Kirish. Jismoniy tarbiya metodi


Basketbol o’yinida o’rta masofadan to’p savatga tushirilganda necha ochko beriladi?



Download 280,88 Kb.
bet4/12
Sana30.06.2021
Hajmi280,88 Kb.
#105569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
JT.TO`LIQ. TOLIPOVA SH

1

Basketbol o’yinida o’rta masofadan to’p savatga tushirilganda necha ochko beriladi?

A

3

B

4

V

2

G

1

2

Basketbol o’yinida uzoq masofadan to’p savatga tushirilganda necha ochko beriladi?

A

4

B

3

V

2

G

5


3

Basketbol o’yinida jarima maydoni ichida o’yin jarayonida to’p savatga tushirilganda necha ochko beriladi?

A

3

B

4

V

1

G

2

4

Basketbol o’yinida necha xil fol mavjud?

A

3 ta

B

4 ta

V

1 ta

G

2ta

5

Basketbol o’yini necha bo’lim o’ynaladi?

A

3 bo’lim

B

2 bo’lim

V

4 bo’lim

G

5 bo’lim

6

Basketbol o’yinida o’yinchi to’pni shit yonidan sakrab savatga tushirsa necha ochko beriladi?

A

3

B

2

V

4

G

1


3-topshiriq; bunda sport o’yinlariga oid mavzuni to’liq yoritib berish zarur.

.

Basketbol o‘yini hamda mashqlar taktikasini o‘rgatishni takomillashtirish.



1891-yilda Amerikalik Djeyms Neysmit tomonidan ixtiro qilingan basketbol bugungi kunda dunyoning barcha qit’alarida nihoyatda keng ommalashgan sport turlari tarkibiga mansubdir. Zamonaviy basketbol o‘zining shiddatli, serqirra va keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda ijro etiladigan jozibali hatti-harakatlari, texnik-taktik kombinatsiyalari bilan nafaqat bolalar va o‘smirlar, balki turli yosh va ijtimoiy tabaqaga mansub, hatto nihoyatda band niansabdor rahbarlar hamda tadbirkor insonlar diqqatini o‘ziga rom qilib, ularni mashg‘ulot maydonlariga yetaklamoqda. Ushbu sport turi yurtimiz miqyosida son jihatdan ham geografik jihatdan ham juda keng ommalashgani isbot talab qilmaydi. Shahar va qishloqlarda ko‘p qavatli binolar oraliqlarida, mahallalar "burchaklarida”, hatto dala va shiyponlarda maxsus yoki “qo‘lbola” shaklida yasalgan basketbol halqasini ko‘rish va shu joylarda bolakaylar o‘yin sirlaridan saboq olayotganini uchratish mumkin. Bu juda quvonarli va ibratli hoi, albatta. Lekin, basketbol bilan jiddiy shug'ullanish, undan sog‘liqni mustahkamlovchi, jismoniy va ruhiy inikoniyatlami shakllantiruvchi vosita sifatida foydalanish ilmiy asoslangan pedagogik jarayonni talab qiladi. Buning uchun shart- sharoitlar, moddiy-texnik imkoniyatlar mavjuddir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi va uning bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror qonun, farmonlar va qarorlar hamda ulami bosqichma-bosqich hayotga tadbiq qilinishi, ityniqsa diyorimiz bo‘ylab, hatto uzoq qishloq hududlarida ham minglab jahon andozalariga mos sport inshoatlarining bunyod odlishi, soha kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ulaming kusbiy-pedagogik malakalarini oshira borishga siyosiy e’tibor qilinishi yuqorida qayd etilgan fikrlarning isbotidir. Quvonarli joyi shundaki, so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha xotin-qizlar tarkibidan mutaxassis-kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bunday ulkan islohatlar barcha sport turlarini, shu jumladan basketbolni ham yanada ommalashishi, ularni xalqaro maydonlarda ravnaq topishishiga imkon yaratadi. Alohida ta’kidlash joizki, 2000-yildan boshlab Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan basketbol birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi qonunlar mohiyatiga mutanosib bo'lgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ko‘p bosqichli, ko‘p pog‘onaIi ommaviy sport musobaqalari dasturiga kiritilishi va ularni o‘tkazib borilishi ushbu sport turi bo'yicha Vatanimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida yanada yuksak ko‘tarishga qodir sportchilarni yetishtirishga turtki berdi. Shu bilan bir qatorda tan olmoq lozimki, jismoniy tarbiya va sportni, xususan basketbolni sihat-salomatlikka xizmat qilish salohiyatini oshirish hamda mazkur sport turi bo‘yicha iste’dodli va raqobatdosh sportchilar tayyorlash yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar, ular tomonidan yaratilayotgan, ilg‘or tajribalar va fundamental tadqiqotlar natijalariga asoslangan o‘quv adabiyotlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar bilan belgilanadi. Basketbol bo‘yicha yuqori malakali va oliy ma’lumotli o‘qituvchi-trener tayyorlash jarayoni “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlar, muvofiq ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallangan DTS, o‘quv rejasi va o‘quv dasturi talablariga asoslanadi. O‘qituvchi-trener o‘quv rejasida belgilangan ijtimoiy-gumanitar va iqtisod, matematika va tabiiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga doir bilim, kasbiy-pedagogik va malakalarni o‘zlashtirishi, muvofiq qonunlar, huquqiy, me’yoriy va ma’muriy hujjatlar mazmunini bilishi hamda ularga amal qilishi, jismoniy tarbiya darslari, sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish ko'nikmalariga ega bo‘lishi, ushbu yo‘nalishga xos jahon tajribalaridan boxabar bo‘lmog‘i va mustaqil tartibda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish mahoratini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi-trener har tomonlama kamol topgan, ulug‘ ajdod- larimiz, uloma-yu olimlarimiz, sarkarda-yu davlat arboblari meroslaridan nusxa ko‘chirgan, ma’naviy-madaniy xislatlami o‘zlashtirgan, milliy qadriyatlami e’zozlovchi va ularga amal qiluvchi, mustaqil fikr yurituvchi, o‘z faoliyatini milliy istiqlol g'oyasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablari doirasini tashkil qiluvchi, mas’uliyatni sezuvchi, tashkilotchi, ijodkor va tashabbuskor, barkamol va yuksak intellektual xislatlarga ega shaxs bo‘lib ulg‘ayishi talab qilinadi. O‘qituvchi-murabbiy kasbini egallash davomida shu kasbga xos qator ko‘nikmalarni o'zlashtirish ko‘zda tutiladi. Jumladan, tashkilotchi-boshqaruvchi loyihachi-ijodkorlik, ixtirochi-tadqiqotchi, targ‘ibotchi-tashviqotchi, gnostik-konstruktorlik va kommunikativlik ko‘nikmalar. Tashkilotchi-boshqaruvchilik ko‘nikmasini birinchi navbatda basketbolga ixlos qo‘ygan qobiliyatli bolalarni izlash, maktab o‘qituvchilari, sinf rahbari va ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazib, o‘quvchilarning ichki dunyosi, harakat qobiliyatlarini o‘rganish, ushbu sport turiga munosib bolalarda qiziqish uyg‘ota olish va ko‘p bosqichli tanlov-saralov tadbirlami tashkil qilish bilan bog‘liqdir. Sport to'garagiga jalb qilingan bolalar mashg‘ulotlari, musobaqalar va tarbiyaviy ishlami tashkil qilish hamda shu jarayonlami boshqarish sirlarini o‘zlashtirishi lozim.

Download 280,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish