Rum (О‘rta Yer) dengizining sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini fath etadi va salbchilarning Yaqin Sharkdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Sо‘ngra Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bо‘ladilar. Misr ham о‘z itoatkorligani izhor etadi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlaridan, xususan, Bursada Vizantiya va butun nasoro olamidan Boyazvdga yikib berilgan bojlardan tо‘plangan katta о‘ljani qо‘lga kiritadi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlar katgagina karvonga yuk bо‘lar edi.
Boyazid Yildirim qо‘lga tushirilib, о‘rdugohga olib kelinganda, о‘z ganimiga podshohona hurmat va ehtirom kо‘rsatgan Soxibqiron turk sultoni vafotidan sо‘ng (1403 yil 9 mart) uning vorislariga himmat kо‘zi bilan boqadi va ularga beqiyos muruvvatlar qiladi. Boyazidning tо‘ng‘ich о‘g‘li Sulaymon Chalabiy turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etab tayinlanadi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilanadi. Anadо‘lu yarim orolining shimoli-g‘arbiy qismi suyurg‘ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantiriladi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarish Muso Chalabiy qо‘liga toshdiriladi. Chunki Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida emas edi. Vaholanki, salb yurishlarining oqibatlari, Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ilinjlari hali musulmon olami yodidan kо‘tarilmagan edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saklab qoldi va Boyazid vorisla riga muruvvat qо‘lini chо‘zdi. Shunday bо‘lsa-da, Boyazid usti dan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix VI (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1408) tabriklab, unga о‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi.
Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar.
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.

XULOSA.
Temuriylar davlatida ma’naviy madaniyatning hamma javhalari misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. Ushbu davrda fan va adabiyot, arxitektura va shaharchilik (shahar qurish), xalq an’analari va urfodatlari, bayramlar, sport o‘yinlari shunday rivojlanib ketdiki, u to‘liq asos bilan SHarq Renessansi nomini oldi va jahon madaniyatining keyingi rivojlanishiga turtki berdi. Temuriylar davlatida fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanishi turli maorif markazlarini yaratishga va kengaytirishga imkon berdi. Amir Temur Samarqandni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi, u erda Xorazm, Isfaxon, SHeroz, Xaleb, Tabriz va boshqa shaharlarning ajoyib saroylar, machitlar va maqbaralarni qurish bilan band bo‘lgan ustalarini ko‘rish mumkin edi. Samarqand Amir Temurning rejasiga ko‘ra davlatning poytaxti bo‘lib, Er sharining eng chiroyli shahriga aylanishi kerak edi. Undan 150 yil oldin CHingizxon tomonidan shahar buzib tashlangan bo‘lib, shu davrgacha yirik qurilish ishlari olib borilmagan edi. Amir Temur davrida Samarqandda katta
qurilish ishlari olib borildi. Uning hukmdorligi davrida Samarqandda Ko‘k Saroy,
bog‘lar va shahar atrofida saroylar, jome’ machiti, alohida maqbaralar, jumladan
SHohiZinda ansambli qurildi va Go‘riAmir maqbarasining qurilishi boshlandi.
Yo‘llar o‘tkazildi, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari ustida ko‘priklar
Qurildi va kanallar o‘tkazildi. O‘z zamonasining misli ko‘rilmagan darajada
shaharlar, qishloqlar, hammomlar va maqbaralarni qurish ishlari keng miqyosda
boshlab yuborildi. Samarqand atrofida jahonning mashhur shaharlarining nomlari bilan ataluvchi – Misr (Qohira), Damashq, Bog‘dod, Forish (Parij), Sultoniya, SHeroz kabi bir qancha aholi punktlari barpo etildi. Ko‘psonli asirlarning oralaridan olimlar, madaniyat arboblari, to‘qimachilar, tosh uymakorlari, naqqoshlar, duradgorlar, qurolsozlar, rassomlar Samarqandga olib keltirildi. Buxoro, Kesh (SHaxrisabz), YAssi (Turkiston) shaharlari yangi binolar bilan bezatildi. Amir Temur Keshda Oqsaroyning peshtoqida «Kimki bizning kuch-qudratimizni ko‘rmoqchi bo‘lsa, biz qurgan binolarni ko‘rsin» deb yozib qo‘yishni
amr qilgan. Etti yillik urush paytida Amir Temur, o‘rta asrlar davrining yirik sarkardasi bo‘lgan sulton Boyazid qo‘mondonligidagi turkusmoniylari qo‘shinlari ustidan g‘alabaga erishdi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda u sulton Boyazidning armiyasini tormor etdi. Butun Evropa bo‘lajak bu yirik jangning natijasini diqqat bilan kuzatardi. Gap shundaki, XIV asrning o‘rtalaridan evropaliklar qudratli turk ekspansiyasiga qarshi hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadilar. Usmoniylar Frakiyani, Bolgariyani, Valixiyani, Makedoniyani, Serbiyani egalladilar, YUnonistonga yorib kirdilar, Konstantinopolni qamal qildilar. Germaniya, Fransiya va Vengriyaga katta xavf tug‘ildi. Bu xavfni oldini olish uchun ushbu davlatlarning birlashgan kuchlari turklarga qarshi salb yurishini boshladilar. Tishtirnog‘ igacha qurollangan german, fransuz, polyak, venger jangchilari bilan sulton Boyazid Yildirim boshliq turk askarlari o‘rtasidagi jang 1396 yil 25 sentyabrda Bolgariyaga qarashli Nikopol shahri yaqinida bo‘lib o‘tdi. Bu jangda salbchi ritsarlar tormor etildilar. Lekin baribir Evropa uchun umid yulduzi charaqlaganday bo‘ldi. SHarqdan usmoniylar imperiyasiga sarkarda Amir Temur boshchiligidagi kata otliqlar armiyasi yaqinlashib kelardi. Temur saroyiga xristian hokimlarining elchilari usmoniylarga qarshi kurash uchun yordam so‘rab yugurgilab qoldilar.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish