Kirish. Jismoniy tarbiya metodi


О‘YIN TAKTIKASI VA UNING TASNIFI



Download 280,88 Kb.
bet6/12
Sana30.06.2021
Hajmi280,88 Kb.
#105569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
JT.TO`LIQ. TOLIPOVA SH

О‘YIN TAKTIKASI VA UNING TASNIFI

Basketbolda texnik mazmun, koordinatsion “nusxa” va biomexanik tartibda qo‘llaniladigan barcha harakat ko‘nikmalari hamda ulaming turli usullari o‘yin vositalarini ifodalaydi. Ulaming kinematik xususiyatlari o‘yin vaziyati, shiddati, yo‘nalishi va o‘yinchining holat-imkoniyati (jismoniy va psixofunksional holat- imkoniyat)ga qarab turlicha mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur texnik ko'nikmalarni muayyan vaziyatlarda ijro etish va foydali natijaga erishish samaradorligi ustuvor jihatdan shu usullarni qo'llash taktikasiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda texnik yoki texnika usullar - bu ijrochi organlaming qo‘l, oyoq, tana, ko‘z, quloq va ichki organlar maxsulidir. Taktika esa shu texnik usul yoki usullami vaziyat talabiga mos tartibga solib, qulay vaqtda intelektual xislatlarni (ong, xotira, diqqat, idrok, iroda va h.k.) “ishga solib” raqobatli kurashda g‘alabaga erishish san’atini anglatadi. Taktika va texnikaning chambarchas, uzviy bog‘liqligi tufayli basketbol nazariyasi va amaliyotida qo‘shma jumla bilan “texnik- taktik harakat” deb yuritishi odat tusiga kirgan. Jamoadagi bir necha o'yinchilarning koordinatsion jihatdan muayyan maqsad sari muvofiqlashtirilgan va tartiblashtirilgan texnik - taktik harakatlari shu o‘yinchilaming o‘zaro taktik harakatlari deb izohlanadi. Jamoaning yaxlit bir butun taktik harakatlarini esa o‘yin tizimi deb yuritiladi. O‘yin tizimi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatini anglatadi. O‘yin tizimi muayyan maqsadlarga qaratiladi. Masalan, bir markaziy o‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimi; himoyada shaxsiy o‘yin tizimsini qo‘llash va h.k. Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinasiyalar asosida amalga oshiriladi. Kombinasiya - hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” mashqlantirilgan о‘yin tizimini anglatadi. Bundan tashqari “o‘yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. O‘yin taktik jihatdan aktiv (faol) va passiv (sust) shakllarda olib borilishi mumkin. O‘yinni aktiv shaklda olib borilishiga maydon bo'ylab raqibga nisbatan xavfligi vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini ko‘rsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o'zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlarni uyushtirishlar misol bo‘la oladi. Passiv shaklda o‘yinni olib borish - bu demak raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday о‘yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo‘llaniladi, ayrim hollarda bunday o‘yin shakli asabga “tegish” uchun qo‘llaniladi. O‘yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo‘llaniladi: - yakka (individual) harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko‘rsa- tishni anglatadi; - guruhli harakatlar - bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni ikki yoki uch o‘yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlarni ifodalaydi; - jamoali harakatlar - bu jamoaning barcha o‘yinchilari ishtirokida о‘yin oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni amalga oshirish chorasini belgilaydi. O‘yinchilarni o‘yin funksiyasi ixtisosligi bo‘yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o‘yinchilar quyidagi funksiyalarga (ampula) ixtisoslashgan bo‘ladi: - himoyachilar; - forvardlar; - markaziy o‘yinchilar. Himoyachi o‘yinchilaming fimksiyalari: - hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish; - pozitsion holatdan savatga to‘p tashlash; - raqiblarni tezkor “yorib” o‘tib savatga hujum qilish; - himoyada - raqiblarni tezkor kontr hujumini to‘xtatish; - o‘z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish. - forvardlar: - keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish;

- uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish; - o‘zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujumchisiga aniq to‘p uzatish qobihyati hisobiga savat oldida o‘yin keskinlashtirish; - markaziy hujumchi bilan birga raqib va o‘z shchiti oldida sanchigan to‘pni olib qayta hujum uyushtirish. Markaziy hujumchilar - baland bo‘yli, odatda baquwat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o‘yinchilar hujumda ham, himoyada ham shshchitdan sapchigan to‘plarni olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o‘z shchiti oldida) to‘p yo‘nalishini to‘sish, savatga to‘siq qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni bajaradi.


O‘YIN TAKTIKASIGA O‘RGATISH USLUBIYATI

O‘yin taktikasiga o‘rgatish jarayonini odatda o‘yin texnikasiga o‘rgatish jarayoni bilan parallel tartibda amalga oshirish tavsiya etiladi. Chunki har bir o‘yin usuli texnikasini shakllantirish muayyan taktik maqsad sari tashkil etiladi. Binobirin, o‘yin texnikasiga o‘rgatish bosqichlari, uslublari, vositalari va prinsiplari o‘yin taktikasiga o‘rgatish jarayonida ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Albatta, o‘yin taktikasiga o‘rgatishni boshlash texnikani o‘zlashtirish yakunida, uni mukammallashtirish bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. O‘yin taktikasiga o‘rgatish va uni shakllantirishda tushuntirish, tasawur hosil qilish, ko‘rsatish (andozalar, rasmlar, videoslaydlar, videofilmlar) uslublari alohida ahamiyat kasb etadi.




Download 280,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish